Ishga kirish haqidagi arizalar. Bunday arizalarda ariza zaruriy qismining barchasidan
foydalaniladi. Bu arizalarning aksariyatida ilova qismi bo’lmaydi, shuningdek,
xodimning yashash joyini ko’rsatishning zaruriyati yo’q.
Da’vo arizalari muassasalarning boshqa aybdor muassasalar yoki (javobgar) shaxslarda
davo qilinayotgan mablag’ yoki biron-bir mol-mulkni majburiy ravishda undirib
berishni iltimos qilib sud idoralariga yoki davlat xakamligiga yozma murojaatidir.
Hisob-kitob arizasi bajarilgan ishlarga haq to’lash haqidagi yozma yoki og’zaki mehnat
shartnomalari asosida muayyan ishlarni bajargan ayrim ishchi (xizmatchi)lar
tomonidan muassasa rahbari nomiga yoziladi.
Bildirishnoma-Korxona va bo’linma rahbariga xizmat faoliyati bilan aloqador muhim
masalalar yuzasidan yoki yuqori idora, mansabdor shaxsga biron bir voqea va hodisa
haqida xabardor qilish zaruriati tug’ilganda taqdim etiladigan mufassal yozma
axborot
Tashabbus bildirishnomasi matnida tegishli masala yuzasidan umumiy yoki aniq
takliflar ilgari surilib, rahbarni ularni hal qilishga undaydi.
Axborot bildirishnomasi, odatda, umumiy holati rahbarga ma’lum muayyan jarayon
to’g’risida xabar beradi.
Hisobot bildirishnomasi ma’lum bir ishning tugallanishi haqida yoki biron-bir
ko’rsatma, tavsiya, rejaning ijrosi to’g’risida rahbarni xabardor qilishi kerak.
Raport - Muayyan vazifa yoki majburiyatlarni bajarilishi haqidagi hisobot
bildirishnomasi amaliyotda rapport ham deyiladi. Pochta jo’natmalari (xat-xabar,
buyum va pul jo’natmalari bilan va shu kabilar) ustidagi yozuv bo’lib, unda
jo’natma etib borishi zarur bo’lgan joy (qaerga), uni oluvchi shaxs yoki muassasa
(kimga) nomi va jo’natuvchi haqidagi ma’lumotlar (jo’natuvchi manzili)
ko’rsatiladi.
Adres (manzilgoh) so’zi rus tilida faqat jo’natmalar ustidagi yozuvnigina ifodalab
qolmay, shaxsning ishlash joyi hamda muassasaning o’rnashgan joyini, shuningdek
biron shaxsni tabriklab yozilgan matnni ham ifodalaydi. SHuning uchun o’zbek
tilida bu ma’nolarni farqlash uchun adres so’zi bilan bir qatorda tegishli ravishda
turar joy, makon, manzil tabriknoma so’zlarini qo’llash maqsadga muvofiqdir
Kommunikatsiya - bu kishilar o’rtasidagi o’zaro axborot almashuvidir. Rahbarlar
qilayotgan hamma ishlari axborotlarni samarali almashishini talab qiladi. YAxshi
yo’lga
qo’yilgan
kommunikatsiya
ish
muvoffaqqiyatini
ta’minlaydi.
Kommunikatsiya – bu tor ma’noda, ma’lum guruhlar o’rtasida bevosita yoki
bilvosita axborotlar almashishdir.
Tashkilot - bu davlat nazorati va boshqaruvi ostidagi ob’ekt bo’lib, u o’zidan yuqori
tegishli tashkilotlarga (makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga) turli hisobotlar,
ma’lumotlar, axborotlar berib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |