Udk (372. 0) Magistratura bo„limi



Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/50
Sana17.07.2022
Hajmi1,44 Mb.
#810737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
boshlangich sinf oquvchilarida konflikt vaziyatlarni bartaraf etish texnologiyasi 4-sinf oquvchilari misolida

 
talablariga
 
asoslangan holda amalga oshirilmoqda. 
Inson bizning eng katta boyligimizdir inson tug„ilibdiki, uning hayoti turli 
ijtimoiy munosabatlar bilan chambarchas bog„liq holda davom etadi. Bu 
munosabatlar turlicha tarzda namoyon bo„lib, ular insonga qulaylik yoki 
noqulaylik tug„dirishi mumkin. Ana shunday vaziyatlardan biri konfliktlar bo„lib, 
u ba‟zida bizda noqulay munosabatlarni vujudga keltiradi. Konfliktlar nizo va 
ziddiyatlar tarzida hayotning bir maromda davom etishiga ta‟sir ko„rsatib turadi. 
Konfliktlar tabiiy hodisa bo„lib, konfliktga to„g„ri munosabat o„rnatish inson 
tarbiyasi, uning shakllanishining zaruriy shartlaridan biri hisoblanadi. 
S.I.Ojegovning rus tili izohli lug„atida bu so„z kiritilgan bo„lib, misollar bilan 
tushuntiriladi, bundan ko„rinib turibdiki, bu so„z 20 asrda keng qo„llanilgan. Ushbu 
lug„atda konflikt so„zi to„qnashuv, jiddiy kelishmovchiliklar, bahs ma‟nosini 
bildiradi. 
Konflikt so„zini ishlatmasdan yashash mumkin, biroq konfliktlarsiz yashash 
mumkin emas. Agar lotin tilidan olingan bu so„z bo„lmaganda edi, u holda barcha 
zamonaviy tillarda to„qnashuv, kelishmovchilik, bahs, kurash va shu kabi so„zlar 
ishlatilgan bo„lardi. Va, nihoyat, mana shu ma‟nolarni bildiruvchi umumiy so„z 
topilgan bo„lar edi.
Katta yoshdagi odamlar ichida konflikt holatiga tushmagan birorta inson 
topilmasa kerak. Konfliktologlar orasida hatto shunday hazil yuradi: Agar sizning 
hayotingizda konfliktlar bo„lmasa, siz nafas olyapsizmi yo„qmi, shuni tekshirib 
ko„ring. Bu xuddi uning aksi hisoblangan ahillik, tinchlik, birdamlik kabi tabiiy 
2
I.A.Karimov. Yuksak ma‟naviyat – yengilmas kuch – T.: Ma‟naviyat, 2008y -B.40-41 



holatdir. Agar keyingilari osonlik va qulaylikni bildirsa, u holda birinchisini 
muammolar, kamchiliklar, cheklanishlar bilan bog„lashadi. Shundan kelib chiqib, 
kundalik hayotda insonlar har qanday yo„l bilan konfliktlarga duch kelmaslikka 
harakat qilishadi. Amaliyotchi konfliktologlarga quyidagi qonuniyat juda yaxshi 
tanish: konflikt ishtirokchilari ular o„rtasida nizo chiqqanini tan olishmaydi, ular 
buni kelishmovchiliklar, fikrlarning bir joydan chiqmaganligi va h.k. deb atashadi. 
Biroq, bizning hohish istaklarimiz reallikka har doim ham mos kelavermaydi. 
Shuningdek, konflikt holati xuddi tinchlik kabi insonlar orasidagi o„zaro 
munosabatlar uchun tabiiy holdir.
Yuqori darajadagi ilmiy-texnik yutuqlar, ma‟naviy, iqtisodiy o„zgarishlarning 
haddan oshishi dunyo miqyosidagi global ijtimoiy muhitdagi murakkablikning 
ortib borishi odamlar duch kelishi mumkin bo„lgan konflikt vaziyatlar paydo 
bo„lish ko„lamini oshiradi.
Kichik maktab yoshidagi bolalarda ilk bolalik davridagi injiqlik, o„yinchoq 
talashish, birovlarga hasad qilish, janjalkashlik alomatlari ko„p kuzatiladi. Mana 
shunday konfliktlar keyinchalik maktabda, mahallada, yaqin qarindoshlar: ota-
bola, opa-singil, aka-ukalar o„rtasida inson faoliyat yuritayotgan barcha jabhalarda 
vujudga kelishi mumkin. 
Xo„sh aslida konfilikt nima? Uning yеchimini topsa bo„ladimi? Konflikt 
vaziyatlarda qanday ko„nikmalarga ega bo„lish kerak? Ushbu savollar barchani 
qiziqtirishi tabiiy jarayondir. 
Mazkur “Boshlang„ich sinf o„quvchilarida konfliktlarni vaziyatlarni bartaraf 
etish texnologiyasi (4-sinf o„quvchilari misolida) mavzusidagi magistrlik 
dessertatsiyasi yuqoridagi savollarga javob izlaydi va o„sib kelayotgan yosh 
avlodni barkamol avlod qilib tarbiyalashda zamonaviy pedagog-kadrlarning bilim 
va ko„nikmalarini oshirishga qaratilgan bo„lib, kichik maktab yoshigidagi 
o„quvchilarda namoyon bo„ladigan konflikt vaziyatlar va uning yеchiimini 
topishda zarur bo„ladigan ilmiy-nazariy va uslubiy tavsiya, amaliy ma‟lumotlarni 
qamrab oladi.



Bo„lajak boshlang„ich sinf o„qituvchilariga bolalar hayotidagi konfliktlar 
bo„yicha keng nazariy va amaliy bilimlar berish orqali yosh pegagog kadrlarni 
pedagogik faoliyatini samarali tashkil etish va o„sib kelayotgan yosh avlodni 
mustaqil va faol fuqoro qilib tarbiyalash uchun zamin yaratish, boshqa insonlar 
bilan tabiiy bo„lgan turli ijtimoiy- iqtisodiy, ma‟naviy, ruhiy psixologik muloqotga 
ular, ongi tafakkuri va axloqida kamtarlik, mehribonlik, halolik to„g„riso„zlik, 
samimiylik, vijdonlilik, o„z so„zida turish kabi xislatlarni tarbiyalash ishiga 
ko„maklashish respublikamiz miqyosida olib borilayotgan islohotlar negizida o„sib 
kelayotgan yosh avlodni barkamol insonlar qilib tarbiyalash muammosi asosiy 
o„rinda turadi. Prezident I.A.Karimovning qo„yidagi fikrlari yuqoridagi 
fikrimizning isbotidir. ”Aytish kerakki, kadrlarni puxtaroq qilib tayyorlamasdan, 
ularning qadriga yеtmasdan, ularga ishonmasdan va qo„llab-quvvatlamasdan, 
o„ylaymanki, biron bir sohada ahvolni hech qanaqa tarzda o„zgartirib bo„lmaydi”
3
.
Shu o„rinda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning kasb-hunar ta‟limi tizimi 
oldiga quygan asosiy vazifalaridan biri “Dunyoga yangicha ko„z bilan qaraydigan, 
yangicha fikrlaydigan, uddaburon, ishning ko„zini biluvchi, buyuk kelajagimiz 
poydevorini quruvchi, yuksaltiruvchi, zamon talablariga javob bera oladigan, 
raqobatbardosh, bir so„z bilan aytganda mutaxassis kadrlarni tayyorlashdir”. Yetuk 
mutaxassis tayyorlashning bosh omillaridan biri, bu o„quvchining yoshiga 
psixologik, fiziologik xususiyatlari, bilim darajasi, dunyo qarashining ko„lami 
hamda ularni aniqlashda psixologik va innavasion pedagogik metodlardan samarali 
foydalana olishdir. 
O„zbekiston Respublikasi o„z mustaqilligini jahon miqyosida yil sayin 
barqarorlashtirib borar ekan, uning istiqboli bugungi avlodning bilimdon, ma‟naviy 
jihatdan barkamol insonlar bo„lib yеtishishiga bog„liqdir. Bu o„rinda inson ruhiyati 
uchun to„laqonli, faol, barkamol shaxs sifatida shakllantirish samaradorligini 
yanada oshirishda psixologik- pedagogika ilmi va uning amaliyotda to„g„ri bo„lishi 
juda muhimdir.Kelajagi, ertangi kuni yorug„, farovon va buyuk bo„lishini o„ylagan 
3
Karimov I.A. Barkamol avlod - O„zbekiston taraqqiyotining poydevori.- T. : 1997. 



davlat, albatta barkamol avlod tarbiyasiga jiddiy e‟tibor beradi va bu ezgu yo„lda 
barcha chora tadbirlarni ko„radi. 

Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish