Mustaqil ta’lim bloki. Korrektsion pedagogikaning rivojlanishiga doir jahon tajribasini o‘rganish va konspekt yozish. Respublika bolalar ijtimoiylashuv Markazida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish va loyiha tayyorlash.
Modulning didaktik maqsadi. Mazkur moduldagi o‘quv axborotlarini o‘rganish asosida talaba:
- pedagogik fikrlar rivojining tadrijiy va davriy xususiyatlarini aniqlashtirish;
- maktab va pedagogik fikrlar rivojini qiyosiy tahlil etish, umumlashtirish;
- pedagogik merosni aksiologik baholash va qadriyatga yo‘naltirilgan munosabatni qaror toptirish;
- pedagogik manbalar bilan ishlash va tipologik-tekstologik tahlil etish;
- pedagogik fikrlar rivojini tahlil etish asosida ta’lim-tarbiya rivojining istiqbolli yo‘nalishlarini prognozlash kompetensiyalarini o‘zlashtirishi zarur.