52
III BOB. EPIK RIVOYA VA ASAR TILI
1-fasl. Ulug‟bek Hamdam asarlarida epik rivoya va unda roviy mavqei
Badiiy asarda muallif obrazi yetakchi o„rinda turadi. She‟riy asarda lirik
qahramon aksar hollarda shoir “men”ining ifodachisi bo„lib, umumlashmalik kasb
etadi. Demak, she‟r shoir – subyektning ruhiy olami tasvirlaridir. Dramatik
asarda esa muallif ishtiroki bo„lmaydi, biroq nazarimizda har bir personaj qiyofasi,
xatti-harakatlari, qarashlari zamirida u yoki bu darajada muallif “men”ligi bo„y
ko„rsatadi. Bu ayniqsa epik asarlarda ham qahramonlarning nutqida yaqqolroq
seziladi. Ushbu nutq tipini Y.Solijonov tasniflagan “bevosita muallif bayoni” va
“bilvosita muallif bayoni”
45
ning ikkinchi turiga kiritish mumkin. Adabiyotshunos
e‟tirof etganidek, “Kitobxon ma‟lum bir asarni mutolaa qilar ekan, u doim “muallif
ko„rinmasdan o„z asarining hamma yerida xuddi olam xudosidek hoziru nozir
ekanligini” (G.Flober) his qilib turishi lozim.
Epik asarda muallif tushunchasi ancha keng ma‟no ifodalaydi va
polifunksional ekanligi bilan xarakterlidir. Epik asar rivoya usulida bayon qilinar
ekan, unda roviy maqomi doimiy e‟tibordadir. Xo„sh, epik rivoyaning xos
xususiyati nimada? Roviy qanday mavqe tutadi?
“Rivoya (arabcha-hikoya qilish) voqelikning obyektiv – voqeaband tarzda aks
ettiruvchi epik asarlarning o„zagi, epik asar qurilishining asosiy shakli, undagi
muallif, personaj – hikoyachi nutqi, ya‟ni asar matnining personajlar nutqidan
tashqari qismi. Rivoyaning asosi zamon va makonda kechuvchi voqealar haqidagi
hikoya bo„lib, o„sha voqealar kechayotgan zamon va makon, ularning
ishtirokchilari bo„lgan personajlarga oid turli tafsilotlar (peyzaj, narsa-buyumlar,
portret, muallif xarakteristikasi) muallifning falsafiy, ma‟naviy-axloqiy, ijtimoiy-
siyosiy mazmundagi mushohadalari, muallif tilidan berilgan personajning o„y-
fikrlaridir”
46
. Epik rivoya zamon va makonda, qahramon tasvirida keng
ko„lamliligi, tasvir obyektining kengligi, xolisligi, haqqoniyligi kabi qator
45
Солижонов Й. Нутқ ва услуб. –Т.: Чўлпон, 2002. Б.9-10.
46
Quronov D., Mamajonov Z., Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lug‟ati. –T.: “Akademnashr”, 2010, 12-bet. 251
53
xususiyatlari bilan o„ziga xoslik kasb etadi. Rivoyaning xolis va estetik ta‟sirchan,
serjilo bo„lishi, roviyning mavqei va “nuqtai nazari”ga ham bog„liq.
Epik asarlarda rivoya asosan, muallif, roviy yoki personaj-hikoyachi tilidan
olib borilsa, Ulug„bek Hamdam asarlarida rivoya asosan, muallif va roviy tilidan
beriladi. “Muvozanat”, “Isyon va itoat”, “Sabo va Samandar” romanlari va
“Na‟matak” mini romanlarida rivoyaning obyektiv ko„rinishi namoyon bo„ladi.
Ya‟ni unda rivoya “xolis kuzatuvchi” mavqeidan olib boriladi. Bunda roviy
voqeliklarga aralashmaydi, tasvir predmetiga munosabat ochiq ifodalamaydi. Biroq
tasvirning ayrim o„rinlarida bu obyektivlik subyektivlik bilan uyg„unlashib,
qorishib ketadi. Roviy faqat xolis kuzatuvchi maqomidan tushib, asar
qahramonining dardi bilan birga “yashaydi”. Uning dardini “o„z qalbidan
o„tkazib”, “his etib” tasvirlaydi. “Muvozanat” romanida Yusufning iztiroblarini
berilishida, o„g„lidan ayriliq tasvirlarida bu hol yaqqol ko„rinadi. Rivoya
subyektining tasvirlanayotgan voqeadan xabardorlik darajasida ham kuzatiladi.
Garchi bu xususiyat an‟anaviy eposda, masalan, ertaklarda namoyon bo„ladi
deyilsa-da, ushbu holat Ulug„bek Hamdamning asarlari, xususan, hikoyalarida ham
uchraydi. Unda roviy voqeaning barcha ikir-chikirlaridan voqif shaxs sifatida
namoyon bo„ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: