UMUMIY XULOSA VA TAVSIYALAR
Mamlakatimizda o„ziga xos izchillik bilan amalga oshirilayotgan ijtimoiy,
siyosiy iqtisodiy va ma‟naviy islohotlarning tub negizida eng avvalo har bir
insonning qadr-qimmati, aql-zakovati, ma‟naviy salohiyati va o„ziga xos ijtimoiy
psixologik taraqqiyotiga xizmat qiluvchi omillar yotadi. Zero, bu omillarni har
jihatdan muhofaza qilish bashariyatning eng oliy ne‟mati hisoblangan shaxsni
muhofaza qilish demakdir. Shu bilan birga shaxsdagi o„z-o„zini turli xil
muvaffaqiyatsizlikdan, turli xil salbiy holatlarga tushib qolishdan himoya qila olish
tizimini o„rganish tadqiq qilish va rivojlantirish masalasi ham o„ta muhim
ahamiyat kasb etishini unutmaslik kerak bo„ladi. Tadqiqotimiz davomida olib
borilgan barcha ilmiy-uslubiy ishlar va ularning empirik natijalariga asoslangan
nazariy–ilmiy mushohadalar xuddi shu masalaning mohiyatini va ahamiyatini
ochib berishga xizmat qiladi. Chunonchi o„tkazilgan barcha nazariy va amaliy
tadqiqotlar asosan quyidagi umumiy xulosalarga kelishimizga sabab bo„ldi.
1. Ijtimoiy psixologiyadagi ilmiy-nazariy va metodologik adabiyotlar tahlili
shaxs faolligi va ijtimoiy taraqqiyotining ta‟minlanishi uchun muhim yo„nalish
hisoblangan bolalik davri uchun xarakterli bo„lgan, o„z-o„zini psixologik
muhofaza qilish haqidagi tasavvurlar ko„lamini maxsus tahlil qilishga
bag„ishlangan tadqiqotlarning nihoyatda taqchil ekanligini ko„rstadi. Holbuki har
qanday shaxs ayniqsa bolalik davrida uning ijtimoiy taraqqiyotiga salbiy ta‟sir
etishi mumkin bo„lgan turli xil muvaffaqiyatsizliklardan ichki ziddiyatlardan
yuqori darajadagi stress holatlariga tushishdan o„z vaqtidayoq o„z-o„zini
psixologik muhofaza qila olishga tayyor bo„lsagina u yеtarli darajada faoliyat va
faollik ko„rsata oladi. Bunday faoliyat va faollikning ta‟minlanishi esa bugungi
kunda har bir yoshda shakllanayotgan o„z-o„zini psixologik muhofaza qilish
haqidagi tasavvurlar ko„lamini alohida tadqiqot predmeti sifatida o„rganishni
tadqiq qilishni va tegishli ilmiy amaliy xulosalar chiqarishni taqozo etadi.
85
2. Tadqiqot maqsadini amalga oshirish uchun maxsus tanlangan va ishlab
chiqilgan usullar majmuasini qo„llash orqali bolalik davriga xos bo„lgan psixologik
muhofaza mezonlari va uning ierarxik tizimiga oid ko„rsatkichlar dinamikasini
o„rganish va tadqiq qilish imkoniyati yaratiladi. Jumladan, Kandash shkalasi
bo„yicha o„smirlarning ijtimoiy vaziyatga bog‟lik bezovtalik darajalari Riks
Uessman shkalasi bo„yicha o„z-o„zini hissiy baholash me‟yorlari, Tomas testi
asosida ziddiyatli holatdan chiqishga bo„lgan individual xulq–atvor mayllari
Ayzenk uslubi bo„yicha temperamental sifatlar va faoliyat mutanosibligi
ko„rsatkichlari tadqiqot predmetiga aylantirildi va tegishli empirik ma‟lumotlar
bo„yicha tadqiqot jarayoni o„rganildi, natijada:
Konfliktga olib kelishi mumkin bo„lgan so„zlar, amallar, yoki
harakatsizlikdan iborat bo„lgan konfilktogen vaziyat va holatlardan
o„zini va atrofdagilarni asrash, konfliktogenlarga e‟tiborli bo„lish;
Konfliktogenlar ko„payib, ularning majmuaga aylanishini oldini ola
bilish, konfliktogenlar eskalasiyasiga yo„l qo„ymaslik;
Konfliktogenga konflikt bilan javob qaytarmaslik;
O„zida vujudga kelayotgan konfliktogenlardan qutilish va ularni
ishlatmaslikka harakat qilish;
Jiddiy konfliktogenlardan bo„lgan o„zini ustun qo„yish agressiyaga
moyillik, egoizmdan qutilish hamda boshqalar tomonidan ishlatilganda
ham o„zining konflikt vaziyatga tortilmasligi choralarini ko„rish.
Boshlang„ich ta‟lim 4-sinflarida ziddiyatli holatdan saqlanishga intilishda
yеtakchi faolllik ko„proq “hamkorlik” va “kelishuv-kompromiss” motivasiyasi
orqali namoyon etilgan bo„lsa, o„quvchlar bu faollikning yеtakchi motivasiyasi
“moslanish” va “hamkorlik” asosidagi faollikka ko„proq qaratilganligini
ko„rsatadi. Olingan bu ma‟lumotlar bolalik davridagi ziddiyatli yondashuv
ko„rsatkichlarini tadqiq qilish konfliktologiyaning amaliy-tadbiqiy yo„nalishlari
uchun muhim bo„lgan tavsiyalarni ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
86
Do'stlaringiz bilan baham: |