Massiv elementlariga oid masalalar (massivdan nusxa olish, massivdagi eng katta elementni topish).
Massivdan nusxa olish: Faraz qiling, sizda ikkita list va myList
massivlari bor. myList ni list ga quyidagich sintaksis asosida nusxalab
bera olasizmi?
list = myList;
C++ da bunga yo`l qo`yilmaydi. Buning uchun siz quyida keltirilgani kabi, bir
massivning har bir elementiga boshqa massivning har bir elementlarini individual ravishda
nusxalab ta’minlashingiz lozim:
for (int i = 0; i < ARRAY_HAJM; i++)
{
list[i] = myList[i];
}
Massivlarni funksiyalarga argument sifatida yuborish (passing arrays to functions).
Funksiyaga argument sifatida massiv yuborilganda, uning
elementlari funksiyadagi parametr massivga ta’minlanishni boshlaydi. Bunda
parameter va argumentlarning har ikkalasi ham massiv ko`rinishida bo`ladi.
Funksiyaga argument sifatida bitta qiymatni yubora olganimiz singari, yaxlit
bir massivni ham yuborishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |