4
I
26
1
1
66. Arifinetik progressiyani tashkil qiluvchi birinchi
hadi 3 ga va ayirmasi 222 ga teng bo'lgan 9 ta son
berilgan. Sonlarni shakldagi aylanalar ichiga shunday
joylashtiringki, har bitta diametr bo'ylab joylashgan
uchta aylana ichidagi sonlar yig'indisi 2007 ga teng
boisin.
67. Shaklda ko'rsatilgan aylanalar ichiga dastlabki
8 ta (1, 2, 3 , . . . 8) natural sonni har bir uchburchak
uchidagi aylanalar ichidagi sonlarning yig'indisi 14
ga teng bo'ladigan qilib joylashtiring.
68. 1. 2, 3, ... 11 sonlarini ushbu shakldagi
aylanalar ichiga har bir kesma bo'ylab joylashgan
uchta aylana ichidagi sonlarning yig'indisi bir-biriga
teng bo'ladigan qilib joylashtiring.
28
69. Shakldagi aylanalar ichiga 1, 2, 3, ... 11
sonlarini shunday joylashtiringki, har bir kvadrat
uchlaridagi aylanalar ichida joylashgan raqamlar
yig'indisi o'zaro teng bo'lsin.
70. Besh qirrali yulduzchada t a s v i r l a n g a n
doiralarga 1,2,3,... 11 sonlarini 5 ta sektoraing har
bittasiua joylashgan to'rtta sonning yig'indisi 25 ga
teng bo'ladigan qilib joylashtiring.
71. Shakldagi tasvirlangan aylanalar ichiga
dastlabki 8 ta (1, 2, ...8) natural sonlarni shunday
joylashtiringki, bunda gorizontal chiziqlar bo'ylab
joylashgan aylanalar ichidagi raqamlarning yig'indisi
to'la kvadratni hosil qilsin va markaziy simmetrik
joylashgan aylanalar ichidagi raqamlar yig'indisi bir
xil bo'lsin.
72. 1, 2, 3, ... 9 raqamlarini shaklda ko'rsatilgan
doiralarga har bir diametr bo'ylab joylashgan uchta
doiradagi raqamlar yig'indisi 15 gatengbo'ladigan
qilib j oylashtiring.
73.1,2,3,... 8 natural sonlarini shakldagi aylanalar
ichiga shunday joylashtiringki, har bitta aylana
bo'ylab joylashgan kichik aylanalar ichidagi sonlar
yig'indisi bir xil bo'lsin.
74. Shaklda sakkiz qirrali yulduz berilgan bo'lib
(e'tibor qiling, ikkita kvadrat ham tasvirlangan), unda
tasvirlangan doiralarga 1 dan 16 gacha bo'lgan
sonlarni shunday joylashtiringki, bunda har bir
kvadrat tomoni bo'ylab joylashgan to'rtta doiradagi
sonlar yig'indisi ham, har bir kvadrat uchlaridagi
joylashgan doiralardagi sonlar yig'indisi ham 34 ga
teng bo'lsin.
75. Shaklda tasvirlangan olti qirrali yulduzdagi har
bir qatordagi to'rtta aylana ichidagi sonlar yig'indisi
bir-birigateng.
4+6+7+9=26
1+8+6+11=26
9+5+10+2=26
11+7+5+3=26
1+12+10+3=26
2+12+8+4=26
Ammo uning qirralari uchlaridagi sonlar yig'indisi
quyidagicha:
1+2+3+9+11+4=30
Aylanalar ichidagi sonlarning o'rnini shunday
almashtiringki, har bir qatordagi aylanalar ichidagi
sonlar yig'indilari ham, qirralari uchlaridagi sonlar
yig'indisi ham bir xil bo'lsin.
76. 1, 2, 3 , . . . 7 raqamlarini shaklda tasvirlangan
doiralarga har bir kesma bo'ylab joylashgan uchta
doiradagi raqamlarning yig'indisi o'zaro teng
bo'ladigan qilib joylashtiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |