Perifrazaga taalluqli hal qilinishi lozim bo„lgan masalalardan yana biri
hisoblanadi. Tilshunoslikda ham, adabiyotshunoslikda ham u yagona ko„rinishga
16
ega emasligiga guvoh bo„lyapmiz. U goh parafraza (parafraz), goh perifraza
(perifraz) tarzida qo„llanib kelinmoqda. Yana eng ahamiyatli tomoni ikkalasi ham
bir narsa ekanligi adabiyotlarda o„z tasdig„ini topgan.
Shuni ta‟kidlash joizki, perifraza fikrga aniqlik kiritadi, tasvir predmetining
ayrim xususiyatlarini ta‟kidlaydi. Bundan tashqari sof uslubiy vazifani bajaradi,
ko„pincha tasvirdagi bir xillikdan qutqaradi, takrorning kamroq bo„lishini
ta‟minlaydi. Masalan,
ushbu maqola muallifi, “O„tkan kunlar” romanining
muallifi, o„zbek adabiy tilining asoschisi, baxt va shodlik kuychisi
tarzida. Bunday
perifrazalar tasvir obyektining belgi xususiyatlarini aniqlab kelish nuqtayi
nazaridan ham yetuklikka erishadi. Perifrazalar nominativlikni o„z zimmasiga
olishi bilan birgalikda tasvir rang-barangligini ta‟minlaydi va nutq predmetini
baholaydi. Badiiy ifoda sifatida yuzaga kelgan perifrazalarga voqelikni estetik
o„zlashtirish usullardan biri sifatida qarash mumkin. Shu jihatlari bilan perifraza
badiiy ifoda vositalari – metafora, o„xshatish, metaforik epitet kabi bir vaqtning
o„zida nutq predmetiga nisbatan so„zlovchining munosabatini ham aks ettiradi.
Boshqacha aytganda, ular ikkilamchi nomlanishning bir turi bo„lib, ham
nominativ, ham estetik ma‟no tashiydi. Perifraza subyektiv qarash mahsuli sifatida
paydo bo„ladi, ammo bu subyektivlik predmetlarda mavjud obyektiv xususiyatlarni
aks ettirgani uchun obyektivlikni inkor etmaydi. Bu hol perifrazalarning nutqiy
shtamplarga aylanib, publitsistika va matbuot, radio va teleko„rsatuvlar tilida keng
qo„llanib, ko„pincha, tilning ham nominativ, ham badiiy ifoda vositasi sifatida
qaror topishini ta‟minlaydi.
Perifraza tipidagi birliklarning yuzaga kelishida obyektiv va subyektiv omillarni
farqlash zarur. Chunki obyektiv omil – voqelikda yangi, hali o„z nomiga ega
bo„lmagan narsa-hodisani nomlash hisoblanadi. Subyektiv omil ta‟sirida o„z
nomiga ega bo„lgan predmet ifoda talabi bilan qayta yoki ikkinchi marta
nomlanadi. Shu nuqtayi nazardan perifraza ikkilamchi nomlash mahsuli sifatida
subyektiv omil ta‟sirida yuzaga keladi.
Perifrazalarning yuzaga kelishi o„rganilar ekan, bu borada psixo-lingvistik omil
– tasavvurning rolini ham ta‟kidlab o„tish lozim. Ongning zarur elementi bo„lgan
17
tasavvur tushunchalarning ma‟no va ayni vaqtda ongga predmetlarning hissiy
obrazlari bilan erkin ravishda ish ko„rish imkonini beradi. Tasavvurning bir
vaqtning o„zida hozirga ham, o„tmishga ham, kelajakka ham taalluqli bo„lishi
mumkinligi uning xotira va xayol ko„rinishida namoyon bo„lishiga olib keladi.
“Perifrazaning yuzaga kelishida xotira tasavvuri bilan xayol tasavvurining ishtiroki
kuzatiladi” [39, 34]. Ushbu keltirilgan fikrlarni asoslaymiz. Bu holni
Do'stlaringiz bilan baham: