20
-
sayyohlik sanoatini rivojlantirish uchun turizm texnologiyalarini tadqiq etish
va rivojlantirish
-
mahalliy hukumat va turizm tarmoqlari bilan hamkorlik qilish
-
dam olishni rivojlantirish va konsalting
Turizmni rivojlantirishda Janubiy Koreya hukumatining ro’li.
Ko‘pchilik
mamlakatlar madaniyatini rivojlantirish orqali ko‘proq
foyda olishadi va
iqtisodiyotini rivojlantirishadi shu jumladan, Janubiy Koreya ham turizmni
rivojlantirishda ―madaniyat‖ ni asos qilib oldi. Ananaviy tarzda hukumat siyosat
olib borishi, madaniyat va sayyohlik ishlariga javob
beradigan maxsus tashkilot
tuzishi, shu sohaga oid qonunlarni qabul qilishi, madaniyat va turizm masalalari
bilan shug‘illanadigan tashkilotlarni tashkil qilishi mumkin. Janubiy Koreyada
hukumat 3 yo‘l orqali turizmga aralashadi.Ular
strategiya,davlat tashkilotini
shakllantirish va davlat funksiyalarini boshqa yo‘nalishlari.
7
Straregiya yo‘nalishida, strategiya nuqtai nazaridan: hukumatning asosiy
vazifalariga turizm va madaniyatni bog‘lash, turizm siyosatini olib borish, madaniy
tashkilotlarga vazifalarini belgilab berish, madaniy turizmni rivojlantirish. Bundan
tashqari, marketing strategiyasini ishlab chiqish, turistlar
ehtiyojlari va istaklarini
qondiradigan bozorlarni yaratish vazifalari bajariladi. Koreya hukumati turizmni
rivojlantirishni asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi. Birinchi turizmni
rivojlantirish rejasi 1990-1999 yillarni o‘z ichiga oladi. Ikkinchisi reja 2002-2011
yillarni tashkil qiladi. Bu rejalarni tuzishda hukumat, sanoat rahbarlari yetakchilik
qiladi.
8
Davlat tashkilotini shakllantirish nuqtai nazaridan, hukumat yo‘nalishini
belgilagandan keyin, turizmga mas‘ul tashkilotlar madaniy va sayyohlik masalalari
bo‘yicha siyosatni ijroisini ta‘minlaydilar. BTT tadqiqotlariga ko‘ra,
hukumatga
qarashli tashkilotlar yoki idoralarning asosiy funksiyalari tadqiqot, statistika,
rejalashtirish, marketing, turizmga bog‘liq boshqa sohalarni tartibga solish, ta‘lim,
7
Leonard J. Lickorish and Carson L. Jenkins, ―The Role of Government‖, An Introduction to Tourism
(Butterworth-Heinemann: Oxford , 1997), 187
8
National Tourism Policy Review Republic of Korea, Organization for Economic Co-operation and Development,
July 2002
21
training, ko‘maklashish va liberallashtirish. Hukumat Madaniyat va Sport
Vazirligi (MSV),Koreya Milliy Turizm Tashkiloti (KMTT),
Koreya Turistik
Tadqiqot Instituti (KTTI) va boshqa madaniyat tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi.
Ushbu tashkilotlar madaniyat va sayyohlik ishlarini rivojlantirish uchun
mas‘uldirlar, shu bilan birga markaziy hukumat uchun madaniyat va turizm
to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni to‘playdilar.
MSV madaniyat va turizmga mas‘ul beshta idorani o‘z ichiga oladi siyosat,
madaniyat, sayyohlik va sport masalalari bilan shug‘illanadilar. Bundan tashqari 8
ta byuro va boshqaa tashkilotlar mavjud. Hukumat bu tashkilotlarning har birisiga
javobgarlikni, mas‘ulyatlarini taqsimlaydi. Ushbu jadvalda mamlakat turizm ining
madaniyatga yo‘naltirilganligi ko‘rsatib o‘tilgan tarmoqlar juda ko‘p.
9
Madaniyat va Sport ishlari Vazirligi 3 ta maqsadni o‘z oldiga qo‘yadi:
1. Koreya fuqarolarini kreativ va madaniyatli bo‘lishi uchun o‘qitish.
2. Ko‘ngilochar ish muhitini yaratish.
3. Har qanday mahalliy madaniyatni ifodalovchi
dinamik madaniy millatni
yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: