Udk: 338. 48 Saidmahmudova Ozoda Abdulla qizi



Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/43
Sana02.12.2022
Hajmi1,48 Mb.
#876725
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   43
 
 


43 
2.1.6-jadval
Dunyo mamlakatlarida turizm sohasidan ko’riladigan eng ko’p daromad 
bo’yicha 10 ta davlat ro’yxati
26
Davlatlar 
Nomi 
mlrd.$ 
O’zgarish(%) 
2015 
2016 
2014/15 
2015/16 
AQSH 
205.4 
205.9 
7.0 
0.3 
Ispaniya 
56.5 
60.9 
3.8 
7.1 
Tailand
44.9 
49.9 
23.0 
14.7 
Xitoy 
45.0 
44.4 
3.6 
5.3 
Fransiya 
44.9 
42.5 
-7.6 
-5.1 
Italiya 
39.4 
40.2 
3.8 
2.3 
Buyuk Britaniya 
45.5 
39.6 
5.2 
-1.4 
Germaniya 
36.9 
37.4 
2.0 
1.7 
Gongkong 
(Xitoy) 
36.2 
32.9 
-5.8 
-9.0 
Avstraliya 
28.9 
32.4 
10.2 
13.5 
2.1.6-jadvalga ko‘ra, dunyo mamlakatlari bo‘yicha turizm sohasidan 
ko‘riladigan daromadlar bo‘yicha AQSH 1-o‘rinda turadi.Undan keyingi o‘rinda 
Ispaniya uning daromadlari 2015-yilga qaraganda sezilarli darajada oshgan, ya‘ni 
3.8 mlrd$ ga. 
Turistlar tashrifi bo‘yicha yetakchilik qilayotgan Fransiya daromadlar 
bo‘yicha 5-o‘rinda turadi va uning ko‘rsatkichilari tushib bormoqda,44.9 
mlrd$ dan 42.5 mlrd$ ga.Germaniya va Gongkongni ulushi 2015-yilda deyarli bir 
xil edi lekin 2016-yilda Germaniyani ko‘rsatkichi 1.7% ga oshgan Gongkongniki 
esa -9.0% ga tushgan, 32.9 mlrd$ ulushi bilan 10-o‘rinni Avstraliya egallaydi. 
Turizm rivojlanishini tahlil qilishda uning iqtisodiyot tarkibida qanday 
funksiyalarni bajarishini inobatga olish lozim. Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, turizm 
26
UNWTO Tourism highlights,2017 Edition 


44 
milliy iqtisodiyotda ma‘lum bir funksiyalarni bajarish bilan birga, unga 
quyidagicha ta‘sir etadi: 
-
turistik mahsulotlar ishlab chiqaradi; 
-
aholini ish bilan ta‘minlashga ko‘maklashadi; 
-
milliy daromadni yaratishga ishtirok etadi; 
-
mintaqalar rivojlanishiga ta‘sir ko‘rsatadi; 
-
to‘lov balansini barqarorlashtirishga hissa qo‘shadi; 
-
o‘rta sinf shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. 
Turizmning milliy iqtisodiyotga ta‘sir darajasini baholashda bajaradigan 
funksiyasining nechog‘lik samarali ekanligi va mavjud ehtiyojlarga mosligi 
masalalarini aniqlashni taqozo qiladi. Shu tufayli ularning har birini qisqacha 
ko‘rib chiqamiz. 
 Ishlab chiqarish funksiyasida 
 
turistik tashkilotlar turistik mahsulot va 
xizmatlarni ishlab chiqarish va sotish orqali mamlakat YaIMni ko‘paytirishga hissa 
qo‘shadi.
27
Turizmni rivojlantirish bevosita aholining ish bilan bandligiga bog‘liq. 
Chunki, ushbu sohada inson ishtiriki muhim ahamiyatga ega.Sohada aholining 
qancha qismi bandligi o‘sha davlat iqtisodiyotning qanday holatda 
rivojlanganligiga, uning turistik salohiyatiga ulardan qay darajada samarali 
foydalanayotganligiga bog‘liq. Turizmda band aholini quyidagi 4ta toifa bo‘yicha 
o‘rganish maqsadga muvofiq. Bularga quyidagilarni kiritish mumkin: 

turizm sohasida bevosita bandlik; 

turizm sohasida bilvosita bandlik; 

turizmga o‘z ish joyidan turib xizmat qiluvchi sohalarda faoliyat ko‘rsatuvchi 
xodimlar bandligi; 

turistik obyektlar va infratuzilmalar qurilishidagi bandlik. 
Turizm sohasida faoliyat yuritish natijasida band aholiga mehnat haqi 
to‘lash mahalliy hamda davlat byudjetiga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni 
27
―O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi‖ tahliliy jurnal 2016-yil №3son 


45 
to‘lash orqali milliy daromad yaratiladi. Ayrim davlatlar byudjeti shakllanishida 
turizm sohasidan kelib tushadigan daromadlar salmoqli miqdorni tashkil etadi.
Bundan tashqari, xorijiy turistlarga xizmat ko‘rsatish evaziga valyuta 
zaxiralari shakllantirib katta hajmdagi ishlarga yo‘l ochiladi. Bu funksiya aholisi 
kam va sanoati rivojlanmagan hududlarda turizmni shakllantirishga undaydi. 
Chunki, ko‘pgina chekka hududlar aholisi asosan dehqonchilik, chorvachilik va 
bog‘dorchilik bilan shug‘illanadi.
Bular ko‘pincha tog‘ va tog‘oldi hududlariga to‘g‘ri keladi. Bu joylarning 
o‘ziga xos an‘ana qadryatlari saqlanib qolgan. Shu bilan birga qishloq xo‘jaligini 
rivojlanirishda ham o‘ziga xoslik mavjud. Shu tufayli, bunday joylarda ekologik 
turizmni ,agrar turizmni,qishloq turizmni rivojlantirish mumkin.
Turistlarga mahalliy aholining yashash tarzi, milliy an‘analarni ko‘rish, 
tabiat qo‘ynida dam olish qiziq, albatta. Bu esa, o‘z navbatida, mahalliy aholi 
turmush tarzini yaxshilashga olib keladi, turizm infratuzilmasi va servis xizmatlari 
tashkil etiladi. Eng muhimi xizmat sohasidagi bandlik hisobiga qishloqda
mehnatning xarakteri ham o‘zgarib, takomillashib boradi. Avvallari faqat agrar 
mehnatga maoslashgan qishloq aholisi endi ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatishning 
ilg‘or usullari bilan shug‘illanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Turizmning to’lov balansini barqarorlashtirishdagi roli.
Bunda xalqaro 
turizmning rivojlanishi katta ahamiyat kasb etadi.Chunki, mazkur soha mamlakat 
to‘lov balansiga tegishli tarzda ta‘sir etadi. Bunda kiruvchi va chiquvchi turizmni 
solishtirish orqali mazkur sohaning to‘lov balansiga ta‘sirini aniqlash 
mumkin.Ya‘ni, mamlakatimiz fuqorolarining xorijga (turist sifatida) chiqish 
harajatlari bilan aynan shu davlatda kelgan turistlarga ko‘rsatilgan xizmatlar 
hisobidan tushgan daromadlar solishtirilishi natijasida mazkur sohaning mamlakat 
to‘lov balansiga ta‘siri aniqlanadi. 
Turizmning o’rta sinfning shakllanishidagi roli
ayniqsa bugungi kunda 
xalqaro turizm o‘rta sinf uchun dam olishning keng tarqalgan turiga aylanib 
bormoqda. Shunday bir qonuniyatni ko‘rish, kuzatish qiyin emas qaysi 
mamlakatda o‘rta sinf qatlami qancha ko‘p va keng bo‘lsa, uning sayyohlik 


46 
salohiyati ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Bu borada o‘rta sinfga mansub 
odamlarning juda harakatchan va tadbirkor bo‘lishi ularning yangiliklarni izlab 
yashashga o‘z qobiliyatlari va imkoniyatlarini amalga oshirishga intilishi muhim 
o‘rin tutadi.
Hozirgi paytda barcha turistik firmalar deyarli tadbirkorlik asosida xususiy 
mulk evaziga shakllanib faoliyat ko‘rsatmoqda.Ular 600 dan ziyod firma, 
kompaniya va turoperatorlar sifatida dunyoning 80 dan ortiq davlat bilan bevosita 
aloqa o‘rnatib turistlarni jo‘natish va qabul qilish bilan shug‘illanmoqda. 
Turizmni samarali rivojlantirishga erishilsa, quyidagi natijalarni qo‘lga 
kiritamiz: 
-
mamlakatimizning yalpi milliy mahsuloti ko‘payadi; 
-
davlat byudjeti to‘lovlar hisobi ortishiga erishiladi; 
-
ish bilan ta‘minlash o‘sadi, yangii ish o‘rinlari yaratiladi; 
-
chet el kapitali ortadi hamda valyuta tushumi ko‘payadi; 
-
turizm rivojlanishi boshqa sohalar taraqqiy etishiga ta‘sir ko‘rsatadi; 
-
turizm infratuzilmasi va industriyasi rivojlanishi ta‘minlanadi; 
-
turistlarni dam olish tuzilmalari isloh qilinishiga erishiladi. 
Qisqacha qilib aytganda, bularning barchasi pirovardida, turizmni 
rivojlantirish imkoniyatlari oshishiga, mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirishga, 
aholining ijtiimoiy-iqtisodiy hayoti yanada yaxshilanishiga ularning yashash 
darajasi va sifati oshirilishiga xizmat qiladi. 

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish