Udk axmadova umidaxon shavkayt qizi publisistik uslubda perifrazalar



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/107
Sana03.01.2022
Hajmi0,94 Mb.
#316186
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   107
Bog'liq
publisistik uslubda perifrazalar

 

 

I.2. Ommabop uslubning lingvistik tabiati 

     


      Adabiy  tilning  ijtimoiy  hayotdagi  ma‟lum  soha  doirasiga,  ma‟lum  nutqiy 

vaziyatga  xoslangan  ko„rinishiga  nutq  uslubi  deyiladi.  Uslub  so„zlovchi  va 

yozuvchining  ifodalanayotgan  fikrga,  voqea-hodisaga  shaxsiy  munosabatidir. 

O„zbek  tilining  nutq  uslublarini  o„rganuvchi  tilshunoslik  bo„limiga  o„zbek  tili 

uslubiyati deyiladi.  

     O„zbek  adabiy  tili  quyidagi  uslublar  orqali  namoyon  bo„ladi: 



so„zlashuv, 

publitsistik,    ilmiy,    rasmiy,    badiiy 

uslublar.  Bulardan  so„zlashuv  uslubi  og„zaki 

nutqqa xos bo„lsa, qolgan uslublar ham og„zaki, ham yozma shakliga egadir. 

     Biz  ishimizda  publitsistik  uslub  to„g„risida  batafsil  ma‟lumot  keltirib 

mushohada  yuritishdan  avval,  hozirgi  o„zbek  adabiy  tili  vazifaviy  uslublari 

miqdori va tasnifi haqidagi turlicha qarashlarni keltirib o„tamiz.  

     A.Sulaymonovning  “Til  stillari  haqida”  nomli  maqolasi  ana  shu  masalaga 

oydinlik  kiritish  yo„lidagi  dastlabki  qadamlardandan  biridir.  Muallifning 

“Stilistikaning  vazifasi  u  yoki  bu  stilda  yoki  nutq  formasida,  ya‟ni  og„zaki  va 

yozma  nutqda  qanday  til  hodisalari  ko„proq  qo„llanishini  aniqlashdan  iboratdir”

 

[33, 22 ] degan gaplaridan tushunish mumkinki, u til yoki nutq stillarini yozma va 



og„zaki – so„zlashuv uslublariga ajratgan. G„.Abdurahmonov tasnifida ham  mana 

shu  fikr  yetakchi  o„rinda  turadi:  “Ma‟lumki,  nutq  ikki  xil  (yozma  va  og„zaki) 

nutqdan iborat.  

     


Yozma nutq:

 1) badiiy nutq; 2) ilmiy nutq; 3) publitsistik nutq; 4) rasmiy nutq; 

5) neytral nutqdan iboratdir (bu nutq turlari ayrim adabiyotlarda stilistik qatlamlar 

sifatida talqin qilinadi). 




 

22 


     

Og„zaki nutq

 esa turli ijtimoiy qatlamlarning nutqlaridan, turli sheva nutqlaridan 

tashkil topadi. 

     Nutq  stili  bo„lsa,  quyidagi  qatlamlardan  iborat  bo`ladi:  1)  neytral  stil;  2) 

tantanali stil; 3) intim stil; 4) yumoristik stil va satirik stil; 5) rasmiy stil. 

     Nutqda  (xoh  yozma,  xoh  og„zaki  bo„lsin)  bu  stil  qatlamlari  aralashib  keladi, 

nutq janriga ko„ra biror stilistik qatlam yetakchi, asos bo„ladi” [10, 50].

 

     Shu  masala  yuzasidan  I.Qo„chqortoyev  quyidagicha  yondashadi:  “O„zbek 

adabiy tilining stilistik ixtisoslashuvi, uning funksional uslublari ilmda ham qat‟iy 

chegaralab berilgan emas, – deydi u.  Shuning uchun bu masala yuzasidan hozircha 

aniq, izchil bir fikr aytish qiyin, albatta. Lekin o„zbek adabiy tili doirasida badiiy, 

ilmiy,  ijtimoiy-siyosiy  uslublarning  o„ziga  xos  xususiyatlari,  ularni  bir-biridan 

farqlaydigan belgilar ma‟lum darajada aniq sezilib turadi” [31, 73].   

     Vazifaviy uslublar tasnifi masalasiga oid fikrlar S.Muhamedov tomonidan ham 

aytilgan  [22,  58].  B.O„rinboyev  ham  “Funksional  uslubiyat  va  uning  mohiyati” 

asarida ushbu masalaga to„xtaladi: “Hozirgi o„zbek tilidagi uslublar quyidagilardan 

iborat deb hisoblaymiz:  

     I. Til uslublari:

 kitobiy uslub, so„zlashuv uslubi. 



     II. Nutq uslublari: 

asosiy kommunikativ uslub bo„lib bu uslubga o„z navbatida: 

a)  so„zlashuv  nutqi  uslubi;  b)  ilmiy  nutq  uslubi;  v)  gazeta-publitsistik  uslubi;  g) 

rasmiy-ish nutqi uslubi kiradi” [37, 32-33].



 

     Keltirilgan  va  yuritilgan  mushohadalardan  ayon  bo„ladiki,  o„zbek  tilidagi 

vazifaviy  uslublarga  doir  qarashlar  umumlashtiriladigan  bo„lsa,  uslublar  dastlab 

og„zaki va yozma shakllarga, ularni yana o„z navbatida ilmiy, rasmiy, ommabop, 

badiiy va so„zlashuv kabi ko„rinishlarga ajratish haqida qarashlar mavjud.  

     Hozircha  ulardan  beshtasi  –  ilmiy,  rasmiy,  ommabop,  badiiy,  so„zlashuv 

uslublari  va  ularning  me‟yoriy  xususiyatlari,  til  materiali  sifatidagi  hamda  nutq 

jarayonidagi  o„ziga  xosliklari  o„zbek  tilshunosligida  monografik  yo„nalishda 

o„rganilgan. Shuningdek, diniy uslub mavjudligi to„g„risida ham to„xtalib o„tilgan. 

Ammo, diniy uslub o„zbek tilida haqiqatdan mavjudmi, agar mavjud bo„lsa, uning 




 

23 


lingvostilistik  xususiyatlari  nimalardan  iborat,  degan  masala  hozircha  o„rganilgan 

emas [20]. 

     Bundan  ko„rinadiki,  o`zbek  tili  uslublarini  vazifaviy  jihatdan  tasnif  qilish  ikki 

omilga  –  til  va  tildan  tashqarida  bo„lgan  omillarga  tayanadi.  Bu  uslublarning 

A.Sulaymonov, 

I.Qo„chqortoyev, 

G„.Abdurahmonov, 

B.O„rinboyev, 

S.Muhamedovlar  tomonidan  tavsiya  etilgan  variantlari  mavjudligining  guvohi 

bo„lib,  ularda  asosan 



beshta  uslub

  –  so„zlashuv,  publitsistik,  badiiy,  ilmiy  va 

rasmiy uslublar e‟tirof etilishining ilmiy asoslanganligini ko„rdik. 

     Publitsistika 



lotincha  “publika”  –  omma,  xalq

  so„zlaridan  olingan  bo„lib, 




Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish