Indamaslar olamini
sayr ayladim,
Sayr etib, men beriyo xayr ayladim
(Chustiy).
Yoki
Umid bilan tilga olib buyuk kalomni,
Indamaslar olamiga
ketmog„im bordir
(Muhammad Yusuf).
Misollarda
indamaslar olami
perifrazasi evfemiklashgan yoki evfemik yo„l
bilan ko„chirish asosida hosil qilingan bo„lib, qabriston so„ziga nisbatan mayin
ohista, kishi uchun eshitilishi qulaydir [25, 76-78].
Ma‟lumki, o„zbek tili lug„at tarkibida
ma‟rifat dushmanlari
– ilmsiz kishilar,
mansab bandasi
– mansabparast,
ko„zi yoridi
– tug„di,
jamiyatning yarasi
– o„g„ri
va qalloblar kabi perifrazalar ham evfemik yo„l bilan ko„chirish asosida hosil
qilingan. Albatta, bunday konstruksiyali perifrazalarning shakllanishida ham
yuqoridagi holatdagidek evfemik ma‟no me‟zoni, uning ko„lami, shuningdek,
borliqdagi narsa va predmetlar o„rtasidagi obyektni belgilashdagi o„rni kuzatiladi.
Bunda birinchidan, evfemik ma‟no perifrazalarning shakllanishiga asos bo„lgan
bo„lsa, ikkinchidan ma‟lum bir tushunchaning kishi uchun qulay, eshitilishi mayin,
yoqimli bo„lishini ta‟minlagan. Muhimi shundaki, kishi faoliyati bilan aloqador
harakat va holatlarning salbiy alomatlari yashirin, pardalanib bayon etilgan.
Bu kabi perifrazalar ijtimoiy muhitdagi ayrim salbiy hodisalarning jirkanch
holatlarini yashirin shaklda yoki pardalab tasvir etish asosida hosil qilingan.
Perifrastik ifodalarni mumkin qadar o„rganish va tadqiq etish til va nutq uchun
xarakterli bo„lib, shu orqali o„zbek tilining lug„at tarkibi boyib boradi. Ayni paytda
kishilarning nutq odobi va muomala madaniyati yuksalaveradi. O„zbek
tilshunosligida ushbu uslubiy vositaning lisoniy mohiyatini ochib beruvchi maxsus
ish yuzaga kelgan emas. Mavjud ma‟lumotlar esa ilmiy jamoat ahlini qondirish
darajasida emas.
14
Tilshunoslikdagi bir hodisa ko„pincha turli mualliflar tomonidan turlicha
tushuntiriladi. Bunday holatdan tasviriy ifoda ham mustasno emas. Masalan,
tilshunoslarimizdan A.Hojiyev “dala malikasi”, “yaylov bahodirlari” kabilarni
perifraza hodisasiga kiritgan bo„lsa [59, 15], R.Qo„ng„urov “po„lat ot”, “zangori
kema”, “zangori olov” kabilarni kengaygan metafora deb izohlaydi [30, 94].
Perifraza haqida o„zbek tilshunosligi, adabiyotshunosligida darslik va
lug„atlarda berilgan turlicha ta‟riflarni keltirib o„tamiz.
“Narsa, hodisani o„z nomi bilan emas, tasviriy usul bilan ma‟lum kontekst,
situatsiyadagi xarakterli belgi-xususiyati orqali ifodalanadigan stilistik priyom”.
“Kishilarning otlarini yoki predmetlarning nomini to„g„ridan-to„g„ri gapirmasdan,
ularni turli xil so„z yoki tasviriy iboralar vositasida bayon qilish perifraza
deyiladi”. “Ko„chim turlaridan biri bo„lib, unda narsa yoki inson o„z nomi bilan
emas, balki unga xos asosiy belgilar, xususiyatlar nomi bilan yuritiladi” [39, 30].
Keltirilgan ta‟riflardan anglashilishicha, perifraza narsa-hodisaning va
kishilarning nomi o„rnida qo„llanadigan vosita. Demak, perifraza qoidasi predmet-
hodisaning va shaxsning nomini tasviriy usul bilan ifodalovchi stilistik vosita
sifatida vujudga kelgan ta‟rifdir. Keltirilgan qoidalardagi har xillikning sababi,
o„zbek tilshunosligida perifrazaning tabiati, o„rni, vazifasi keng qamrovli o„rganib
chiqilmaganligidandir.
Hakim Shamsiddinov “Perifraza xususida ayrim mulohazalar” nomli
maqolasida rus tadqiqotchilarining perifrazaga oid ilmiy qarashlarini quyidagicha
keltirib o„tgan. Jumladan: mashhur uslubshunos – tilshunos Sh.Balli ushbu
hodisani “Fikrning keng shaklda takrorlanishi odatdagi terminologiyada perifraza
deyiladi”, – tarzida ta‟riflaydi. Perifraza, perifraz (yunon. periphrasis – tasviriy
ifoda, boshqacha) predmet, tushuncha, hodisani o„z nomi bilan emas, ma‟lum
kontekst, situatsiyadagi qandaydir xarakterli tomonlari, belgilarini ta‟kidlash orqali
tasviriy ifodalaydigan uslubiy usul sifatidagi talqini keltirib o„tilgan. I.B.Golub
perifrazalarni leksik, obrazli va individual-muallifiy guruhlarga ajratadi va obrazli
perifrazalar odatda barqaror xususiyat kasb etib, frazeologiyalashgan yoki
frazeologiyalashuv asnosida bo„ladi, degan fikrni olg„a surganligini aytadi.
15
V.P.Utkina tomonidan esa ideomatik oborot, frazeologik chatishma, barqaror
birikmalar bir vaqtning o„zida perifrastik oborot ham bo„la olishi mumkinligi
to„g„risidagi qarashlarini keltiradi. G.G.Molojay tilidan esa, perifraza ostida
semantik jihatdan bo„linmaydigan so„z birikmalari (kam hollarda gaplar)
tushuniladi. Ular alohida predmet, belgi yoki harakatlarni tasviriy atash va ayni
paytda ularning xususiyatlarini ko„rsatish uchun nutq jarayonida paydo bo„ladi deb
tushuntiradi. Yana Molojay tilidan “Frazeologizmlar – tilning tayyor birliklaridir,
perifrazalar esa ma‟lum sharoitda, ma‟lum badiiy tasvirda, konkret aloqada
vujudga keladigan tasviriy ifodalardir” – deya berilgan ta‟rifini keltiradi [39, 29-
35].
Perifraza
nutq
birligi
sifatida
quyidagi
xususiyatlarni
o„zida
mujassamlashtirgan. Bir necha so„zdan shakllangan birlik, semantik jihatdan
bo„linmaydi, so„zni almashtirib keladi, so„z komponentlari valentligidan kelib
chiqmaydigan o„z qamroviga ega, alohida gap bo„lagi vazifasini bajarib keladigan
xususiyatlari mavjuddir. Perifrazalar nutq fakti sifatida paydo bo„ladi. Nutq fakti
sifatida yuzaga kelgan perifraza tilda ko„p qo„llanishi sababli shtamplarga
aylanadi, natijada ular til vakillari uchun matnning ishtirokisiz ham tushunarli
bo„lib qoladi.
Muayyan bir shaxs tomonidan ishlatilgan perifraza jamiyat tasdig„idan o„tsa,
tan olinsa, u til birligiga aylanishi mumkin. Aks holda, nutqiy faktligicha qoladi
[39, 32].
Do'stlaringiz bilan baham: |