Ҳужжат матни 384301-(392772)



Download 216,32 Kb.
Pdf ko'rish
Sana22.04.2022
Hajmi216,32 Kb.
#574017
Bog'liq
Ҳужжат матни - 384301-(392772)



e-qaror.gov.uz
22.04.2022
1
2022 йил «1» февраль
46-10-0-Q/22
Тошкент вилояти ҳокимилиги
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil
30-dekabrdagi 792-son qarori ijrosi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim
muassasalarining 9-11-sinflari o‘quvchilarini kasb-hunarga tayyorlash chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 30-dekabrdagi 792-son qarori ijrosini ta’minlash
maqsadida hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi Qonunining 6 va 25-moddalariga asosan,
qaror qilaman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta
ta’lim muassasalarining 9-11-sinflari o‘quvchilarini kasb-hunarga tayyorlash
chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 30-dekabrdagi 792-son qarori ma’lumot va
ijro uchun qabul qilinsin.
2. Moliya bosh boshqarmasi (O.Xolikulov), Bandlik va mehnat
munosabatlari
boshqarmasi (M.Isabaev), Xalq ta’lim boshqarmasi (A.Kamalov)
quyidagilar belgilanganligini inobatga olsin:
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-11-sinflari o‘quvchilarini kasb-
hunarga tayyorlash 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab 9-10-sinflarda, 2023/2024
o‘quv yilidan 9 - 11-sinflarda tashkil etilganligi;
kasb-hunarga tayyorlash bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga
biriktirilgan yaqin hududda joylashgan kasb-hunarga o‘qitish markazlari, mahalla
aholisini kasb-hunarga o‘qitish maskanlari va qisqa muddatli kurslar ochilgan
ta’lim muassasalarining o‘quv binolari, shu jumladan, sinf xonalari va
ustaxonalaridan bepul foydalanilishi;
kasb-hunarga tayyorlash bilan bog‘liq sarf-xarajatlar Bandlikka


e-qaror.gov.uz
22.04.2022
2
ko‘maklashish davlat jamg‘armasi, tizimida ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar
va idoralarning ta’lim muassasasi uchun ajratilgan mablag‘lari, xalqaro moliya
institutlari va tashkilotlari mablag‘lari, mahalliy budjet mablag‘lari hamda
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanishi
inobatga olinsin.
3. Viloyat shahar va tuman hokimliklari o‘z hududidagi kasb-hunarga
tayyorlash jarayonida o‘rgatiladigan kasblarni hududning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish dasturlariga muvofiqlashtirsin hamda 2022-yildan boshlab umumiy
o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilarining egallagan kasblari bo‘yicha mehnat
faoliyati bilan shug‘ullanishlari uchun zarur ish o‘rinlarini yaratish, ularning
bandligini ta’minlash choralarini ko‘rsin.
4. Viloyat hokimining 2017-yil 31-oktabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim
muassasalarining
10-11-sinflari o‘quvchilariga kasbiy ta’lim berishga
ixtisoslashgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish chora-tadbirlari
to‘g‘risida” 635-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi (A.Kamalov) manfaatdor tashkilot va
idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy
muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining
o‘rinbosari Z.Mirgaziyeva zimmasiga yuklansin.
Toshkent viloyati hokimi v.b.
Z.Mirzayev

Download 216,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish