Asosiy diqqatni quyidagilarga qaratish mumkin:
Ta’lim – tarbiya borasida qarovsiz qolgan o‘quvchining psixologik holatiga;
Uning kichik gurux ichidagi va butun sinf jamoasidagilari bilan aloqalari;
O’quvchini qo‘llab – quvvatlaydigan sinf o‘quvchilari bilan munosabati;
Unga ijobiy ta’sir ko‘rsatishda sinf jamoaining imkoniyatlari.
Bunday o‘quvchilar bilan ishlashda, tarbiyachidan, birinchi navbatda, pedagogik mahorat, o‘smirga bo’lgan xurmat va dikkat talab etiladi. Ta’lim – tarbiyadan qarovsiz qolganlar bilan kurashda, avvalambor, uning sababini aniqlash lozim. Voyaga yetmaganlarning huquqbo’zarligini mag‘lubiyatini o‘zlashtirolmasligini yo‘kotishni tilagan holda, yaxshi bilim berish, o‘quvchilarning bilim sifatini oshirish, ommaviy holat hisoblagan pedagogik qarovsiz qolganlarni yengib chiqish, huquqbo’zarlikka olib keladigan, maktabdan ketishlarni bartaraf etish lozim. Bu masalalarni, faqatgina, pedagoglarning ota – onalarning, psixologlarning, yuristlarning va ijtimoiy tashkilotlarning hamkorligini kuchaytirgan holda hal qilish mumkin.
O’quvchilarning pedagog – usta darajasiga yetishi, uning mustaqil faoliyati jarayonida yo’z beradi va shularning aniq tizimini mo‘ljallaydi, xususan, o‘qituvchilarning malakasini oshirish institutlari orqali amalga oshiriladi. Bolaga ta’lim – tarbiya beradigan o‘qituvchilar, ularga quyiladigan talablarga mos bo‘lishi lozim:
Pedagogik kadrlar tayyorlashni ma’lum darajada yaxshilash;
Studentlarni maktabda o‘taydigan ishlab chiqarish amaliyotining muddatini o‘zaytirish;
Bunday masalalarning yechimi halq ta’limi tashkilotlarining mavqeini oshiradi, har bir o‘qituvchining ilg‘or faoliyatini rag‘batlantirish imkonini beradi, har bir halq ta’limi xodimining mas’uliyatini oshiradi, maktabning barcha ta’lim – tarbiyadagi harakatini yaxshilaydi.
Pedagogik qarovsizlikni bartaraf etish, maktabdan ketishlar va chetlanishlar, hamda o‘quvchilarning xulq – atvoridan xabardor qiladi, ya’ni:
Maktabgacha muassasalar tarmoqlarini kengaytirish va ularda tarbiyaviy ishlar miqdorini yaxshilash;
Maktabga keladigan va unda o‘qib yurgan bolalar ruhiy holatini tekshirish darajasini oshirish;
Qoloq o‘quvchilari bo‘lmagan maktablar va o‘qituvchilar tajribalarini tadbiq etish va ommalashtirish;
Oiladagi tarbiyaning sharoitlarini, shakllarini va mazmuninida jamiyat va davlat nazoratini kuchaytirish, maktablarda pedagogika bo‘yicha ota – onalar o‘quvini yaxshilash, pedagoglar va ota – onalar hamjihatligini mustahkamlash, ijtimoiy va pedagogik qarovsizlik darajasi mavjud bolalar ta’lim va tarbiyasining maxsus shakllarini yaratish;
O’quvchilarning g‘oyaviy – siyosiy va harbiy – vatanparvarlik tarbiyasidagi kamchiliklarni bartaraf etish;
O’quvchilarning hayotga tayyorlashning umumta’lim, mehnat va politexnika bo‘yicha maktabdagi ishlarni yaxshilash, halq xo‘jaligining ishchi kuchi va mutaxassisga bo‘lgan talabini hisobga olgan holda o‘quvchilarning kasbga yo‘naltirishga bo‘lgan qarashlarini ro‘yobga chiqarish;
Maqsad va vazifalarni aniqlash bilan bog‘lik bo‘lgan, mehnat tarbiyasining mazmuni va hajmi, kasbiy va politexnik ta’lim hamda o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishdagi tadqiq qilinadigan masalalar ko‘lamini ma’lum darajada mustaxkamlash;
Maktab, oila va ko‘chadagi salbiy ta’sir manbalarini o‘z vaqtida to‘sib qo‘ymoq; o‘smirlarning ahloqiy tarbiyasini individual olib borish;
O’quvchilar va ularning ota – onalarining huquqiy tarbiyasini kuchaytirish;
Do'stlaringiz bilan baham: |