Udk 59. Umida Ibaydullayeva Rustamjonovna


- Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology)



Download 105,5 Kb.
bet4/7
Sana24.01.2022
Hajmi105,5 Kb.
#408271
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
U.Ibaydullayeva

- Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology)

Shu o‘rinda tarixiylik va mantiqiylik metodlariga asoslanib, qadimgi davrga nazar tashlaydigan bo‘lsak, oila, ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi ahloqiy-tarbiyaviy kabi munosabatlar ham ko‘plab mutafakkir olimlarimizning diqqat markazida turganini ko‘rish mumkin. Xususan, O‘rta Osiyo mutafakkirlaridan Kaykovus, Abu Nasr Farobiy, Alisher Navoiy kabilar inson tarbiyasiga ta’sir etadigan omillarga e’tibor berganlar. Kaykovus o‘zining “Qobusnoma” asarida farzandlarni parvarish qilish, tarbiyalash va odob – ahloqli bo‘lishi haqida8, Farobiy esa inson kamolotida ta’lim – tarbiyaning muhimligini ta’kidlab: “munosib inson” bo‘lish uchun odamda ikki imkoniyat: ta’lim – tarbiya olish imkoniyati bor. Ta’lim olish orqali nazariy kamolotga erishiladi. Tarbiya esa kishilar bilan muloqotda axloqiy qadr – qimmatni va amaliy faoliyatni yaratishga olib boradigan yo‘ldir”9 deb ta’kidlab o‘tilgan.

Bugungi kunga kelib ham oilada farzand o‘stirish, uning tarbiyasi, odob va axloqi, ota-ona uchun eng buyuk qadriyatligicha saqlanib qolmoqda. O‘z navbatida ota-onaning farzand tarbiyasiga ta’siri ularning individual shaxsiy qadriyatga va shaxsiy prinsipiga bo‘lgan munosabati asosida amalga oshirilishida namoyon bo‘ladi. Xalqimizning “qush inida ko‘rganini qiladi”, degan hikmatli maqoli ham shaxsiy va oilaviy qadriyatni farzand kamoloti uchun naqadar zarur ekanligini ifodalaydi va u bejiz aytilmagan.10 Haqiqatdan ham oilaviy munosabatlar ota-ona va farzandlar, bolalarning oiladaga o‘zaro munosabatlari – bu kishilik munosabatlarning eng muhim, nafaqat shaxsning shakllanishi, oilalarning mustahkamligi, balki jamiyat taraqqiyoti, istiqboli uchun hal qiluvchi ahamiyatga molik masalalardan biri hisoblanadi.

Oilada farzand tug‘ilar ekan, eng avvalo, onani enaga sifatida shakllanishiga, onaga xos mehr manbalarining ochilishiga, ona shaxsida tarbiyachilik malakalarining shakllanishiga ta’sir etadi. Oilada bir nechta farzand bo‘lgach, ularning orasida nizoli vaziyatlar vujudga kelishi mumkin, ana shunda onada bolalar orasida adolatli hakam bo‘lish malakalari, har bir bolaning minglab savollarga javob berishga majbur bo‘lganida esa bilim va ma’lumotlar manbai sifatida shakllanishiga juda katta ta’sir ko‘rsatadi.

Darhaqiqat, yoshlarda ijtimoiy munosabatlarga tayyorgarlik, ma’naviy-ahloqiy barkamollik madaniyatining shakllanishida ota-onalarning hayotiy tajribasi muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin yoshlarni ijtimoiy hayotga tayyorlash masalasi ota-onalar va oilaning boshqa a’zolari uchun og‘ir ish hisoblanadi. Ko‘pchilik ota-onalar farzandlari bilan bu mavzularda suhbat qurishda zaruriy bilim va malakaga yetarlicha ega emasliklari, boshqa sohalarda ham bilimlari sayozligi sababli qiyinchiliklarga duch keladilar. Ko‘pchilik ota-onalarning aksariyat qismi farzandlarining noto‘g‘ri tarbiyasi kelgusida nohush holatlarga olib kelishini tushunmaydilar. Ota-ona va farzandlar o‘rtasida vujudga keladigan nizo va kelishmovchiliklarga quyidagi sub’yektiv omillar sabab bo‘ladi:

- dunyoqarashlar orasidagi mavjud farqlarning hisobga olinmasligi;

- yoshlarning bo‘sh vaqtini mustaqil tashkil etishi, do‘stlar tanlashdagi mustaqilligi, hissiyot sohasidagi mustaqilligi, modaga, bugungi kun talabiga mos kiyinishi, kasb tanlashdagi mustaqilligi, umr yo‘ldoshi tanlashda mustaqillik uchun ota-onalari bilan ba’zan kurash olib borishning xush kelmasligi;

- ota-onalar ichkilikka ruju qo‘yishi yoki or-nomusni yig‘ishtirib qo‘yib, buzuqchilik qilishi;

- ba’zi bolalarni mehnat qilishga o‘rgatilmaganligi va buning oqibatida yengil-yelpi hayot kechirishga o‘rganib qolishi;

- ayrim yoshlarning farzandlik burchini unutib qo‘yishi;

- er-xotinning farzandiga nisbatan xudbinligi;

- farzandlarning xohish va ehtiyojlarining bajarilmasligi;

- ota-onalarning psixologik-pedagogik bilim va ko‘nikmalari yetarli darajada emasligi.

Shuning uchun ota-onalar farzandlari bilan yuz berishi mumkin bo‘lgan nizolarga olib keluvchi sub’yektiv omillar haqidagi bilimlarni bilishi va ularga amal qilishi nizoli vaziyatlarni yuzaga kelishini kamaytiradi. Aks holda ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi nizoli munosabatlar farzandlar uchun quyidagi salbiy oqibatlarga olib keladi, ya’ni: birinchidan, o‘zaro munosabatlarning buzilishiga; ikkinchidan, ta’lim jarayonida o‘zlashtirishining pasayishiga; uchinchidan atrofdagi insonlarga xudbinligini oshishiga; to‘rtinchidan jinoyat olamiga kirib ketishiga; beshinchidan, xar hil guruhlarga qo‘shilib ketishiga; oltinchidan, o‘zini yolg‘iz xis qilib suitsid sodir etishiga olib kelishi mumkin.




Download 105,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish