Umidjon Turopov Planimetriya



Download 49,07 Kb.
Sana30.04.2022
Hajmi49,07 Kb.
#598016
Bog'liq
Aylana va doira


Aylana va doira. Hajm o’lchov birliklari. Kub va to’g’ri burchakli parallelepiped hajmi. Umidjon Turopov

 Planimetriya - bo`limida barcha nuqtalari bilan bir tekislikka joylashgan tekis (yassi) shakllar va ularning xossalaristereometriya bo`limida fazoviy, ya’ni barcha nuqtalari bir tekislikka joylashmagan geometrik shakllar (jismlar) va ularning xossalari o`rganiladi.

Aylana va aylana uzunligi
T a’rif: Tekislikda har bir nuqtasi markaz deb ataluvchi bir nuqtadan teng uzoqlikda turgan yopiq chiziq aylana deb ataladi.

A ylananing ixtiyoriy nuqtasini uning


markazi bilan tutashtiruvchi kesma aylana radiusi
deyiladi. Aylana ra diusi odatda r yoki R bilan
belgilanadi.
Aylananing uzunligi.

Aylana uzunligini hisoblash formulasi    =3.14 ga teng.

Doira va doira yuzi
T a ’ r i f . Tekislikning aylana bilan chegaralangan (va aylana markazi yotgan) qismi doira deb ataladi.
Aylananing elementlari bo`lgan markaz, radius,


v atar va diametr shu aylana bilan chegaralangan
doiraning ham elementlaridir.
To‘g‘ri burchakli parallelepipedning hajmi To‘g‘ri burchakli parallelepiped hajmini hisoblash qoidasini topaylik. Aytaylik, to‘g‘ri burchakli parallelepiped shaklidagi qutining bo‘yi 4 sm, eni 3 sm, balandligi esa 5 sm bo‘lsin . Uni qirrasi 1 sm ga teng bo‘lgan kubchalar bilan to‘ldiramiz, ya’ni uning hajmini sm3 da o‘lchaymiz. Qutining pastki asosiga jami 3 · 4 = 12 ta kubcha bitta qatlam bo‘lib joylashadi . Qutini kubchalar bilan to‘la to‘ldirish uchun esa bunday qatlamlardan 5 tasini ustma-ust qo‘yish lozim bo‘ladi (5.b- rasm), chunki uning balandligi 5 sm ga teng. Shunday qilib, qutiga jami (3 · 4) · 5 = 60 ta kubchani joylash mumkin ekan. Demak, qutining hajmi 60 sm3 ga teng bo‘ladi. E’tibor bersangiz, to‘g‘ri burchakli parallelepiped shaklidagi bu qutining hajmi uning uchta o‘lchovi: eni, bo‘yi va balandligining ko‘paytmasiga teng bo‘ldi.
Agar to‘g‘ri burchakli parallelepiped hajmini – V, bo‘yini – a, enini – b va balandligini – c harflari bilan belgilasak , unda quyidagi formulaga ega bo‘lamiz: V = a · b · c
Hajm o‘lchov birliklari Hajmlarni o‘lchash uchun millimetr kub (mm3 ), detsimetr kub (dm3 ), metr kub (m3 ), kilometr kub (km3 ) kabi o‘lchov birliklaridan foydalaniladi. Suyuqliklar bilan ish ko‘rilganda 1 dm3 ni boshqacha litr (l) deb ham atashadi. 1 litr = 1 dm3 Endi hajm o‘lchov birliklari orasidagi ba’zi munosabatlarni aniqlaylik. Ma’lumki, 1 m = 10 dm. Unda 1 m3 qirrasi 1 m (yoki 10 dm) bo‘lgan kub hajmiga teng bo‘ladi. Bu kub hajmini dm3 da ifodalaylik: 1 m3 = 1 m · 1 m · 1 m = 10 dm · 10 dm · 10 dm = 1000 dm3 Demak, 1 m3 = 1000 dm3 .
1.To‘g‘ri burchakli parallelepipedda: a) a = 12 sm, b = 15 sm, c = 8 sm; b) a = 18 dm, b = 9 dm, c = 12 dm. Uning hajmini hisoblang.
2.1 m3 havoning massasi 1290 g . O‘lchamlari 8 m, 6 m va 3 m bo‘lgan sinfxona havosining massasini toping.
3. Asosining yuzi va balandligi bo‘yicha to‘g‘ri burchakli parallelepipedning hajmini toping: a) S = 15 sm2 , H = 4 sm; b) S = 36 dm2 , H = 2 dm.
4. To‘g‘ri burchakli parallelepiped shaklidagi omborxonaning bo‘yi 24 m, eni 13 m va hajmi 3432 m3 . Uning balandligini toping.
5. To‘g‘ri burchakli parallelepipedda a) V = 7290 sm3 , H = 54 sm; b) V = 1170 dm3 , H = 78 dm bo‘lsa, uning asosi yuzini toping.
Savollarga javob bering! Sinfda bajariladigan mashqlar Xuddi shunga o‘xshash, 1 dm3 = 1000 sm3 , 1 m3 = 1 000 000 sm33, 1 km3 = 1 000 000 000 m3 ekanligini ham aniqlash mumkin.
6. Santimetrda ifodalang: a) 2 m 3 dm; b) 18 m 7 dm; d) 2100 mm; e) 3 dm 30 sm 20 mm. Kvadrat santimetrda ifodalang: a) 53 dm2 ; b) 18 000 mm2 ; d) 3 m2 7 dm2 ; e) 4 m2 30 dm2 .
7.Litrda ifodalang: a) 5 dm3 ; b) 21 000 sm3; d) 3 dm3 7000 sm3 ; e) 2 m3 3 dm3 .
8. Temirdan qirrasi 20 sm bo‘lgan kub shaklidagi detal tayyorlandi. 10 sm3 hajmdagi temir parchasining massasi 78 g bo‘lsa, detalning massasini toping.
9. Atirsovunning o‘lchamlari 8 sm, 4 sm va 2 sm. Sovun ishlatilganda har kuni uning hajmi 4 sm3 ga kamayib boradi. Sovundan necha kun foydalanish mumkin?
10. To‘g‘ri burchakli parallelepipedda a) a = 6 m, b = 12 m, c = 7 m; b) a = 2 dm, b = 13 dm, c = 6 dm bo‘lsa, uning hajmini hisoblang.
11. Yog‘och taxtaning bo‘yi 6 m, eni 2 dm va qalinligi 25 sm. 1 dm3 taxtaning massasi 650 g ekani ma’lum bo‘lsa, taxtaning massasini toping.
12. To‘g‘ri burchakli parallelepipedning hajmi 3366 sm2 va balandligi 33 sm bo‘lsa, asosining yuzini toping.
13. To‘g‘ri burchakli parallelepipedda a) a = 6 m, b = 12 m, c = 7 m; b) a = 2 dm, b = 13 dm, c = 6 dm bo‘lsa, uning hajmini hisoblang.
14. Yog‘och taxtaning bo‘yi 6 m, eni 2 dm va qalinligi 25 sm. 1 dm3 taxtaning massasi 650 g ekani ma’lum bo‘lsa, taxtaning massasini toping.
15. To‘g‘ri burchakli parallelepipedning hajmi 3366 sm2 va balandligi 33 sm bo‘lsa, asosining yuzini toping.
Download 49,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish