Uluqov Nosirjon



Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/27
Sana18.11.2022
Hajmi2,43 Mb.
#868026
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
941541547 Н.Улуқов




O‘ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI 
OIIY VA MAXSUS TА’LIM VАZIRLIGI 
 
NАMАNGАN DAVLAT UNIVERSITETI 
 
O‘ZBEK TILI VА АDАBIYOT KАFЕDRАSI 
 
 
 
Uluqov Nosirjon
 
 
 
 
MAGISTRLIK 
DISSERTATSIYASI 
(5А120102  – Lingvistika (o‘zbek tili) magistratura 
mutaxassisligi uchun

 
 USLUBIY QO‘LLANMA 
 
 
 

 
 
 

 
 
 
Toshkent - 2021 


Qo`llanmada magistrlik dissertatsiyasining tuzilishi, hajmi, 
uni yozish qoidalari hamda havolalar berish, rasmiylashtirish 
tartiblari, o‘zbek tili yo‘nalishi bo‘yicha magistrlik dissertatsi-
yalari mavzulari majmui berilgan hamda foydalanish uchun 
adabiyotlar ro`yxati tavsiya etilgan. 
 
Muallif: 
Nosirjon ULUQOV, 
filologiya fanlari doktori 
 
Taqrizchilar: 
Ibodilla MIRZAYEV
, SamDU o‘zbek tili va adabiyoti 
kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori
 
Umidjon QO‘ZIYEV,
NamDU o‘zbek tili va adabiyoti 
kafedrasi mudiri, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori
 
Uslubiy qo‘llanma NamDU o‘quv-uslubiy kеngаshining 2021-yil 
20-oktyabrdagi yig‘ilishi qarori bilаn nashrga tаvsiya etilgan.
 



Kirish 
Magistratura aniq ixtisoslik bo‘yicha fundamental va amaliy bilim 
beradigan, bakalavriaturadan keyin uning negizida ta’lim muddati 
kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir. Magistratura oliy 
ta’limning ikkinchi bosqichini ifoda etadi. Magistr darajasiga ega 
bo‘lgan mutaxassis ilmiy xodimga xos ko‘nikma, malakaga ega bo‘lishi, 
ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bora olishi, ilmiy axborotlarni qabul qilish, 
qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni biladigan, chuqur 
bilimli, yuqori kasbiy mutaxassislik sohibi bo‘lmog‘i kerak. 
Magistrlik dissertatsiyasining asosiy maqsadi magistrlarda ilmiy 
tadqiqot yaratish malakasini hosil qilishdan iborat. Magistrlar magistrlik 
dissertatsiyasini yozish jarayonida o‘qish mobaynida olgan bilimlarini 
umumlashtirishga, uning natijalarini ilmiy ravishda aks ettirishlari 
lozim. Magistrlik dissertatsiyasi magistrlarning dunyoqarashlari, bilim 
saviyalari, ilmiy fikrlarini yozma nutqda savodli ifodalashlarini taqazo 
etadi. 
Magistrlik 
dissertatsiyasida 
tanlangan 
mavzu 
bo‘yicha 
muammolar ko‘rsatilib, uning yechimlari tahlil qilingan bo‘lishi kerak. 
Shuning uchun barcha magistrlar magistrlik dissertatsiyasini yozishlari 
shart. 
Magistrlik dissertatsiyasi ilmiy tadqiqot ishlari unsurlarini 
o‘zlashtirish, fan sohasi bo‘yicha professional bilim va tayyorgalikni 
rivojlantirish hamda mustahkamlashga yo‘naltirilgan mustaqil ilmiy 
ishlaridan biri hisoblanadi. 
Magistrlik dissertatsiyasi yozish jarayoni magistrlarda ilmiy 
pedagogik tafakkur negizini hamda ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga 
yo‘naltirilgan. Magistrlik dissertatsiyasini yozishda magistrlar mavjud 
pedagogik tajribani umumlashtirish va tizimlashtirish, ilmiy va ilmiy-
ommabop adabiyotlarni o‘rganish bilan bog‘liq ilmiy ishlarning 
malakasini o‘zlashtirish, shuningdek, o‘rganilayotgan ilmiy va amaliy 
ma’lumotlarni tahlil etish va tanqidiy baholash qobiliyatini shakl-
lantirishdan iboratdir. 
Magistratura bosqichi talabalari fanlar bo‘yicha, muayyan mavzu-
lar doirasida shakllangan mustaqil fikr va mulohazalarini bildirish 
hamda tanlangan mavzu bo‘yicha nazariy jihatdan asoslangan xulosa va 
amaliy takliflarini bayon etish uchun magistrlik dissertatsiyasini 
yozishlari va uni himoya qilishlari belgilangan. 
Oliy ta’limning magistratura mutaxassisliklarida tahsil oluvchi 
talabalar magistrlik dissertatsiyasini yozishi va himoya qilishidan asosiy 
ko‘zlangan maqsad quyidagilardan iboratdir: 



– tanlangan mavzuning umumnazariy asoslarini chuqur tadqiq 
etish, shu maqsadda, ilmiy adabiyotlarni izlab topish, ulardagi zaruriy 
ma’lumotlarni jamlangan holda ma’lumotlar bazasini shakllatira olish 
qobiliyatini rivojlantirish; 
– jamlangan ma’lumotlar bazasini tahlil etgan holda, ilmiy 
asoslangan xulosalarni ishlab chiqish; 
– mavzu yuzasidan ilg‘or xorij tajribalarini o‘rganish, qiyosiy tahlil 
etish va ilmiy xulosalarni berish
– magistrantda fan darajasiga ega bo‘lish uchun tadqiqot olib 
borish jarayoniga oid elementlarni shakllantirish. 
Uslubiy qo‘llanma universitetning lingvistika (o‘zbek tili) yo‘nali-
shi
 
magistratura mutaxassislikgi uchun mo‘jallangan bo‘lib, unda 
magistrlik dissertatsiyasini yozish, tayyorlash, rasmiylashtirish hamda 
himoyaga tayyorlanish va bu jarayonlarni talablar darajasida tashkil 
etishda professor-o‘qituvchilarga metodik qo‘llanma vazifasini bajaradi, 
degan umiddamiz. 
Qo‘llanmani 
takomillashtirish 
yuzasidan 
bildirilgan 
fikr-
mulohazalarni muallif mamnuniyat bilan qabul qiladi. 

Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish