100
XULOSA VA TAKLIFLAR
Mamlakatimizda turizm bo‘yicha quyidagi tajribalarini qo‘llash lozim deb
topdim.
turistik investitsiyani aynan potensiali bor hududlarga kiritish;
qo‘shni mamlakatlar bilan transport aloqalari va infratuzilmani
yaxshilash, turli xil xalqaro hamkorlik imkoniyatlarini izlash, asosan qo‘shni
mamlakatlari bilan;
turizmni turlarining diversifikatsiyasi: sport, ov, termal, qishki turizm,
festival, ekologik turizm va boshqalar;
mamlakatdagi turli tantanalar bayramlar uchun eng yaxshi sharoitlarni
yaratib berish;
turistik imkoniyatlar boshqaruvini rivojlantirish, masalan, turizmda
oilaviy tadbirkorlik va kichik biznesga imkoniyatlar yaratish;
turistik gid assosiatsiyasini tashkil qilish, bundan ko‘zlangan maqsad
turizm sohasidagi professional ishchilar sonini oshirish;
yurtimizning diqqatga sazovaor joylarida urf-odatlarimiz an‘analarimiz,
milliy qadryatlarimiz boy merosimiz aks etgan hujjatli va badiiy filmalar ishlash
va uni boshqa mamlakatlarga eksport qilish.
turizm amaliyotidagi qo‘shilgan qiymat solig‘i va maxsus iste‘mol soliq
stavkalarini kamaytirish;
Buyuk ipak yo‘li turizmini boshlash;
har bir turistik zonalarida ― Information centre‖ lar ni tashkil etish va u
orqali turistlar uchun bepul broshyura, xarita, turistik resurslar suratlar va boshqa
zarur ma‘lumotlar bilan ta‘minlash. Shuningdek, bu ma‘lumotlarni ingliz, rus,
xitoy, yapon, fransuz, nemis va boshqa tillarda chop etish.
mehmonxona, turfirma, investitsiyalar va boshqa turizm sohasi uchun
maxsus assotsiasiyalar tashkil qilish. Ushbu assotsiasiyalarning vazifasi ularning
faoliyatini, ya‘ni ularda narxlar, xizmatlar sifatini nazorat qiladi.
101
Qishloq turizmiga to‘xtaladigan bo‘lsak, mamlakatimizda qishloq turizmini
rivojlantirishda birinchi navbatda «Oʼzbekturizm» milliy kompaniyasi tarkibida
«Qishloq turizmini rivojlantirish» boʼlimini tashkil qilishimiz zarur. Shuningdek,
qishloq turizmini rivojlantirishda davlat dasturi ishlab chiqilishi talab qilinadi,
ikkinchi talab esa strategik reja yaratishdir. Qishloq turizmini rivojlantirish rejasi,
davlat dasturi, boshqaruv tarkibi, moliyalash tizimi, qishloqlardagi imkoniyatlar,
qishloqlardagi turistik resurslar, qishloq aholisining qishloqlarga turistlarning
tashrifi haqidagi munosabatlari, qishloq ijtimoiy–iqtisodiy hayotiga taʼsiri,qishloq
tabiiy resurslariga taʼsiri haqida davlat ommaviy nashrlarida respublikamizning
olimlari, mutaxassislari, ijtimoiy-iqtisodiy sohalar mutaxassislari doimo ilmiy
ommabop maqolalar bilan chiqishlari maqsadli boʼladi. Bundan tashqari qishloq
turizmini rivojlantirishda eng muhim omillardan yana biri qishloqlarimizda turistik
marshrutlar ishlab chiqish hisoblanadi. Qishloq turizmini rivojlantirishda turistik
marshrutlar ishlab chiqishning quyidagi bosqichlarini rivojlantirish mumkin:
1.
Qishloqlarda tabiatni oʼrganish-ekologik turizm marshrutlari;
2.
Qishloqlarda madaniy meʼrosni oʼrganish marshrutlari-etnografik turizm
marshrutlari;
3.
Qishloqlardagi tarixiy va arxeologik obidalarni oʼrganish marshrutlari
tarixiy-madaniy turizm marshrutlari;
4.
Qishloqlardagi ziyoratgohlar, diniy-ziyorat marshrutlari;
5.
Qishloqlardagi dehqonchilik, bogʼdorchilik va chorvachilikni oʼrganish-
agroturizm marshrutlari;
6.
Qishloqlarda xalq milliy oʼyinlarini oʼrganish-milliy-maʼnaviy-madaniy
turizm marshrutlari;
7.
Qishloqlarda milliy madaniyat va milliy folьklorni oʼrganish-madaniy
turizm marshrutlari;
8.
Qishloqlarda fermerlar hayotini oʼrganish agroturizm marshrutlari.
102
Do'stlaringiz bilan baham: |