Bog'liq uglevodorodli-gazlar-tarkibidagi-nordon-komponentlar-va-ularni-gazning-xossalariga-ta-siri
ǀ ISSUE 1
ǀ 2022
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 76
Gazda shuningdek, karbonil sul’fidi (СОS), uglerod sul’fidi (СS
2
) va shu kabi
boshqa komponentlarga standartda alohida to’xtalmay, gazdagi oltingugurtli
birikmalarning umumiy miqdoriga cheklamalar o’rnatilgan.
MUHOKAMA Gaz sanoati mahsulotlarini transportirovkalash, saqlash va ishlatishda
ishonchligini ta’minlash uchun ular standart va texnik shartlarda keltirilgan ma’lum
talablarga javob berish kerak.
Biroq, amaliyotda reglamentlovchi hujjatlardagi barcha talablarga javob
beradigan mahsulotni ishlab chiqarish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq
bo’lmaydigan vaziyatlar ham ko’p uchraydi.
Masalan, gazkondensatli konlarni ishlatishning yakuniy bosqichida tarmoq
standarti talablariga javob beradigan tovar gaz olish uchun tizimga sun’iy sovutish
qurilmasi (SSQ)ni kiritish talab etiladi. SSQini qurish va ishlatish xarajatlari gazni
mujassam tayyorlash qurilmasining qo’shimcha mahsulotidan keladigan daromadidan
oshib ketadi. Gaz naqliyo tizimining yuqori samarali ishlashini tashkil etish uchun
gazning sifat ko’rsatkichlarini belgilashga kompleks yondashuvlar taklif qilingan.
Taklifning mohiyati OST ni bir magistral quvuruzatkichga aloqador har bir kon uchun
qo’llamay balki, asosiy konning gaziga standartdagidan ko’ra yanada yuqori sifat
ko’rsatkichlarini o’rnatishni ifoda etadi.
Asosiysi sifatida ko’rilayotgan guruhdagi ishlatishning har bir bosqichida
namlikdan quritish va og’ir uglevodorodlarni ajratish imkonini beruvchi murakkab
texnologiyalarni qo’llash iqtisodiy manffatli bo’lgan eng yirik kon qabul qilinishi
mumkin.
Bazaviy konlarga gazni qayta ishlash zavodlarida oltingugurtdan tozalangach
glikolli qurilmalarda qurtishni amalga oshirish yoki gazning butun hajmini sun’iy sovuq
qo’llab sovutish zarur bo’lgan tarkibida vodorod sul’fidi saqlagan konlar mansub.
Katta miqdordagi qo’shimcha xarajatlarni deyarli sarflamay bazaviy konlar
yoki, gazni qayta ishlash zavodlarida namlik va uglevodorodlarga ko’ra shudring
nuqtasi standartlarda reglamentlanganidan pastroq qiymatga qadar tayyorlash mumkin.
Bu esa trassa yaqinidagi uncha katta bo’lmagan konlardan qazib olinayotgan gazni
suyuq fazadan ajratgach dastlabki tayyorlashlarni uyushtirmasdan ham magistral gaz
quvuruzatkichlarga uzatish imkonini beradi.
Konlarda gazlarni tayyorlashning bu kabi tizimlarini qo’llash orqali murakkab
kon jihozlarini birta bazaviy konda jamlash, kichik konlarda esa ixchamlashtirilgan
sxemalarni barpo etish mumkin.
Tabiiy va neft gazlarini kon va zavod miqyosida ishlov berishga qo’yilgan
asosiy talab – tovar gazni va gaz sanoatining boshqa mahsulotlarini sifat
ko’rsatkichlarini ta’minlash. Shu sababli gaz tarkibidagi vodorod sulfidi, karbonat