- Tahlil va natijalar (Analysis and results)
A.Ya.Varga va V.V.Stolinning metodikasi asosida o‘tkazgan “Ota-onalarning bolalarga bo‘lgan munosabati” nomli ijtimoiy so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, bugungi kunda farzand tarbiyasi va yoshlardagi agressiv xulq-atvor normalarining namoyon bo‘lishida oilalardagi psixologik muhitning nosog‘lomligi, ota-onalarning farzand tarbiyasini “ikkinchi o‘ringa” qo‘yayotganligi va noto‘liq oilalar sonining ortib borayotganligi ma’lum bo‘ldi. Bu esa ta’lim muassasalari va mahallalarda yoshlarni ijtimoiy hayotga tayyorlash borasidagi nafaqat yoshlar, balki ularning ota-onalari bilan ham psixologik-pedagogik bilimlar targ‘ibotini olib borishni taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |