boshqaruv bo’g’inlari (vertikal kommunikatsiya) va bo’limlararo (gorizontal
kommunikatsiya) axborot almashuvi amalga oshiriladi.
Rahbar va bo’ysinuvchi o’rtasidagi kommunikatsiya - bu tashkilotda eng ko’p
uchraydigan axborot almashuvidir.
Da’vo xat. Ma’lum bir muassasaning boshqa bir idora yoki
transport tashkilotlariga
nisbatan talab va e’tirozlari bayon qilingan xatlar-da’vo xatlar yoki da’vonomalar
deyiladi. Da’vo xatlar ijara pudrati, qurilish ishlari, ijara, yuk tashish va shu kabi bir
qancha ishlar bo’yicha tuzilgan shartnomalar bajarilmay qolganda o’z qonuniy
huquqlarini va manfaatlarini himoya qilish maqsadida tuziladi.
Ilova xat. Xatni qabul qilib oluvchilarni jo’natiladigan hujjatlar haqida yozma xabardor
qilish uchun qo’yiluvchi qisqacha xabar qog’ozidir. Ilova xat ish yuritishda keng
tarqalgan. Muassasalarda bunday
xatlar shartnoma loyihalarini, ziddiyatli majlis
bayonlarini, da’vo materiallarini jo’natishda qo’llaniladi.
Iltimos xat. Muassasalar ma’lum bir ishni amalga oshirish yoki tugatish maqsadida
boshqa muassasalarga rasmiy xat oraqali iltimos qilish mumkin. Muassasalar
o’rtasidagi bunday o’zaro yozishmalar iltimos xat vositasida bajariladi.
Kafolat xati. Muayyan bir shart yoki va’dani tasdiqlash maqsadida tuziladi.
Xatlarning
bir turi qoidaga ko’ra bajarilgan ish uchun haq to’lashda, ishning bajarilish muddati
haqida, turar joy bilan ta’minlashda, ishga qabul qilishda, bajariladigan ishning sifati
haqida kafolat berish uchun tayyorlanadi va tashkilot yoki alohida shaxslarga
jo’natiladi. Kafolat xatlari ham boshqa xat turlaridek, odatda, idoraning xos ish
qog’oziga yoziladi.
So’rov xat. Javob talab qiladigan banday yozishmalarda ma’lumotlar,
hujjatlar yoki
boshqa zarur narsalar so’raladi. Birgina xatda turli masalalarga doir bir necha
so’rovlar aks etmasligi kerak. Bayon qilinayotgan masalalar aniq va ravshan bo’lishi
lozim.
Tasdiq xat. Ma’lum bir muassasa tomonidan yuborilgan iltimos va so’rovlarga javob
tarzida yoziladigan xatlarning bir turi. Tasdiq xatning qaysi xatga javoban
bitilganligi iloji boricha aniq ko’rsatilishi kerak.
Bunday xat matnida
qo’llanuvchi asosiy so’zlardan biri “tasdiqlamoq” fe’lidir. Tasdiq xatlar o’z vaqtida
jo’natilsa, eslatma xatlar uchun hech qanday ehtiyoj sezilmaydi. Natijada xizmat
yozishmalarning hajmi qisqaradi.
Farmoyish xat - bir tarmoqqa tegishli quyi muassasalarning barchasiga yo’llangan
rasmiy hujjatdir. Farmoyish xatlar xizmat aloqalarining ko’pgina sohalarida
qo’llanaladi. Ularning asosiy vazifasi aynan bir xil mazmundagi xabarni bir necha
manzilga etkazishdir. Farmoyish xatlarning o’ziga
xos xususiyati shundaki, u
tashkilot qaromog’idagi korxonalarni u yoki bu masala haqida xabardor qiladi yoki
tegishli farmoyishlar beradi.
Eslatma xat. Jo’natilgan iltimos va so’rov xatlarga javob olinmasa, shuningdek, tuzilgan
shartnomalar muddati buzilgan yoki unga amal qilinmagan hollarda eslatma xat
yuboriladi. Mazkur xatlar mazmuni jihatdan uncha katta bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: