Қудрат яратгувчи қўлида жамдир,
Кимларнинг наздида ризқ-рўзи камдир.
Сокин замин узра ёққан ёмғирни,
Менгзайман:у қалбдан тўкилган намдир.
Қудрат яратгувчи қўлида жамдир,
Кимлар ҳоли забун, бошлари хамдир.
Гарчанд салобатли бўлсада тоғлар,
Улар гўё силлиқ вулқонли шамдир.
Қудрат яратгувчи қўлида жамдир,
Барчаси уники, ва инсон ҳамдир.
Доимо мангу бахт излар ҳаётдан,
Бахти олтин, кумуш ва ё дирҳамдир.
Қудрат яратгувчи қўлида жамдир,
Ҳар неки изламанг дунё бир камдир.
Ва лек, қалбимизда бўлсин шукрона,
Бундай борлиқ учун оллоҳга ҳамддир!!!
14 YOSHGA TO’LGAN DO’STIMGA!
14 yoshga to’ldingmi do’stim,
Zakovatli bo’ldingmi do’stim,
Iste’dodlimisan, yo tashabbuskor,
Ma’naviy- ma’rifiy bilimga sardor.
Yetakchi bo’lmoqni istarsan balki,
Bo’laqol, bo’lsa bas senda iqtidor.
Sakkiz yo’nalishdan qaysi senga mos,
Yoshlar Ittifoqimiz yaratar asos.
Mana qara, sanay senga birma-bir,
“Kamalak”dan bunga tayyorsan axir.
Yurtimning yoshlari bo’lib bunda jam,
Ish olib borarlar mag’rur va o’ktam.
Ma’naviy kamolot sari yuzlanib,
Vatanparvarlikni etamiz targ’ib.
Ma’naviy- ma’rifiy ishlar sardori,
Eng peshqadamlardan-yurtga munosib.
Yoshlarning huquq va burchlarin anglash,
Qonuniy poydevor - siyosiy qarash.
Siyosiy –huquqiy sardor bo’lsang gar,
Bularning barchasi zimmangda bo’lar.
Iste’dod, iqtidor egalarini,
Ro’yobga chiqarib topasan rag’bat.
Iste’dodli yoshlar sardori bo’lsang,
Samolarga parvoz etasan albat.
Taklif, loyihalar, tashabbuslarni,
O’rganib o’rnida berasan ko’mak.
Ushbu yo’nalishning sardori bo’lsang,
Yoshlar Ittifoqiga bo’lasan tirgak.
Harbiy bo’lmoqchisan, zo’r sportchisan,
Diplom, medallaring turibdi qator,
Harbiy hamda sport sardori bo’lib,
Yurtim bayrog’ini ko’tar purviqor.
So’g’lom turmush tarzin tarafdorisan,
Ko’ngling doim istar balki obodlik.
Salomatlik tomon bo’lib qo’lma-qo’l,
Musaffo hayotga ochib bergin yo’l.
Nogiron do’stlaring, keksa faxriylar,
Vaqtida xabar ol, so’rab turgin hol.
Ijtimoiy yordam berib tur doim,
Ushbu yo’nalishda doim bo’l faol.
Barcha olib borgan ishlaring jamla,
O’zingdek yoshlarni davraga chorla.
Muammo o’rnida bo’lib borar hal,
Haqlik mezoniga qilsang gar amal.
Qolmagaydir chetda hech bir tashabbus,
Biz xalq e’zozlagan ishonch va nomus.
kelajakning suyanch, ishtiyoqimiz,
Sarbon suygan Yoshlar ittifoqimiz.
Mana, yaqinlashib kelmoqda bayram,
Bizga qo’shil, quvna, g’olib bo’l, sen ham.
Yarashar qilsak bazm, qilsak tantana,
Yoshlar kuni - bizda buyuk an’ana!
HALIMOVA ZUHRA ZOHIRJON QIZI.
Vobkent tumanidagi 4-maktabning 9-sinf o’quvchisi.
Do'stlaringiz bilan baham: |