Умаров Умид Дильшод ўғли



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/23
Sana25.02.2022
Hajmi1,2 Mb.
#463380
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
Bog'liq
tijorat banklarida asosiy vositalar va ularning buxgalteriya hisobi

Indeks usulida 
qayta baholash va uning natijalarini 
tegishli hisobvaraqlarga aks ettirish bo’yicha misolmizda ko’rib chiqamiz. 
Asosiy vositalarni qayta baholashda indeks usulini qo’llash uchun har yili 
navbatdagi qayta baholash bo’yicha tegishli indekslar ishlab chiqamiz va ommaviy 
axborot vositalarida rasman chop etiladi. 
Demak 2009 yil 25 mayda bank 480.000 so’m qiymatga ega kompyuterni 
sotib oladi va uni 16535-hisobvaraqqa kirim qiladi. Eskirish me’yori yillik 20%. 


29 
2010 yil 1 yanvarda jamlangan eskirish summasi = 56.000 so’m; 
480.000 so’m.* 
x 20% = 8.000 so’m. x 7 oy = 56.000 so’m 
100% x 12 
2011 yil 1 yanvar holatiga ko’ra jamlangan eskirish summasi (8.000 x 19 oy) 
152.000 so’mni tashkil qiladi.
2011 yil 1 yanvarda kompyuterning Boshlang’ich qiymati va jamlangan 
eskirishi ommaviy axborot vositalarida chop etilgan koeffitsientga (koeffitsient 4 
ga teng deb taxmin qilamiz) ko’paytiriladi. 
480.000 x 4 = 1.920.000 so’m. - qayta baholashdan keyingi qiymati; 
152.000 x 4 = 608.000 so’m. - qayta baholashdan keyingi jamlangan eskirish 
summasi. 
Olingan natijalar kompyuterning Boshlang’ich qiymati va jamlangan eskirishi 
bilan taqqoslanadi hamda farq summasiga buxgalteriya o’tkazmalari amalga 
oshiriladi: 
1.920.000 so’m - 480.000 so’m = 1.440.000 so’m. 
608.000 so’m - 152.000 so’m = 456.000 so’m. 
1) Dt 16535 - "Mebel, moslama va jihozlar";
1.440.000 so’m; 
Kt 30908-"Boshlang’ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan 
summasi"; 
2) Dt 30908 - "Boshlang’ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan 
summasi";
456.000 so’m; 
Kt 16539 - "Jamlangan eskirish - Mebel, moslama va jihozlar (kontr-aktiv)".
Buxgalteriya o’tkazmalari amalga oshirilgandan so’ng hisobvaraqlar qoldig’i: 
16535 = 1.920.000 so’m, 16539 = 608.000 so’m va 30908 = 984.000 so’m. 
30908 - "Boshlang’ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan 
summasi" hisobvarag’iga kiritilgan qayta baholashning musbat natijasi har oyda 
31203-"Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)" hisobvarag’iga bevosita hisobdan 


30 
chiqariladi. Ushbu holda qayta baholashning har oyda hisobdan chiqariladigan 
musbat natijasi summasi tegishli aktiv tiklash qiymatining eskirish summasi bilan 
Boshlang’ich qiymatining eskirish summasi o’rtasidagi farqqa teng (ya’ni 
1.920.000 so’mdan kompyuterning oylik eskirishi 32.000 so’mni va kompyuter 
Boshlang’ich qiymatining eskirishi 8.000 so’mni tashkil qiladi. Farq = 24.000 
so’m). Bunda quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi amalga oshiriladi: 
Dt 30908 - "Boshlang’ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan 
summasi";
24.000 so’m; 
Kt 31203 - "Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)". 
2. Bevosita qayta baholash usuli 
a) chet el valyutasiga sotib olingan asosiy vositalar bo’yicha.
Chet el valyutasiga sotib olingan asosiy vositalarni qayta baholash uchun 
qo’llaniladigan koeffitsientlar quyidagi tarzda aniqlanadi:
Shartli misolmizda, bank 2008 yil 1 avgustda qiymati 500 AQSH dollariga 
teng bo’lgan kompyuterni sotib oldi va 2008 yil 1 avgustdagi Markaziy bank kursi 
(1$ = 150 so’m) bo’yicha 75.000 so’mga balansga kirim qildi. 2011 yil 1 
yanvardagi Markaziy bank kursi 1 AQSH dollariga nisbatan 350 so’mni tashkil 
qiladi.
Chet el valyutasiga sotib olingan asosiy vositalarni qayta baholash uchun 
qo’llaniladigan koeffitsient 2011 yil 1 yanvardagi (qayta baholash sanasidagi) va 
asosiy vositalar xarid qilingan sanadagi Markaziy bank kurslarining nisbati 
tariqasida aniqlanadi (koeffitsient 2,3 ga teng, ya’ni 350/150 = 2,3). Kompyuter 2,3 
koeffitsient bo’yicha qayta baholangandan so’ng uning tiklash qiymati 75.000 x 
2,3 = 172.500 so’mga, jamlangan eskirishi (2011 yil 1 yanvarda jamlangan 
eskirishi 35.000 so’m) 35.000 x 2,3 = 80.500 so’mga teng. 
b) milliy valyutada sotib olingan asosiy vositalar bo’yicha.
Indeks usuli uchun keltirilgan misoldan foydalanamiz. Bunda 2011 yil 1 
yanvar holatiga ko’ra jamlangan eskirish summasi 152.000 so’mni (8.000 x 19 oy) 
tashkil qiladi.


31 
Asosiy vositalarni bevosita qayta hisoblash usuli bilan qayta baholashda 
tegishli asosiy vositalarning buxgalteriya hisobida hisobga olingan jamlangan 
eskirishi summasi qayta baholashdan keyingi tiklash qiymatining qayta 
baholashdan oldingi qiymatga nisbati tariqasida hisoblab chiqariladigan qayta 
baholash koeffitsienti bo’yicha indekslanadi. 
Qayta baholangandan keyin Boshlang’ich qiymat aktivning baholangan 
haqqoniy qiymati bilan taqqoslanadi. Taxmin qilamiz, ushbu kompyuterning bozor 
qiymati 800.000 so’m. Ushbu holda jamlangan eskirishning qayta hisoblash 
koeffitsienti 1,66 ga teng bo’ladi: 
800.000 so’m / 480.000 so’m = 1,66 
1,66 koeffitsient bo’yicha qayta hisoblangandan keyin jamlangan eskirish - 
252.320 so’m (ya’ni 152.000 x 1,66). 
Qayta baholash natijasi bo’yicha buxgalteriya o’tkazmalari: 
1) Dt 16535 - "Mebel, moslama va jihozlar";
320.000 so’m; 
Kt 30908 - "Boshlang’ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan 
summasi"; 
2) Dt 30908 - "Boshlang’ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining 
oshgan summasi"; 
100.320 so’m; 
Kt 16539 - "Jamlangan eskirish - Mebel, moslama va jihozlar (kontr-aktiv)".
Buxgalteriya o’tkazmalari amalga oshirilgandan so’ng hisobvaraqlar qoldig’i: 
16535 = 800.000 so’m, 16539 = 252.320 so’m va 30908 = 219.680 so’m. 
OATB “Asia Alliance Bank” ombordagi asosiy vositalarning qayta baholash 
natijalari quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari bilan hisobga olinadi: 
1) tegishli aktivlar bo’yicha qayta baholashning ijobiy natijasi: 
Dt 16561 - 
"Ombordagi asosiy vositalar" - tegishli aktiv; 
Kt 30908 - 
"Boshlang’ich qiymatiga nisbatan baholash 
qiymatining oshgan summasi"; 
2) qayta baholash natijasida asosiy vositalar qiymatining kamayish summasi: 


32 
Dt 30908 - 
"Boshlang’ich qiymatiga nisbatan baholash 
qiymatining oshgan summasi"
Dt 55995 - 
"Boshqa foizsiz xarajatlar"; 
Kt 16561 - 
"Ombordagi asosiy vositalar" - tegishli aktiv. 

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish