Mazmuni: Yigitlarni ishlataylik, Daraxt(lar)dan meva(lar)ni qoqtiraylik.
Qulon, kiyik ovlataylik, (So`ng) bayram qilib ovunaylik.
Shunday qilib, mana shu kabi tarixiy-ilmiy-badiiy manbalar orqali birgina jismoniy tarbiya va sportga oid kurash, chopish, sakrash, chavandozlik, yoy, kamon, o`q otish, mergan, merganlik, eshkak, kema, suzish, o`zish, o`yin, tepish, tepki, to`p), to`r, chavgon, qanot, qilich, kema yoki shaxmatga oid shatranj, shohmot/shaxmat, shoh/shax, farzin, rux, fil, ot/asp, piyoda/sipoh, mot, pot/pat, dona, oq, qora, katak, qanot, yurish, kishi, hujum singari ko`plab atamalar bizgacha yetib kelgan. Bu hol ijtimoiy hayotning barcha sohalariga tegishli.
Hatto dastlab shunday bir vaziyat yuzaga keldiki, atamalarni
«milliylashtirish» ga ishtiyoq kuchayib ketdi. Tavsiyalar ham nihoyatda ko`paydi. Jo`yali fikrlar bilan bir qatorda, hazm bo`lishi qiyin bo`lgan takliflar ham o`rtaga tashlandi. Bu gapning tasdig`i sifatida ayrim misollarni keltiramiz: matematika- riyoziyot, fakulteti-kulliyot, rassom-musavvir, gazetxon-mushtariy, auditoriya- saboqxona, xona, o`quv xonasi, sirk-tomoshaxona, sirkul-pargar, sellofan- suvqog`oz, seyf-zarf, attestatsiya-ko`rik, samolyot-aeroplan, tayyora, aeroport- tayyoragoh, familiya-naslnoma, klub-da‘vatxona, titul list-sarvaraq va hokazo.
Bu kabi tavsiyalar mustaqillikdan keyin – «Davlat tili haqida»gi Qonun qabul qilingach, o`rtaga tashlandi. Ona tilimizning chin fidoyilari erksevar va millatsevar jadidlar tomonidan esa shu mazmundagi mulohazalar asrimizning boshlarida, mustamlakachilik paytlaridayoq o`rtaga tashlanganligi tarixdan ma‘lum.
Ulug` ma‘rifatparvar Fitrat 1921-yildagi til, imlo qurultoyida kontrrevolyut- sion «Chig`atoy gurungi» tashkilotining dasturini bayon etib, o`zbek tilidan yot so`zlar (arabcha, forscha, ruscha) ni chiqarib tashlasak, buyuk idealimiz bo`lgan turkchilikka birlashamiz, deb ochiq-oydin aytdi.
Ular (tilning sofligi uchun kurashuvchilar mualliflar)... ko`plab qadimiy so`zlarni tiriltirishni, o`zbek adabiy tiliga qabul qilishni tavsiya qildilar.
Masalan, arabcha zahmat, xalq, duo, nasihat, rais, olam, kitob, maktub so`zlari o`rniga emgak, el, o`qish, o`gut, boshliq, ochun, bitik, yozoq so`zlarini, forscha shahar, guvoh, tajriba so`zlari o`rniga baliq, taniq, sipok so`zlarini, ruscha parovoz, poyezd, revolyutsiya, proletar, samovar, pochta, agronom, elektr, geografiya, botanika, astronomiya, morfologiya, sintaksis kabi so`zlar o`rniga o`txona, otash arava, o`zgarish, yo`qsil, o`zi qaynar, choparxona, ekin bilg`ich, simchiroq, yer biligi, o`simlik biligi, yulduz biligi, sarf, nahv kabi so`z va iboralarni ishlatishni ko`tarib chiqdilar.
Bu qarashlar shu ma‘noda diqqatga sazovorki, ularda tilni mumkin qadar chet el unsurlaridan tozalash, umumturkiy birliklarni adabiy til me‘yori sifatida belgilash g`oyasi yotadi. Masalaning qo`yilishi ana shu tarzda tushuniladigan bo`lsa, yuqoridagi riyoziyot, kulliyot, musavvir, mushtariy, saboqxona, pargar, tayyora, tayyoragoh, naslnoma, da‘vatxona kabi so`zlar bu g`oyaga mos kelmaydi. O`z-o`zidan savol paydo bo`ladi: qabul qilishga tavsiya etilayotgan so`zlar umumturkiy bo`lmagach, qanday farqi bor – ruscha-baynalmilal bo`ldi nima-yu, arabcha yoki forscha-tojikcha bo`ldi nima?
Masalaning boshqa bir muhim tomoni bor: tavsiya etilgan birliklar adabiy tilimizga leksik me‘yor sifatida qabul qilinmadi. Nega? Shuning uchunki, birinchidan, tildagi o`zgarishlar jarayoniga o`sha davrdagi ijtimoiy- siyosiy ziddiyatlarning ta‘siri bo`ldi. Millatsevarlik millatchilik deb ayblanayotgan bir davrda, tilimizga bo`lgan bu kabi munosabatlar, yangilikka intilishlar qo`llab- quvvatlanmadi. Ikkinchidan, asrimizning boshlarida, hatto hozirda ham narsa va tushunchalarni ifodalovchi birliklarni tavsiya etilgan so`zlar shaklida qo`llash hali me‘yorlashmagan, odat tusiga kirmagan edi va shundayligicha qolib ketdi.
Tilimizda qo`llanilib kelinayotgan avtor, arxitektor, gumanizm, doklad, ideologiya, inspektor, intelligent, kontrol, komandirovka, komandirovochnaya, leksiya, ministr, oblast, ostanovka, planeta, problema, rayon, raport, redaktor, revolyutsiya, spravka, student, sekretar, tema, territoriya, traditsiya, forma singari so`zlar o`rnini muallif, me‘mor, insonparvarlik, ma‘ruza, mafkura, nozir, ziyoli,
Do'stlaringiz bilan baham: |