qo’lga kiritgach, jamiyatning turli sohalarida tub islohotlar, o’zgarishlar davr
boshlandi. Boshqa sohalar kabi xalq ta’limi tizimida tarix fanini tadqiqotlari va
uni o’qitish jarayonida umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan sivilizatsiya
Ma’lumki, jamiyat taraqqiyotini o’rganishda tarix fani ko’zga ko’rinarli va faxrli
o’rinni egallaydi. XX asrning 90-yillaridan boshlab jahon tarixi fanida murakkab
nazariy-ilmiy muammolar ko’tarila boshlandi. Tarix fani o’zining bashoratchilik
xalqning ozodlik kurashi tarixi, ushbu maqsadga erishish yo’lida yoshlarni
tarbiyalash sohasidagi tajriba va g’oyalarni o’rganish nihoyatda zarurdir. Tarix
fani jamiyat taraqqiyotining barcha tomonini, xususan, iqtisodiy tarixini, ijtimoiy-
siyosiy tuzilishi-tarixini, davlat qurilish tarixini, ichki va tashqi hamda xalqaro
miqyosdagi siyosatini, milliy va millatlararo munosabatlarni, madaniyatini
tadqiqotlar asosida o’rganadi. Tarix fani metodologiyasi esa tarixiy bilim va
falsafiy-tarixiy tafakkurning uzoq rivojlanishi natijasida aniq tarixiy tadqiqotning
nazariy asosi sifatida shakllandi. Milliy tarix fani jahon tarixi fanining tarkibiy
qismi bo’ladi. Milliy tarix fani rivojlanishi uchun jahon tarixi fani
5
metodologiyasining erishgan yutuqlaridan unumli foydalanish lozim. Jahon
tarixi fani metodologiyasi juda katta nazariy-ilmiy zaxiraga ega.
“Tarixga munosabat o’zgarayotganligi va tobora jiddiy tus olayotganligi
ijobiy hodisa. Biroq hamon shoshma-shosharlik, masalaga yuzaki yondashish,
har tomonlama puxta o’rganmasdan xulosalar chiqarish illatlari bizni tark etgani
yo’q”
2
.
Ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan tarix fani va uning metodologiyasini
amalga tadbiq etilishi
mohiyat mazmunini tubdan o’zgartirish tomon yo’l tutilishi
milliy tarix fanimiz bugungi va ertangi kuni uchun mustahkam poydevor
vazifasini o’taydigan metod va metodologiyani shakllantirishni boshlab berdi.
Har qanday fanning rivojlanishi uning metodi va metodolgiyasining
mukammalligi asosida bo’ladi, tarix fanining bu sohadagi taraqqiyoti juda
sekinlik bilan rivojlanishida ko’rishimiz mumkin.
Hozirgi kunda tarix
metodologiyasi bo’yicha to’plangan boy tajribani o’zlashtirib tarixiy
tadqiqotlarda foydalanish tadqiqotning ilmiyligi, tarixiyligi va samaradorligini
ta’minlaydi.
Aniq tarixiy voqealar va jarayonlarni o`rganish hamda daliliy ashyolarning
to`planishi, turli metodologik qarashlarni qo`yish va tahlil qilish uchun zamin
yaratib bermoqda. Hozirgi kunda milliy tarix fani uchun jahon tarix fanida
mavjud bo’lgan turli ta’limot, konsepsiya va maktablarning boy nazariy
bilimlarini tadqiq qilish zaruriyati mavjud. Shu bilan birga bizning fikrimizcha
milliy tarix fanimizning tarix metodologiyasi bo’yicha bir necha yuz yillar
davomida to’plangan ilmiy merosni tahlil qilish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Fransuz annallar maktabi ta’siri ostida XX asrning ikkinchi yarmidan
boshlab, tarix falsafasining yangi maktablari, oqimlari, jumladan, tarix
falsafasining qator g’oyalari ilgari surildi. Bugungi kunda tarix fani
metodologiyasini yangilanish ehtiyoji kuchaydi, shuningdek mavjud bo’lgan
metodologik muammolar ustida ishlash tarix fanining keyingi taraqqiyotiga qulay
shart-sharoit yaratdi.
2
Jo’rayev N. Tarix falsafasi. T.:, ”Ma’naviyat” 1999-y 29-b.