10
– o‘quv rejada nazarda tutilgan topshiriqlarning
barcha turlarini,
shuningdek dissertatsiyani belgilangan muddatda bajarish;
– oliy ta’lim muassasasining Ustavi, ichki tartib qoidalari va
talabalar turar joylari qoidalariga rioya etish.
Talaba zimmasida qonun hujjatlarida belgilangan boshqa
majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
II. Dissertatsiyani tayyorlash va himoya qilishga
qo‘yiladigan talablar
2.1. Dissertatsiya mavzularini tasdiqlash va ilmiy rahbarlarni
tayinlash
Dissertatsiya talabaning ta’lim dasturlarini o‘zlashtirishni
yakunlovchi va o‘qish davrida egallagan
nazariy va amaliy bilimlari
asosida bajargan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijasi hisoblanadi.
Dissertatsiyalarning mavzulari oliy ta’lim muassasasida shartnoma
va loyihalar bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining bir
qismi bo‘yicha ham shakllantirilishi mumkin.
Dissertatsiya mavzusi dolzarb ilmiy-tadqiqot masalalariga yoki
aniq
amaliy
vazifani
yechishga
bag‘ishlangan,
shuningdek,
mutaxassislikka mos bo‘lishi lozim.
Dissertatsiyaga ilmiy rahbarlik oliy ta’lim muassasasi professori,
fan doktori, dotsenti yoki fan nomzodi, shuningdek O‘zbekiston
Respublikasi Fanlar Akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari
va ilmiy markazlar olimlari hamda boshqa tashkilotlarning tajribaga ega
bo‘lgan yuqori malakali mutaxassis va amaliyotchilari tomonidan
amalga oshiriladi.
Dissertatsiya mavzusi va dissertatsiyaga ilmiy rahbar (ilmiy
maslahatchi) talabaning dissertatsiya mavzusini
tasdiqlash va ilmiy
rahbarni tayinlash to‘g‘risidagi arizasi hamda tegishli kafedra
taqdimnomasining fakultet ilmiy kengashi (o‘quv-uslubiy kengashi)
tomonidan ko‘rib chiqilishi natijasiga ko‘ra 1-o‘quv yilining oktyabr-
noyabr oylarida oliy ta’lim muassasasining rektori buyrug‘i bilan
rasmiylashtiriladi.
Mutaxassis tayyorlovchi kafedrada har uch yilda magistrlik disser-
tatsiyalari mavzulari ishlab chiqiladi, fakultet ilmiy-uslubiy kengashida
muhokama qilinadi va tasdiqlash uchun universitet Ilmiy Kengashiga
taqdim
etiladi.
Ilmiy
Kengashda
tasdiqlangan
magistrlik
11
dissertatsiyalarining mavzulari magistrantga
tanlash uchun tavsiya
qilinadi.
Magistrlik dissertatsiyasi muvaffaqiyati uchun quyidagi omillar
muhim ahamiyatga ega:
– qiziqarli, hali chuqur o`rganilmagan, O‘zbekiston va jahon
tarixining ajralmas qismi bo`lgan muammoli mavzuni tanlash;
– tanlangan mavzu yoki shu mavzuga yaqin ilmiy ishlar olib
borgan, o`zining ilmiy tajribasini o`rgatishga tayyor rahbar tanlash;
– mavzu bo`yicha rahbar bilan kelishilgan holda kengaytirilgan ish
rejasiga ega bo`lish;
– mavzuga oid adabiyotlar va manbalarni chuqur o`rganish,
qiyosiy tahlil etish;
– tadqiqot mavzusini yoritish uchun tuman, shahar, viloyat,
respublika
miqyosidagi kutubxonalar, muzeylar, tegishli arxivlardagi
manbalarga murojaat qilish;
–
tadqiqot bilan bog`liq muammo va yechimlar borasida ilmiy
maqolalar yozib, viloyat, respublika gazeta-jurnallari hamda oliy ta`lim
muassasasi (OTM) to`plamlarida chop etish;
–
tadqiqot yuzasidan OTM, viloyat, respublika,
xalqaro miq-
yosdagi ilmiy-amaliy anjumanlarida faol ishtirok etish.
Dissertatsiya mavzusi tavsiya etilgan mavzular ro`yxatidan, ilmiy
rahbar bilan kelishgan holda, magistrant tomonidan tanlab olinadi.
Dissertatsiyaga talaba o‘qiyotgan oliy ta’lim muassasasidan
boshqa tashkilotlardan ilmiy rahbar tayinlangan holda, kafedra
a’zolaridan biri kafedra mudiri tomonidan mazkur talabaga ilmiy
maslahatchi etib tayinlanadi.
Ilmiy maslahatchi dissertatsiyani belgilangan talablar bo‘yicha
bajarilishi uchun ilmiy rahbar bilan bir xilda mas’ul hisoblanadi.
Bitta professor yoki fan doktori beshtagacha,
shuningdek bitta
dotsent, fan nomzodi, mutaxassis yoki amaliyotchi uchtagacha
dissertatsiyaga rahbarlik qilishi mumkin.
Dissertatsiyalarning mavzulari tasdiqlangandan va ilmiy rahbarlar
tayinlangandan so‘ng 1 oy muddatda ular haqidagi ma’lumot talabalar
familiyasi, ismi, otasining ismi hamda dissertatsiya mavzulari qisqacha
maqsadi va vazifalari ko‘rsatilgan holda oliy ta’lim muassasasining
rasmiy saytida e’lon qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: