Mustaqil ish uchun topshiriqlar
Jadid ma’rivatparvarlarining ta’lim-tarbiyaga oid fikrlaridan to`plash, ularning maqolalaridan konspekt qilish.
Abdulla Avloniyning «Turkiy guliston yoxud axloq» asarini o`rganib, tahlil qilish konspekt tuzish.
Mavzu yuzasidan savollar
XIX asr 2 yarimlarida Turkistonda qanday diniy-islomiy tarbiyaviy muassasalar bor edi?
Chorizm maktab siyosatining bosh maqsadi nima edi?
Rus va rus-tuzem maktablari kimlar uchun edi va ularda qanday fanlar o`qitiladi?
Jadidchilik va uning Turkistonda yoyilishi haqida nimalarni bilar edingiz, ularni qaysi manbalardan o`qigansiz?
Jadidchilikka hozirgi kunda qanday baho berilmoqda, bunga sizning munosabatingiz qanday?
Jadidlar yaratgan maktablarning eski usul maktablardan farqi nimada edi, jadid maktablarida nimaga e’tibor berildi?
Jadid ziyolilari ma’rifatparvarlik faoliyatlari qaysi yo`nalishlarda olib bordilar?
Yangi usul maktablarga chor xukumati qarshilik qilishining sababi nimada deb o`ylaysiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |