232
sari dolzarb bo‟lmoqda, bu vodorod sulfid gaz , neft va slenesni kimyo
sanoati korxonalarida qayta
ishlash jarayonida hosil bo‟ladi.Ayniqsa, tabiiy va texnologik gazni vodorod sulfiddan tozalash
muammosi dolzarb bo‟lib qoladi, bu konlarni ishlash miqyoslarini kengaytirish bilan ham
«
Muborak
»
gaz koni yuqori oltingugurtli neft olishni orttirish bilan bog‟liq. Bunda gazlarni vodorod sulfiddan
tozalash bilan birga
mavjud texnologik sxemalarda, shuningdek, qiymatli tovar mahsulotlarini (
oltingugurt, sulfat kislotasi va hokazo ) olishni ham ko‟zda tutadi.
4 – rasm.
Gazlarni vodorod sulfiddan tozalashning Klaus jarayonini ekstremal
rostlash sxemasi.
Vodorod sulfidning katta qismi (
≈
65 %) reaktor- generator 1 da oltingugurtga aylanadi (4-
rasm) ; u gaz oqimidan uni sovitish va qozon utilizator 2 da hosil bo‟lgan bug‟larni kondensasiyalash
natijasida ajratiladi.Keyin texnologik gaz bilan bir qator apparatlardan o‟tib, tasirlanmagan oltingugurt
birikmalarini va tutib qolinmagan oltingugurt zarrachalarini qayta ishlash uchun pech 3 ga
tushadi.Pech 3 da Vodorod sulfidi va oltingugurt qoldiqlari ortiqcha havo
kislorodida oltingugurt
dioksidgacha kuydiriladi. Pechdan so‟ng 1,7 % dan kam SO
2
bo‟lgan tutun gazlari truba 4 orqali
atmosferaga chiqarib tashlanadi.Vodorod sulfidning dastlabki
gazdagi konsentrasiyasiga, jarayonga
beriladigan havo miqdoriga, qurilmaning ayrim apparatlari temperatura rejimlariga bog‟liq.
Vodorod sulfidni elementli oltingugurtga qayta ishlash jarayonini
boshqarishning asosiy
vazifasini tutun
gazlarida SO
2
miqdorini minimizasiyalash bo‟lib ( sanitar normadan ortiq emas ), u
shuningdek maksimal miqdorda oltingugurt chiqishini taminlaydi.Ekstremal rostlash sistemasiga SO
2
ni gazanalizatori 5, tutun gazlari sarf o‟lchagichi 6, ko‟paytirish bloki 7, oksidlangan gaz ( 95 %
gacha N
2
S ); havo sarflari nisbatlari ekstremal rostlagichi 9 kiradi.Gazanalizator 5 va sarf o‟lchagich 6
dan kelgan signal tutun gazlarida SO
2
ning miqdoriga proporsional
signalni shakllantiruvchi
ko‟paytirish bloki 7 ga keladi. Bu signal ekstremal rostlagich 8 ning kirishiga keladi, bu rostlagich
tutun gazlarida SO
2
ning minimal miqdoriga mos keladigan oksidlangan gaz : vodorod sarflarining
optimal nisbatini izlaydi.Sarflarning optimal nisbati havoning reaktor- generatorga uzatishni rostlash
klapani 10 ga tasir qiluvchi nisbat rostlagich 9 yordamida taminlanadi.
Klaus jarayonini avtomatik rostlash sxemasi quyidagilarni ko‟zda tutadi :
Qozon – utilizator 2 dagi suv sathi balandligini qozon – utilizatorga
suv uzatuvchi rostlovchi
klapan 12 ga tasir ko‟rsatuvchi sath rostlagichi 11 yordamida barqarorlashtirish ; Qozon – utilizator 2
dagi bug‟ bosimini bug‟ni chiqarish liniyasida o‟rnatilgan rostlovchi klapan 14 ga tasir qiluvchi bosim
rostlagichi 13 yordamida barqarorlashtirish ;gaz temperaturasini yonish pechida yonuvchi gazni
yonish pechi 3 ga uzatishni rostlovchi klapan 16 ga tasir qiluvchi temperatura rostlagichi 15 yordamida