Umar Xayyom "Navro’znoma"



Download 35,23 Kb.
bet2/4
Sana15.01.2022
Hajmi35,23 Kb.
#368144
1   2   3   4
Bog'liq
Umanr Xayyomning “Navro'znoma” asari.

Kishi o‘zligidan yaxshi, yomon ham,

Qazovu qadaru quvonch yoki g‘am.

Aql aytur bularni charxga to‘nkama,

Charx sendan ojizroq, bechorayu kam[14].

Yoki boshqa bir ruboiyni olib ko‘raylik:



Umringdan nafas ham o‘tsa, ey inson,

Qo‘ldan chiqarmagil bo‘lmayin shodon.

Qandoq o‘tkazursan, shundoq o‘tar umr,

Xushyor bo‘l, shundaqa aslida jahon,[15]

deb yozadi Xayyom. Endi ekzistensiyachilik falsafasining eng yirik namoyandalaridan biri Jan-Pol Sartrning mana bu gaplariga e’tibor beraylik:

«Biz shuni aytmoqchimizki, inson avvalo mavjuddir, inson – kelajakka yo‘nalgan, kelajakka qarab o‘zini loyihalashtirish lozimligini anglagan mavjudot. Inson eng avvalo subyektiv kechinmalar orqali yaralagan loyihadir: mox ham po‘panak ham, rangli karam ham emas. Bu loyihagacha hech narsa mavjud emas, aql bovar qiladigan samovotda hech narsa yo‘q, borlig‘ining loyihasi qanaqa bo‘lsa, inson ham shunaqa. Aslo o‘zi xohlaganicha emas»[16].

Agar biz ushbu jumlalardan dahriycha ohanglarni olib tashlasak, ularning yuqoridagi Xayyom ruboiylaridan farqi katta emasligini ko‘ramiz; ruboiylarda shu fikr timsolli (obrazli) tarzda ifoda topgan xolos. Zero, Xayyomning ruboiylari yana ta’kidlash kerakki, uning mavjudlik (ekzistensial) falsafasi atrflicha ifoda topgan asarlardir. Ularda inson yakka substansiya tarzida olib qaraladi va uning mavjudligi mohiyatiga mos yoki mos emasligi hamda bu mavjudlikning cheklanganligi masalasi o‘rtaga tashlanadi. Bu masalalar, aytib o‘tilganidek, hamma davrlar uchun muhim hisoblangan, hozir ham nihoyatda dolzarb. Ana shu nuqtada Xayyom ruboiylari mumtoz asarlar bo‘lgani holda, nimaga ayni paytda biz uchun ham o‘z zamonaviyligini yo‘qotgan emas, degan savolga ma’lum ma’noda, javob topamiz.

Darhaqiqat, mumtoz asarlar – Homerning «Iliada»si, Firdavsiyning «Shohnoma»si, Sa’diyning «Guliston»i, Dantening «Ilohiy komediya»si, Navoiyning «Xamsa»si, Shekspirning «Hamlet»i, Hyotening «Faust»i singari ijod namunalarini bevosita hozirgi zamonga tadbiq etib bo‘lmaydi, ular faqat bilvosita, (ya’ni ularning falsafiy, axloqiy va estetik jihatlarigina) zamonaviylik xususiyatiga ega. Chunki, biz Homer tasvirlagan Troya jangida ishtirok etolmaymiz. Kovaning yonida turib, Zahokka qarshi jang qilolmaymiz, Farhodning tog‘ni kesib, ariq qazishiga yordam berolmaymiz. Barcha zamonlar ahli huzur bilan estetik idrok etadigan bu mumtoz asarlar – go‘zal haykallardir, boshqa zamon va makonning badiiy-falsafiy suvratlaridir. Lekin Xayyom ruboiylari to‘laligicha – jajji syujetlaridan tortib, axloqiy-estetik jihatlariyu falsafiy xulosalarigacha «bizniki», biz uning lirik-falsafiy qahramoni o‘ltirgan tabiat qo‘ynida, o‘tloqda, chodirda, oydindagi bog‘da shu qahramonning xuddi o‘zidek hozir ham o‘ltirishimiz, may ichishimiz, musiqa tinglashimiz, yor va bahor go‘zalligidan lazzatlanishimiz, shoirning o‘ziga o‘xshab, inson mavjudligi haqida falsafiy tafakkurga berilishimiz mumkin. Zero, Xayyom ruboiylari har bir zamon kishisiga hamnafas odimlaydigan, o‘zida kattakon va ayni paytda kichkinagina inson tirikligining muammolarini mujassam etgan, ruboiy shakliga solingan jonli ijtimoiy-ma’naviy hodisalardir.

Aynan shu masala Xayyom falsafasining asosini tashkil etadi. Inson olam uzugining ko‘zi – gavhari (javhari) bo‘lgani holda, o‘z mavjudligi mobaynida asl mohiyatini va bu mohiyatning chegaralarini anglab yetishga qodir emas. Natijada uning hayoti absurdga aylanadi. Inson oxir-oqibat o‘limga qarab boradigan zot ekan, uning dunyoga kelib-ketganidan nima foyda? Ehtimol, bu ovoragarchilikdan bir yo‘la qutulish uchun yorug‘ dunyoga kelmay qo‘ya qolgan ma’qul emasmikan? Chunki:



Olam bari mehnat, kunlarimiz g‘am,

Falak ishi ofat, ayyomi sitam.

Har yon nazar soldik, ko‘p kezdik olam,

Biror kimsa yo‘qdir dili xotirjam[17].

Nega shunday? degan savol, yana ko‘ndalang turadi. Xayyom-inson bu savolga javob topishga ojiz; inson mavjudligini g‘ayrimantiqiyligi – shunda:




Download 35,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish