Udk: 30. Hamroqulov xushbaxt sadriddinovich xalqaro moliya munosabatlari barqarorligini ta’minlashda valyuta siyosatining o’rni



Download 1,09 Mb.
bet9/29
Sana15.01.2022
Hajmi1,09 Mb.
#367999
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29
dollari

nisbatan

nisbatan foizda







foizda
















Eksport

13953,8

115,4

100,0













paxta tolasi

477,0

74,8

3,4













oziq-ovqat mahsulotlari

875,8

126,1

6,3













kimyo mahsulotlari va undan

883,3

105,0

6,3

tayyorlangan buyumlar






















energiya manbaalari va neft

1980,1

115,5

14,2

mahsulotlari






















qora va rangli metallar

917,5

129,5

6,6













mashina va asbob-uskunalar

353,3

160,1

2,5













xizmatlar

3505,7

112,3

25,1













boshqalar

4961,1

119,3

35,6















  1. https://stat.uz/uz/432-analiticheskie-materialy-uz/3845-tashqi-savdo-statistikasi1 16

2017 yil yanvar-dekabr oylarida tashqi savdo aylanmasi saldosi 945,5 mln.AQSh dollarni tashkil qildi, shundan MDH davlatlari bilan 809,5 mln.AQSh dollarni va boshqa davlatlar bilan 136,0 mln.AQSh dollarni tashkil etdi.

Import_aylanmasi_quyidagi_ma’lumotlarda_tavsiflanadi:_7'>1.2-jadval
2017 yilning yanvar-dekabrida respublikaning Import aylanmasi
quyidagi ma’lumotlarda tavsiflanadi:7






mln. AQSh

o`tgan yilga

umumiy hajmga




dollari

nisbatan

nisbatan foizda







foizda
















Import

13008,3

107,2

100,0













oziq-ovqat mahsulotlari

1272,7

88,4

9,8













kimyo mahsulotlari va undan

2147,6

101,3

16,5

tayyorlangan buyumlar






















energiya manbaalari va neft

742,0

126,0

5,7

mahsulotlari






















qora va rangli metallar

1274,3

138,4

9,8













mashina va asbob-uskunalar

5054,0

100,7

38,9













xizmatlar

980,1

121,1

7,5













boshqalar

1537,6

123,8

11,8















1.2. Milliy iqtisodiyot va xalqaro moliya munosabatlari
Tashqi iqtisodiy aloqalar majmuasining milliy iqtisodiyotga ta‘sir ko‘rsatishi muayyan miqdor va sifat ko‘rsatkichlarida baholanadi.
Eng avvalo, respublikaning xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi ishtiroki va ularga jalb etilishining qanday ekanligini bilish muhimdir. Bu eksportning YAIMga


  1. https://stat.uz/uz/432-analiticheskie-materialy-uz/3845-tashqi-savdo-statistikasi1 17

nisbati bilan belgilanadi hamda u mamlakatning eksport kvotasi deb ataladi. U qancha yuqori bo‘lsa, mamlakat xalqaro iqtisodiy munosabatlarga shu qadar yuqori darajada jalb etilgan bo‘ladi. Masalan, AQSHning eksport kvotasi 10-15 foizga, Germaniya, Frantsiya, Italiya, Angliyada 25-30 foiz, Yaponiyada 18 foiz atrofida. O‘zbekistonda eksportning YAIMdagi ulushi 10-12 foizni tashkil etmoqda8.
Biroq, ushbu ko‘rsatkich xalqaro iqtisodiy munosabatlarning sifat tuzilishini ko‘rsatmaydi. Shu sababli, mamlakatning xalqaro munosabatlardagi ishtirokini aks ettiruvchi yana bir ko‘rsatkich - eksportning mamlakat sanoat ishlab chiqarishiga nisbatidan foydalaniladi. Rivojlangan mamlakatlar uchun mazkur ko‘rsatkich taxminan 40-50 foizga teng. Bu esa, ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining yarmi tashqi bozorga olib chiqib ketilishini anglatadi. Mamlakatning tashqi iqtisodiy munosabatlarga jalb etilganligining yana bir ko‘rsatkichi - eksportning elastikligi (eksport va YAMM o‘sish sur‘atlarining nisbati) bilan ham belgilanadi. EIastiklikning birlikdan yuqori bo‘lishi mamlakatning xalqaro iqtisodiy operatsiyalarda shuncha ko‘p ishtirok etishini anglatadi. Tashqi iqtisodiy aloqalardan keladigan samara juda ko ‘p miqdordagi eksport, import, kredit va boshqa operatsiyalar, shuningdek, texnikaviy va boshqa xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha barcha ishtirokchilarning bu sohadagi faoliyati natijalaridan tarkib topadi.

Hozirgi bosqichda har qanday davlatning tez sur‘atlarda rivojlanishini xorijiy investitsiyalarni jalb etmay turib ta‘minlab bo‘lmaydi. Tashqi iqtisodiy munosabatlar ham yangi sifatlarga ega bo‘lib bormoqda: ikki mamlakatning xo‘jalik vakillari o‘rtasida savdo va xizmat ko‘rsatishdan tashqari, alohida ishlab chiqarish, moliya va savdo-moliya aloqalari ham rivojlanmoqda. Bevosita chet el investitsiyalarining o‘sib borishi, shuningdek, sotsialistik tizimning parchalanishi va bir qancha yangi mamlaqatlaming jahon bozorlariga qo‘shilishi, sarmoya jalb qiluvchi mamlakatlar uchun yangi muhim jarayonlarni keltirib chiqaradi. Bu jarayonlarga quyidagilar kiradi:





  1. O‘zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat asosalari I.A.Hamedov, A.M.Alimov 18

Transmilliy korporatsiyalar (TMK) o‘rtasida raqobat kurashi. Tashqi iqtisodiy aloqalarning tobora baynalmilallashuvi va erkinlashuvi milliy kompaniyalarning "bandargoxida" xavfsizlikda yashashga tobora kamroq imkoniyatlar qoldirmoqda. Milliy kompaniyalarni iste‘molchi va mahsulot sotish bozorlari uchun TMK bilan raqobat qilishga majbur etmoqda. Natijada, TMKlar yanada "sezilarli" darajada mahsulotni arzonlashtirmoqda va uning sifatini yaxshilash sari bormoqda. Mazkur tamoyil rivojlanayotgan va o‘tish davri iqtisodiyotiga ega mamlaqatlaming (tegishli sharoitlar mavjud bo‘lganda) yuqorida tilga olingan jarayonga o‘zining ilmiy va intellektual quvvatini jalb etish imkoniyatlarini oshiradi.
Mamlakatlar o‘rtasida investitsiyalar uchun raqobat kurashi. TMKlar tomonidan ajratilgan investitsiyalar hajmi o‘sish sur‘atlarining asosiy sabablaridan biri - ulaming o‘zi bilan mablag‘, menejment, nau-xau kabi yaqqol ajralib turadigan va sezilmaydigan juda ko‘p aktivlar, shuningdek, jahon bozorlarida ishlash tajribalarini va ko‘nikmalami olib kirishi bilan izohlanadi. Natijada, keyingi yillarda nafaqat rivojlanayotgan mamlaqatlaming, balki rivojlangan mamlakat hukumatlarining ham investorlar uchun qulay muhitni shakllantirishga intilishi ortmoqda. Ushbu, birinchi navbatda, huquqiy sohaga tegishli bo‘lib, birgina 1991 yildan 1994 yilgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida, dunyoda chet el investitsiyalari bo‘yicha mavjud qonun hujjatlariga 373 ta o‘zgartirishlar kiritilgan. Ulardan 368 tasi qonunchilikni erkinlashtirishga bag‘ishlangan. O‘tgan asming 90-yillari o‘rtalarida investitsiyalami o‘zaro himoya qilish bo‘yicha 900 dan ortiq ikki tomonlama bitimlar tuzilgan.
Xorijiy sarmoyadorlar, potentsial investorlar birinchi navbatda foyda olishdan manfaatdor, ammo investitsiyalar bilan bog‘liq risklar ulami jiddiy havotirga soladi. Investorlarni o‘ziga tortadigan asosiy omillar: rivojlangan infratuzilma, ishonchli va malakali mehnat resurslari, daromad va kapitalni chet elga o ‘tkazish, huquqiy kafolatlar, shuningdek, ijtimoiy va siyosiy barqarorlik kabilardan iborat.
Bugungi kunda bevosita investitsiya oqimi foyda olishning yangi imkoniyatlariga chaqqon yuz tutadi va shuning uchun ham, u ishlab chiqarish, ish
19

haki potentsial mehnat unumdorligiga nisbatan past bo‘lgan joylarga ko‘chmoqda. Mamlakatga chet el mablag‘larini TMKlar quchok ochib foydalanishga tayyor turgan ichki bozordagi homiylik hisobiga emas, balki oqilona iqtisodiy tamoyillar asosida jalb etish muhimdir.


Davlatlararo har tomonlama hamkorlikning bir ko‘rinishi sifatida xalqaro tashkilotlar va fondlar yuzaga chiqmoqda. Ular siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy sohalarda umumiy tusdagi maqsadlarga erishish uchun davlatlar, milliy institutlar, nodavlat assotsiatsiyalarini birlashtiradi. Xalqaro tashkilotlar o‘z faoliyatini har tomonlama muvofiqlashtirish uchun o‘z fondlarini tashkil etadilar.
Davlatlararo kelishuvlar asosida ishtirokchi davlatlarning yagona moliya va kredit siyosatlarini amalga oshirish uchun pul mablag‘larining davlatlararo maqsadli fondlari tuziladi. Davlatlararo fondlar (tashkilotlar) daromadlarini shakllantirish usullari va moliyalashtirish tusiga ko‘ra bir qancha turlarga bo‘linadi.
Birinchi turga moliya-kredit tashkilotlarining davlatlararo va xalqaro fondlari kiradi. Ular nizom kapitalida ishtirok etuvchilarga maqsadli kreditlar ajratadilar va maqsadli fondlarni tashkil etadilar. Bu tashkilotlar faoliyati davomida olgan daromadlaridan ulushiga ko‘ra dividend to‘laydilar hamda turli maqsadlar uchun zahira fondlarini shakllantiradilar. Mazkur tashkilotlar jumlasiga Xalqaro Investtsiya bankini (XIB), Iqtisodiy Hamkorlik Xalqaro bankini (DTXB), ETTB, XVFni kiritish mumkin.
Xalqaro banklar va fondlarning nizom kapitali shakllanishida, olingan daromadlarni taqsimlab, turli fondlarni tashkil etish kabilarda moliyaning rolini ko‘rish mumkin.
Milliy va xalqaro moliya-kredit institutlarining mablag‘lari, xalqaro ishtirokchi-tashkilotlar fondi, manfaatdor mamlakatlarning valyuta fondlari va byudjet mablag‘lari to‘lanadigan badallarning manbasi hisoblanadi.
EIida ham qator davlatlararo fondlar tashkil etilgan, jumladan, EIning byudjeti, Yevropa Taraqqiyot fondi, Yevropa Valyuta Hamkorlik fondi va
20

boshqalar.


Ikkinchi tur tashkilotlar ishtirokchilarning har yillik badallari evaziga byudjetlari tashkil etiladi.
Bunday tashkilotlarga ma‘lum sohalardagi milliy tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirib turuvchi xalqaro va umumjahon institutlari kiradi. Ularga: BMT, Xalqaro vaqt byurosi, Atom energetikasi bo‘yicha xalqaro Agentlik, Dengiz yo‘ldosh aloqasi bo‘yicha xalqaro tashkilot, Ilmiy xizmatchilarning umumjahon federatsiyasi va boshqalarni kiritish mumkin.
Uchinchi tur xalqaro tashkilotlarga vaqtinchalik tusga ega bo‘lgan ilmiy dasturlar va kongresslarni kiritish mumkin. Ularni moliyalashtirish qatnashuvchi ishtirokchilar tomonidan amalga oshiriladi. Masalan, Xalqaro biologiya dasturi (1964-1974 yy.), Xalqaro geodinamik loyiha (1971-1980 yy.), Xalqaro osoyishta quyosh yili (1964-1965 yy.), 1957 yildan boshlab har ikki-uch yilda chaqiriladigan Xalqaro tog‘ kongressi va boshqalar. Ushbu tashkilotlar turli mamlakat olimlari bilan yaxlit ilmiy tadqiqotlar olib boradi.
To‘rtinchi tur xalqaro tashkilotlar - xalqaro ilmiy laboratoriyalar, institutlar, ittifoqlar, yaxlit va sohalar assotsiatsiyalari, ma‘lum ilmiy sohalar bo‘yicha byurolar. Ular mamlakatlarni, milliy ilmiy tashkilotlarni, assotsiyatsiyalarni, ilmiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanayotgan alohida olimlarni birlashtiradi va ular faoliyatini muvofiqlashtiradi. Ushbu tashkilotlar yillik ulushli badallar, konferentsiyalarda ishtirok etuvchilarni ro‘yxatga olish badallari, yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya mablag‘lari, davriy ilmiy nashrlardan daromadlar hisobidan tashkil etiladigan byudjetlar hisobidan moliyalashtiriladilar. Mazkur tashkilotlarga misol qilib, milliy va qo‘shma dasturlar bo‘yicha ishlaydigan Kuchli magnit maydonlari va past harorat bo‘yicha xalqaro fond, Xalqaro matematik markaz va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.
Beshinchi tur xalqaro tashkilotlar faoliyatining ma‘lum sohalariga ko‘maklashish va tadbirlarni moliyalashtirish uchun mablag‘larni yig‘ish bilan shug‘ullanadilar. Masalan, Yovvoyi tabiat xalqaro fondi - davlat, jamoat
21

tashkilotlari va xususiy shaxslardan yovvoyi xayvonlar va tabiatni qo‘riqlash uchun mablag‘larni yig‘uvchi nodavlat tashkilotdir. Ushbu tashkilot boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda ma‘lum tadbirlarni moliyalashtiradi. Fond o‘zining nashriga ega bo‘lib, uni sotishdan olinadigan daromadlar fond byudjetining daromad manbalaridan biri hisoblanadi. "Olimpiya birdamligi" fondi rivojlanayotgan mamlakatlarning milliy olimpiya qo‘mitalariga moliyaviy yordam ko‘rsatish uchun tuzilgan. Mazkur fond milliy olimpiya qo‘mitalarining badallari, xususiy kompaniya, firmalar va xususiy shaxslarning xayriyalari, Xalqaro olimpiya qo‘mitasining investitsion va nashriyotchilik faoliyati natijasida olingan daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Fondga olimpiya o‘yinlarini televizion yoritishdan olingan daromadlaming 1/3 kelib tushadi (ma‘lumki, olimpiya o‘yinlarini televizion yoritishdan olingan daromadlar mos ravishda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi, "Olimpiya birdamligi" fondi va olimpiya sport turlari bo‘yicha Xalqaro federatsiya o‘rtasida taqsimlanadi). Fondning byudjeti har yili tasdiqlanadi. Asosiy tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha hududlarga yo‘naltiriladigan mablag‘lar xarajatlarning 75-85 foizini tashkil etadi. Ushbu tadbirlarga: yig‘inlar o‘tkazish, hakamlar majlisini o‘tkazish, sport buyumlarini sotib olish, Milliy olimpiya qo‘mitalariga moliyaviy yordamlar ko‘rsatish va boshqalarni kiritish mumkin. Boshqa mablag‘lar nashriyotchilik faoliyatiga va joriy xarajatlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

Yuqorida ko‘rib o‘tilgan fondlarni tarkibiy tuzilishi, maqsadi, vazifalarini yanada chuqurroq o‘rganish maqsadida, birinchi tur fondlar - moliya-kredit tashkilotlariga mansub, XVF haqida ma‘lumotlar keltiriladi.
XVF: maqsadi, tashkil etilishi va faoliyat yo‘nalishi. XVF - bu BMTning maxsus tashkiloti. U 1977 yilda Bretton-Vudsdagi valyuta-moliya masalalari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan BMT konferentsiyasida tashkil topgan va 1945 yilning 27 dekabrida ushbu kelishuv kuchga kirgan. Amalda u o‘z faoliyatini 1946 yildan boshladi. Brettonvud kelishuviga muvofiq, XVFning vazifasi unga a‘zo bo‘lgan mamlakatlarning oltin va AQSH dollarida ifodalangan valyuta zahiralarini tartibga
22

solish hamda a‘zo-mamlakatlarning valyuta paritetilarining barqarorligini ta‘minlashdan iborat edi.


Ushbu kelishuvga ko‘ra, a‘zo-mamlakatlar o‘z valyutalarini belgilangan kurslar asosida xalqaro joriy operatsiyalar bo‘yicha almashinuvlarini ta‘minlashlari shart edi. Shuningdek, mazkur mamlakatlar valyuta operatsiyalarini chegaralash bo‘yicha mavjud to‘siqlami bekor qilishlari kerak edi (amalda 181 mamlakatdan atigi 60 mamlakat ushbu talabni bajargan).
XVFning nizom fondi a‘zo mamlakatlarga o‘rnatiladigan kvotalar asosida to‘lanadigan badallardan tashkil etiladi.
Kvotalar har bir a‘zo-mamlakatning: moliyaviy badal hajmini aniqlash; proportsional ravishda XVF kreditlari hajmini aniqlash; ovozlar sonini aniqlash uchun xizmat qiladi.
Kvotalar hajmi mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi va uning jahon iqtisodiyoti hamda xalqaro savdodagi roliga bog‘liq bo‘ladi.
Kvota YAIM, import va eksport hajmi, oltin-valyuta zahiralari hajmi ko‘rsatkichlari asosida hisoblanadi.
Kvotalar hajmi har besh yilda qayta ko‘rib chiqiladi.
Kvotalar hajmidan kelib chiqqan holda, XVF boshqaruv organlarida ovozlar mamlakatlar o‘rtasida taqsimlanadi. Har bir mamlakat 250 ta ovozga ega va har bir qo‘shimcha 100000 SDR uchun 1 ta ovoz qo‘shib beriladi. Hozirda boshqaruv organida ovozlarning eng ko‘pi AQSHga tegishli -17,7 foiz.9

Iste‘mol narxlari indeksi (INI), mamlakat iste‘mol sektorida inflyatsiya darajasini ifodalaydigan asosiy indikatordir. Mamlakatimizda INI hisoblash tizimi 1994 yilning yanvar oyidan boshlab Xalqaro Valyuta Fondi (XVF)ning texnik ko‘magi asosida amalga oshirila boshladi. INI ―Iste‘mol narxlari indeksi bo‘yicha qo‘llanma: Nazariya va amaliyot‖ (XVF, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlantirish fondi, Evrostat, EIK, Butunjaxon banki va XMT) uslubiy nizomiga asosan shakllantiriladi.


Hozirgi vaqtda INI hisoblashda iste‘moldagi 350 turdagi tovar va xizmatlar



  1. https://www.imf.org/external/np/fin/data/rms_five.aspx

23

to‘plamidan foydalaniladi. Bular uch yirik guruhga – oziq-ovqat (96 ta), nooziq-ovqat tovarlari (188 ta) hamda xizmatlarga (66 ta) bo‘lingan. Shunday qilib INIni hisoblash uchun iste‘mol to‘plami, aholi tomonidan eng ko‘p iste‘mol qilinadigan tovar va xizmatlar respublikaning barcha hududlari uchun yagona bo‘lgan guruhini ifodalaydi.


Shuni ta‘kidlash lozimki, INIni hisoblashda narx omiliga qo‘shimcha ravishda (ya‘ni, tovar va xizmatlarning haqiqiy narxini o‘zgarishida) ma‘lum tovar va xizmatlarning o‘ziga xos aniq salmoq hissalari ham ta‘sir qiladi. Shunday qilib, iste‘mol narxlari indeksi bo‘yicha butun mamlakat bo‘ylab tovar va xizmatlarning narxlari harakati xilma-xilligi (o‘rtachalashtirib) umumlashtiriladi.


Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish