Umar Xayyom "Navro’znoma"



Download 35,23 Kb.
bet3/4
Sana15.01.2022
Hajmi35,23 Kb.
#368144
1   2   3   4
Bog'liq
Umanr Xayyomning “Navro'znoma” asari.

Meni ayladilar dunyoda mavjud,

Hayotda topganim hayrat, taraddud.

Bu yo‘lni o‘tdim-u, tushunolmadim,

Kelmagu ketmakdin ne ekan maqsud?!

Inson mavjudligining absurdligi uning hayotidagi fojiaviylikni keltirib chiqaradi. Absurd – Xayyom ruboiylarida badiiy in’ikos topgan fojiaviylik tushunchasining moyasi, u odam, olam va zamon munosabatlari silsilasida namoyon bo‘ladi. Odam mavjudligining imkoniyatlari, bir tomondan, olam abadiyligi, ikkinchi tomondan, zamon o‘tkinchiligi bilan bog‘liq. Abadiylikka daxldor ruh bilan o‘tkinchilik xususiyatiga ega vujud o‘rtasidagi munosabatlar inson hayotini ziddiyatli, hech qanday tushuncha yordamida to‘liq anglab yetib bo‘lmaydigan, o‘z holiga tashlab qo‘yilgan, o‘zgaruvchan, xavotir, qo‘rquv va tanlovdan iborat mavjudlik tarzida ko‘rsatadi. Inson mavjudligi ikkiga bo‘lingan, uni Xayyom shunday falsafiy talqin qiladi: «Ruhda (qalbda) va narsada insonni har xil tushunish mavjud, garchand inson narsa, lekin ruhda mavjud bo‘lgan inson qiyofasi narsada mavjud bo‘lmaydigan g‘oyadir. Ushbu ikki mavjudlik orasidagi farq ana shunda. Shunday qilib, ular orasida farq borligi haqiqatga juda yaqin hamda u o‘z sabab va oqibatlariga ko‘ra birlamchidir. Shuning uchun ularni hatto qisman mos keladi deb ham bo‘lmaydi, aksincha, butunlay mos kelmaydigan hodisalar deyish mumkin. Bu masala, garchand juda teran va ulkan tadqiqotlarga muhtoj bo‘lsa–da, ba’zilar uchun sir emas»[19].

Ana shu «juda teran va ulkan tadqiqotlarga muhtoj bo‘lgan masala» – inson mavjudligining ikkiga bo‘linishi keyinchalik Ovro‘pa falsafasida (S. Kirkegaard, L. Shestov, N. Berdyayev, M. Haydegger, J-P. Sartr, A. Kamyu, G. Marsel kabi XIX–XX asr mutafakkirlari asarlarida) yangicha yondashuv asosida o‘rtaga tashlanadi. Chunonchi, J-P.Sartrning fikricha, insonda «o‘zidagi mavjudlik», ya’ni insonning real turish-turmushi, Xayyom ta’biriga ko‘ra, «mavjud bo‘lgan mavjudligi» hisobga olinmog‘i lozim. «O‘zi uchun borliq, – deb yozadi Sartr, – bizga o‘zini ko‘rib turganimiz barobarida mavjud bo‘lgan borliq sifatida namoyon qiladi. Ruhning junbushiy umumqamrovliligi… bizga uni na mavjud va na mavjud emas, deb aytib bo‘lmaydigan darajadagi parchalangan borliq tarzida ko‘rinadi»[20].

Inson mavjudligining ana shu parchalanganligi yoki ikkiga bo‘linganligi, yuqorida ko‘rganimizdek, uning fojiasidir. Bu fojiadan qutilishning yo‘li bormi? Inson hayotini absurdlikdan qanday himoya qilish mumkin? Nima uchun:



Bizlar qo‘g‘irchog‘-u, falak qo‘rchoqboz,

Bu so‘zim chin so‘zdir, emasdir majoz.

Yo‘qlik sandug‘iga bir-bir tushgaymiz,

Vujud palosida o‘ynagach bir oz[21].

Faylasuf-shoir ana shu savollarga javob topishga urinadi va uni maydan, yor vaslidan, lazzatdan, tabiat go‘zalligidan, axloqiy yuksaklikdan, falsafiy tafakkurdan izlaydi.

Shu sababli Xayyom ham, o‘z salaflari kabi, go‘zallikka alohida e’tibor beradi, uni inson bilan bevosita yoki bilvosita bog‘liq holda olib qaraydi. Jumladan, narsalar go‘zalligi ham inson bilan bog‘liq. Masalan, oltin nima uchun go‘zal? «Navro‘znoma»da aytilishicha, u qimmatbaho rangli metall bo‘lgani uchun emas, balki inson undan bezak sifatida foydalangani, uning jismonan sog‘lomlashuviga xizmat qilgani sababli go‘zaldir.

Xayyom xulqiy go‘zallik haqida fikr yuritar ekan, tashqi va ichki go‘zallik uyg‘unligi masalasiga alohida urg‘u beradi, barcha mashoiyyun faylasuflar kabi, go‘zallik bilan ezgulikning yaxlit namoyon bo‘lishini ta’kidlaydi; go‘zallikni go‘zal qiyofa bilan bog‘lab talqin etadi: «Go‘zallik barcha tillarda vasf etiladi va har qanday aqlga xush keladi. Dunyoda yaxshi narsalar ko‘p, ularni ko‘rib bahramand bo‘lish odamlarni shod etadi va tabiatini pokiza qiladi, ammo hech narsa go‘zal yuz o‘rnini bosa olmaydi, chunki u shunday quvonch baxsh etadiki, boshqa hech qanday quvonch unga teng kelolmaydi. Aytadilarki, go‘zal yuz dunyo saodati sababchisidir. Agar go‘zal yuz yana yaxshi xulq bilan uyg‘unlashsa, baxt-saodatning eng yuqori darajasi bo‘ladi. Agar odam, ham tashqi ko‘rinishi, ham tabiati yaxshi bo‘lsa, Xudo va odamlar uchun sevimlidir. Go‘zal yuz to‘rt fazilatga egadir. Ulardan biri shuki, go‘zal yuz uni ko‘rgan odamning shu kunini xayrli etadi, ikkinchisi – hayotdan bahramand bo‘lish onlarini shirin qiladi, uchinchisi – u odamni ochiq ko‘ngilli va olijanob etadi, to‘rtinchisi – boylikni ko‘paytiradi va yuqori mansab ato etadi»[22].

Ba’zi ruboiylarida esa Xayyom go‘zallikni, shu jumladan xunuklikni ham, «Avesto» talqinlariga yaqin nuqtai nazardan olib qaraydi. Go‘zal yuz, go‘zal xulq egasi bo‘lmish nozanin vaqti kelib gulga, maysaga, lolaga aylanadi:


Download 35,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish