Subyunktiv III barcha shaxslarda should ko’makchi felidan keyin mustaqil fe’lning
infinitiv shaklini keltirish yo’li bilan yasaladi. Subyunktiv III formulasidagi
fe’llarda ham perfekt, aspekt va nisbat kategoriyalarining oppozitsiyalari mavjud.
Boshqacha qilib aytganda ularda perfekt va perfekt bo’lmagan, aniq va majhul
nisbat formalari, umumiy va davomli aspekt formalari mavjud. Subtunktiv III
uchun zamaon kategoriyasi xos emas. Ba’zan uning perfekt formalari boshqa
fe’llar ifodalagan ish – harakatdan avval sodir bo’lgan ish – harakatni ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: