I.4.Uglevodlarga oid Laboratoriya ishlari
Glukoza aldegid gruppasining reaksiyasi
Probirkaga 2—3 ml Feling suyuqligidan quyib, 0,5 ml glukozaning 1 foizli eritmasidan qo‘shing va aralashmani bir oz qizdiring. Bunda glukoza oksidlanadi, Feling suyuqligi esa qaytariladi va mis (I)- oksidining qizil-qo‘ng‘ir cho‘kmasi paydo bo‘ladi.
2. Kraxmalning sifat reaksiyasi
Probirkaga 1 % li kraxmal kleysteridan 2 ml soling va unga yodning kaliy yodiddagi eritmasidan 2 tomchi qo‘shing. Bunda aralashma ko‘k rangga bo‘yaladi.
3. Kraxmalning gidrolizlanishi
1. Stakanga 2 % li kraxmal kleysteridan 50 ml quyib,10 % li sulfat kislotadan 20 ml qo‘shing va 2 minut davomida qaynating. Bu eritmadan ozginasini suvli probirkaga quyib, ishqor bilan neytrallang va yodni kaliy yodiddagi eritmasidan qo‘shganda binafsha bo‘yalish ro‘y berishi amilodekstrin hosil bo‘lganini ko‘rsatadi.
2. Stakanda qolgan aralashmani yana 3—5 minut davomida qizdiring, soviting, ishqor bilan neytrallang va Feling suyuqligidan qo‘shib yana qizdiring. Bunda qizil rangli Cu2O cho‘kmasining paydo bo‘lishi kraxmalni glukozaga aylanganligini ko‘rsatadi.
4. Sellulozaning gidrolizlanishi
50 ml konussimon kolbaga 2 g maydalab qirqilgan filtr qog‘ozni soling va unga 3 ml konsentrlangan sulfat kislota qo‘shib, shisha tayoqcha bilan aralashtiring. So‘ngra 15 minutdan keyin unga 30 ml distillangan suv qo‘shing va suv hammomida 20 minut qizdiring. Gidrolizatni soda bilan neytrallab filtrlang. Filtratda β-D-glukoza borligini Feling suyuqligi bilan aniqlang, shunda mis (I)-oksidi qizil cho‘kmaga tushadi.
5. Triasetilsellulozaning sintezi
50 ml konussimon kolbaga 10 ml sirka angidrid, 10 ml konsentrlangan sirka va 5 tomchi sulfat kislotalar soling. So‘ngra uning ustiga 1 g namlangan paxtani bo‘lakchalar qilib solib, shisha tayoqcha bilan ohista aralashtiring va isib ketgan kolbani soviting. Aralashmaning qizishini to‘xtating. Kolbani suv hammomida qizdiring va shisha tayoqcha bilan aralashtirib turing va paxta — erib ketgandan so‘ng, reaksiya mahsulotini stakandagi 500 ml suv ustiga ohistalik bilan quying. Tushgan triasetilsellulozani Buxner voronkasida filtrlab, chinni kosachaga solib quritish shkafida quriting.
II. Xulosa
Kurs ishimni o’rganish mobaynida ko’pgina adabiyotlar, shuningdek internet ma’lumotlaridan samarali tarzda foydalandim.
Uglevodlarni o’rganish orqali ko’pgina nazariyalarning mazmun mohiyati bilan tanishib, bilimlarimni boyitdim. Men ushbu mustaqil ishimni mazmunini yoritish orqali ko’pgina bilimlarga ega bo’ldim. Kelajakda o’z ish faoliyatimda ushbu bilimlardan unumli foydalanaman.
Uglevodlar barcha tirik jonzot organizmida ya’ni insonlar, hayvonlar, o’simliklar hayotida muhim ahamiyatga egadir. Uglevodlardan organizm uchun zarur boʻlgan glyukoza, fruktoza, askorbin kislota, antibiotiklar, yurak glikozidlari va boshqa olinadi.
Uglevodlar sanoat va xalq xoʻjaligi, farmatsevtika va tibbiyot, oziq-ovqat sanoati va boshqa sohalar uchun xam muhim xom ashyo manbaidir. Bijg'ish mahsulotlari, o'nlab xil kislotalar, dori-darmonlar, toʻqimachilik sanoatining asosiy xom ashyolari — sellyuloza, qogʻoz, tolalar, plastmassalar ham Uglevodlardan foydalanib tayyorlanadi. Portlovchi moddalar, kinotasmalar, pergament, gummiarabik va boshqa ham shular jumlasiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |