U LAMA TIRNOQLAR
Agar tabiat tomonidan sizga chiroyli va mustahkam tirnoqlar tuhfa etilmagan bo‘lsa ham, aslo tushkunlikka tushishingizga hojat yo‘q. Chunki butungi kun kosmetologiyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan turli vositalar sizdagi bu kamchilikni bartaraf etishga qodir. Shuningdek, sun’iy tirnoqlarni tabiiy tirnoqlardan farqlash anchayin murakkab jarayon.
Barcha usuLlar ichida eng oddiy va hammabop usullardan biri — yopishtirilgan tirnoqlar. Bunday tirnoqlarning turli shakl, uzunlikdagisi va rangdagisini istalgan kosmetika do‘konlaridan topish imkoni mavjud. Ularning ichida naqsh solingan gulli tirnoqlarni ham uchratish mumkin. Tirnoqlarni yogsizlantirish uchun asos-lak surtiladi, so‘ng kley surtilib, himoyalovchi yasama tirnoq yopishtiriladi. So‘ng plastik yoki neylondan yasalgan sun’iy tirnoq biroz sayqallanadi va to‘grilanadi.
Bugungi kunda barcha zamonaviy kosmetika salonlarida “tirnoq yopishtirish” xizmati yo‘lga qo‘yilgan. Hozirgi vositalar yordamida istalgan turdagi tirnoqlarga ajoyib va chiroyli ko‘rinish baxsh etish mumkin. Zamonaviy yasama tirnoqlar oldingilaridan bu jarayonni amalga oshirishda qo‘llaniladigan materiali bilan farqlanadi. Bunday tirnoqlar juda batartib, bashang va tabiiy ko‘rinishda bo‘ladi. Bunday tirnoqlarga surtilgan lak tabiiy tirnoqqa surtilganiga nisbatan ancha uzoq vaqtgacha o‘chib ketmaydi.
Tirnoq yopipggirishdan maqsad — bir kunlik ziyofat yoki biror haftalik tadbirdagina ajoyib go‘zal barmoqlarga ega bo‘lish emas, aksincha, ayrim sabablarga ko‘ra o‘smay qolgan tirnoqlarni
ustirishdan iborat. Tirnoq yopipggirishning ikki
xil usuli bor: forma va tipe yordamida. Natijasi,
ya’ni tashqi ko‘rinishi, mustahkamligi, uzoq vaqt
turishi, lakning o‘chib ketmasligi borasida ularning
sifati bir xil. Ammo asosan mohiyatiga ko‘ra
farqlanadi.
Qoliplar tirnoqning hech bo‘lmasa ozginagina
alohida o‘sib chiqqan uchi bor bo‘lganda qo‘llaniladi.
Hozirgi kunda bu usul
haqida uncha ko‘pchilik
bilmaydi. Ammo u
arzon, tezkor va tabiiy
tirnoqqa barchaga ma’lum
tipe texnologiyasiga
qaraganda avaylovchi
ta’sir ko‘rsatadi.
Tipslar — eng ko‘p qo‘llaniladigan usul. Tipslar
asl tabiiy tirnoqlar gajilgansifat bo‘lsa yoki
shakli noto‘g‘ri bo‘lsa yopishtiriladi. Masalan,
ayrim hollarda tirnoqlar tepaga qayrilib qoladi.
Mutaxassislar bunday tirnoqlarni tramplin’simon
tirnoqlar deb atashadi. Ayrim hollarda ularning
shaklini, hatgo tipslar yordamida ham to‘grilab
bo‘lmaydi. Savodxonlik bilan to‘g‘ri tanlangan
tipslar esa tirnoqlarni to‘g‘ri shaklga keltira
oladi.
Tirnoqlarni tipslar
yordamida o‘stirish uzoq
vaqt va baland narx talab
etadi. Bundan tashqari,
tipelarni yopishtirishda
kley tirnoqning tabiiy
shakliga ham ta’sir
ko‘rsatadi.
‘tramplin — sakrashda balandroq ko‘tarilishga yordam beradigan moslama
Tirnoqlarni qolii yordamida o‘stirish
quyidagicha amalga oshiriladi: Agar tirnoqqa lak
surtilgan bulsa, u lak ketkazuvchi suyuqlik bilan
tozalanadi, so‘ng maxsus vositalar yordamida tirnoq
yogsizlantiriladi. Tirnoqnig uchi tagiga qattiq
qog‘oz yoki metall bo‘lagini eslatuvchi aylanasimon
o‘yilgan qolip qo‘yiladi. So‘ng qolii va tirnoqqa
mustahkamlovchi material yopishtiriladi. Tirnoq bir
tekis arralanib. kerakli shakl beriladi. Shunday
qilib, tirnoqni tayyor, desak ham bo‘laveradi.
Garchi bu jarayon juda oddiy tuyulsa ham, aslida
uni yetuk malakali mutaxassis bajarishi maqsadga
muvofiq bo‘ladi. Sun’iy tirnoq tabiiy tirnoqdan
keskin tafovut qilmasligi uchun, avvalo qolipni
to‘g‘ri tanlash kerak. Aks holda u tabiiy ko‘rinishga
ega bo‘lmaydi. Shuningdek, mustahkamlovchi moddadan
ham aynan zaruriy miqdorda foydalanish darkor.
U ko‘payib ketsa, tirnoq qalin va qo‘pol ko‘rinib
qoladi, kam bo‘lsa, tez sinib tushadi. Tayyor tirnoqni
to‘gri arralash ham zarur shartlardan biri. Umuman
olganda, alohida tajriba va mahorat talab qiladigan
juda ko‘p nozik jihatlar mavjud.
Tipslar —bu plastik bo‘lakchalar bo‘lib,
ular tabiiy tirnoqning shakliga moslab ishlab
chiqariladi. Har kim o‘zining tabiiy tirnoq
shakli va hajmidan kelib chiqqan holda tipslarni
tanlaydi.
Tipe ustki qavati
qavariq yoki tep-tekis
bo‘lishi mumkin. Agar
tipsning to‘g‘ri shakldagisi
tanlansa, hattoki kalta
va yassi tirnoqlar ham
ajoyib ko‘rinishga ega
bo‘ladi.
Tipe ranglari to‘q
oq rangdan (fransuzcha
manikyur uchun) to tabiiy tirnoq rangigacha bo‘ladi. Tipslarning umuman olganda 10 xil o‘lchamdagisi mavjud. Tipe tanlayotganda shakli va, rangining qanday bo‘lishi kishining tabiiy tirnoq rangidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Tipslar yordamida biroz qiyshiq barmoqlarni ham chiroyli ko‘rinishga keltirish mumkin. Bunda tirnoq uchlari maxsus usulda egovlanadi.
Tipsning ichki qavati ikki qatlamdan iborat — pastki va asosiy. Pastki qatlam biroz yupqa bo‘lib, tipe aynan shu qismi bilan tirnoqqa yopishtiriladi. Tipsning asosiy qismi uchki tomoni hisoblanadi. Asosiy va paski qismlar bir-biridan o‘yma naqshlari bilan farqlanadi. Bunda tirnoq chetlari, albatta, naqsh shakliga javobgar bo‘lishi kerak.
Tipslar tirnoqning uchdan bir qismiga yoki yarmigacha yopishtiriladi, keyin esa sun’iy tirnoq maxsus qisqich yordamida keraklicha kaltalatiladi. Arracha yordamida tirnoq chetlariga ishlov beriladi. Bunda mijozning talabidan kelib chiqqan holda shakl tanlanadi.
Tabiiy va sun’iy tirnoq o‘rtasidagi ko‘rinib turgan birlashgan qism mayda tishli arracha bilan sezilmay ketguncha egovlanadi. Bunda ham alohida mahorat talab etiladi. Aks holda tabiiy tirnoqning ustki qismi shikastlanadi. Shundagina sun’iy tirnoqni haqiqiy tirnoqdan farqlashning sirayam ilojisi bo‘lmaydi.
Shundan so‘ng tirnoq shisha tolasi, ipaktolasi, gel yoki akrildan birontasi bilan mustahkamlanadi.
Shisha yoki ipak tola sun’iy tirnoqqa tipedan foydalangan hollarda yopishtiriladi. Bu materiallarni tipedan foydalanmagan taqdirda ham tabiiy tirnoqlarni mustahkamlash maqsadida Qo‘llash mumkin.
Shisha tola (fiber-glass) —
bu yetarlicha pishiq ishlangan sintetik to‘r.
Ipak tola—yupqaroq material. U tirnoqqa yopishtirilib, maxsus vosita bilan qotiriladi. Ipak tola tirnoqda umuman bilinmaydi, biroq yetarli darajada mustahkam.
Gel — bu murakkab tarkibli
sintetik polimerli ashyo bulib, u
tabiiy tirnoq tuzilishiga moslab
ishlab chiqarilgan. U tirnoqlarni
yaxshi tekislaydi.
Gel texnologiyasiniig afzalliklari:
1 Hidi yo‘q.
2 Tirnoqning tabiiy rangi bilan bir xil.
3 Kutikula, ya’ni tirnoqning asos qismi
tomonidagi ortiqcha terining o‘sib ketishining
oldini oladi.
4 Tabiiy tirnoqqa ijo-
biy ta’sir ko‘rsatib, uni mus-
tahkamlaydi va silliqlaydi.
Shuningdek, uning birgina
salbiy jihati ham mavjud
bo‘lib, tirnoqqa surtilgan gelni
ketkazishning imkoni yo‘q. Agar
tirnoq sinib ketsa, gelni arralabgina ketkazish mumkin. Buning natijasida esa tabiiy tirnoq shikastlanadi.
Akrilli tarkib — maxsus kukuya va suyuqlik aralashmasi. U tirnoqqa tabiiy sog‘lom tusdagi ko‘rinish berish maqsadida qo‘llaniladi. Pudraning ikki xil rangdagisi’ keng qo‘llaniladi: tirnoq uchlariga oq rangdagisi, tirnoq ustki qismiga esa pushti rangdagisi.
Akril texnologiyasining afzalligi:
1 Akrillangan tirnoqlar tabiiy tirnoqdan aslo farq qilmaydi, ularni bir-biridan farqlashning umuman imkoni yo‘q.
2 Akrilli massa yetarlicha pishiq bo‘lib, shaklini yaxshi saqlay oladi. Mutaxassis u bilan ishlash jarayonida suyuq geldan foydalanganidek qiynalmaydi.
3 Akrylni maxsus preparatlar bilan ketkazish mumkin — 15 daqiqadan so‘ng sun’iy tirnoq eriy boshlaydi, yelimshakka aylanadi, so‘ng tozalab olib tashlanadi. Shundan so‘ng faqatgina tabiiy tirnoq qoladi. Shu boisdan ham bu usul zararli emas.
4 Akril—universal material bo‘lib, uni qolip va tipe usulidan foydalanilganida ham qo‘llash mumkin.
Akrilning salbiy tomoni shundaki, undan xuddi stomotolog xonasidagidek hid taraladi.
Gelning akrildan asosiy farqi — gel ultrabinafsha nurlar ta’sirida qotadi, akril esa havoda. Ipak va shisha tola gel, akril kabi pishiq emas. Shunday bo‘lsa ham, ular yordamida tabiiy 1 4
tirnoqni mustahkamlash va yamash
osonroq.
Agar siz tirnoq ulashga qaror qilgan bulsangiz, avvalo yaxshi mutaxassisni toping. Tajribasiz mutaxassis tirnoqlaringizni shikastlab qo‘yishi hech gai emas: ustki qatlamini zararlaydi, shaklini buzib qo‘yadi, hatgo infeksiya tushirishi ham mumkin. Shuning uchun yaxshisi yetuk mutaxasislar ishlaydigan salonga borish kerak. U yerda siz malakali mutaxassis topishingizning eng samarali usuli — uning qilgan “ishlarini” kuzatish yoki o‘zining qo‘llari qanday ko‘rinishda ekanligiga ahamiyat berish.’ Agar uning ishlarida tabiiy va sun’iy tirnoqlarni ajrata olmasangiz, demak aynan o‘zingizga kerak bo‘lgan ustani topdingiz. Shuningdek, foydalaniladigan materiallarning sifatliligi ham juda muhim. Zamonaviy salonlarda barcha materiallar jiddiy testdan o‘tkaziladi. Keyinchalik muammolar kelib chiqmasligi uchun salon xizmatidan foydalanishdan oldin ularning materiallari sertifikatini so‘rang.
Tirnoq ulanganidan so‘ng ularga alohida parvarish kerak bo‘ladi. Avvaliga bu tirnoqlar yordamida odatdagi kundalik yumushlarini baja- rishga ko‘nikish lozim: tugma qadash, mashina eshigini ochish, klavishlarni bosish va shu kabilar. Urib olishlardan ehtiyot bo‘ling, yaxshisi, biror uy yumushini bajarishda rezina qo‘lqop kiyib oling.
Bir qarashda haqiqatan ham juda qulay. Tabiiy tirnoqlar tez-tez sinish xususiyatiga ega, buning ustiga bir tekis o'smaydi, shunday ekan ularni ehtiyot qilish ancha-muncha qiyinchilik tug'diradi. Sun'iy tirnoqlar esa mundoq yopishtiriladi va har doim o'z holatini saqlab turaveradi. Lekin sun'iy narsa baribir sun'iy-da.
Amerikalik tibbiyotchilarning ta'kidlashicha, bunday tirnoqlar kuchli allergiyani keltirib chiqarishi mumkin ekan. Bunga xom ashyo tarkibidagi metakrilat asosiy sababchi emish. Tez orada kasallik surunkali holga o'tishi va keyinchalik undan qutulish juda mushkul. Allergiya asosan tirnoq atrofida paydo bo'ladi va tirnoqlar qat-qat ko'chib tusha boshlaydi. Ba hola shifokorlar odatda zamburug' rivojlanishini ham kuzatishadi. Shuning uchun tibbiyotchilar sun'iy tirnoqqa o'ch bo'lmaslikni, iloji bo'lsa, umuman undan voz kechishni maslahat qilishmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |