I bob bo’yicha xulosa
So`nggi yillarda hukumatimiz tomonidan sanoat tuzilmasini diversifikatsiya qilinishi, eksportni qo`llab-quvvatlash, import o`rnini bosuvchi tovar va mahsulotlarni ishlab chiqarishni yanada oshirilishi natijasida eksport tarkibida sezilarli o`zgarishga erishildi. Jumladan, xom-ashyo eksportidan, qo`shilgan qiymati yuqori hamda sarmoya talab tovarlar eksportiga yo`naltirilgan tashqi savdo amalga oshirilmoqda.
Respublikaning jahon xo‘jaligi tizimiga shaxdam qadamlar bilan kirib borishi uchun, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan iqtisodiy aloqalarining
28
o‘rnatilishi tashqi faoliyatni boshqaruv tizimini tubdan o‘zgartirishni talab qiladi. Ushbu ko‘rinish respublika tashqi siyosati oldiga qo‘yilgan ikki muhim holat bilan bog‘liq:
Birinchidan, O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, tashqi iqtisodiy munosabatlar uchun o‘zining mustaqil siyosatini ishlab chiqishi va uni amalga oshirishi uchun javobgar bo‘lgan maxsus tashkilotlar tuzish takozo etildi.
Ikkinchidan, Respublikada milliy iqtisodiyotni tubdan o‘zgartirib, qaytadan ishlab chiqish, ya‘ni qayta qurish jarayoni tufayli tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari kengaydi, ularga turli sohada tashqi iqtisodiy bitimlarni tuzishda kengroq huquqlar berildi. Ushbu sohadagi shartnomalarni, bitimlarni faqat davlat idoralari emas, balki mulkchilikning boshqa shakllariga asoslangan turli birlashmalar, korxona-tashkilotlarga ham tuzish imkoniyati berildi.
Ushbu omillarni hisobga olgan holda respublikada tashqi iqtisodiy faoliyat va xalqaro moliya munosabatlarini boshqarish tizimi shakllanmoqda hamda uning tarkibiy qismiga kirgan tashkilotlar faoliyati takomillashtirilmoqda.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarishning tarmoq tashkilotlari tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchi vazirliklar, idoralar, yirik korxonalar va tashkilotlarning maxsus idoralar, yirik korxonalar va tashkilotlarning maxsus bulnmalaridan tashkil topgan. Ular tarmoq, idora, korxona va tashkilotlar tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirish dasturini ishlab chiqadi, xorijiy sheriklar bilan shartnoma va bitimlar tuzadi, tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishning aniq yo‘nalishlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar tayyorlaydi. Ushbu tashkilotlarga: Davlat kimyo sanoati kontserni, Davlat metallurgiya sanoati kontserni, «Uzbeksavdo» uyushmasi, «Uzdonmahsulot», «Uzavtotrans», «O‘zbekiston temir yo‘llari», «O‘zbekiston havo yo‘llari», «Dori-darmon» hissadorlik uyushmasi va boshqalar.
Tashqi iqtisodiy faoliyat boshqarilishida funktsional tashkilotlar ham muhim rol o‘ynaydi.
Butashkilotlarga: Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy Bank,
29
Davlat soliq qo‘mitasi, Mexnat vazirligi, Davlat texnika qo‘mitasi va boshqalar kiradi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning bilvosita iqtisodiy usullari ichida bojxona bojlari va tariflari juda muhim hisoblanadi. Ular yordamida xalqaro munosabatlarning kkrinishlaridan biri bo‘lgan tashqi savdo tartibga solinadi. Tariflarni o‘zgartirish orqali davlat eksport va importni rag‘batlantirishi yoki qisqartirishi, uning tuzilishini vujudga keltirishi, bu orqali esa, milliy ishlab chiqarish va iste‘mol munosabatlariga ta‘sir etishi mumkin.
Bojxona tariflari, asosan, milliy darajada qo‘llaniladi va bunda qator vazifalarni bajaradi.
Fiskal, ya‘ni davlat byudjeti daromadlarini to‘ldirish manbai bo‘lib xizmat
qiladi;
Protektsionistik, ya‘ni milliy ishlab chiqaruvchilarni chet el raqobatidan himoya qiladi;
Boshqaruv, ya‘ni iqtisodiyot tuzilishini qayta qurishni boshqarish vositasi hisoblanadi va ular yordamida mamlakat iqtisodiyotidagi ilg‘or siljishlar rag‘batlantiriladi.
Shunday qilib, bojxona bojlari va tariflari milliy darajada bo ‘lgani kabi millatlararo darajada ham, tashqi savdoni tartibga solishning muhim vositalari hisoblanadi.
Xalqaro moliya munosabatlariga kadrlar tayyorlash sohasida ham, bir qancha
murakkab vazifalar qo‘yilgan edi. Bu vazifalarga quyidagilarni kiritish mumkin:
respublikamizda faoliyat yuritayotgan institut va universitetlarning tashqi iqtisodiy munosabatlari, xalqaro marketing va menejment bulimlarida qo‘shimcha o‘quv-konsalting markazlarini tashkil etish;
universitet va unstitutlarning ukituvchi kadrlarini tayyorlash va malakasini oshirish;
iqtisodiyotning turli sohalarida faoliyat ko‘rsatyotagan raxbar xodimlar va mutaxassislarni tashqi iqtisodiy tarkibda ish olib borishlarini ta‘minlash, malakasini
30
oshirish;
chet el universitetlarida va kompaniyalarida ukish va amaliyotga borishni tashkil etish va hokazolar.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning yangi strategiyasi iqtisodiyotning tarkibiy qismidagi inqirozni yengib o‘tish, iqtisodiy taraqqiyot va xalqaro mehnat taqsimotida, jahon savdosida yuqori sifatli mahsulotlar bilan ishtirok etish hamda tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish asosiy vazifalardandir. Buning uchun:
Birinchidan, eksport saloxiyatini tiklash, rivojlantirish va eksport tarkibini yaxshilash. Buning uchun, qisqa fursat ichida eksportga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarishni kuchaytirish, bu yerda nafaqat xom-ashyomiz va tabiiy resurslarimiz hisobiga balki, ilmiy-texnikaviy bilimlarimiz, arzon ishchi kuchi hisobiga, ishlab chiqarishning ustuvor sohalarini rivojlantirish hisobiga erishish kerak.
Ikkinchidan esa, importni ratsionallashtirish muhim vazifalardan biri bo‘lib, bu yerda import siyosati nafaqat aholining turmush tarzi va manfaatlarini ko`zlab, balki iqtisodiyotni yangilash va raqobatbardoshligini ta‘minlashga xizmat qiladi. Mashinasozlik importida imkon boricha tayyor mashinalar, transport vositalari va texnologik asbob-uskunalari ko‘proq foydali kazilmalar kazish ishlari uchun va qayta ishlovchi sohalar uchun sotib olinishi kerak. Importning samarasini oshirilishida yana, O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar o‘rnini bosuvchi va kam xarajatlar sarflanadigan (ya‘ni, bu yerda albatta sotib olish va olib kelish uchun ketgan xarajatlar e‘tiborga olinib) mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish ham asosiy yo‘nalishlardandir.
Uchinchidan, respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning jahon bozorlarida raqobatbardoshligini oshirishdir. Eksport potentsialini kengaytirishda va jahon xo‘jaligiga kirishning integratsiya jarayonida, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar iloji boricha sifatli va kam xarajat qilingan, jahon bozori shartlari va talablarini koniktiradigan darajada bo‘lishi shart. Buning uchun esa, asta-sekinlik bilan ichki va jahon ishlab chiqarish andozalari va mahsulotlar sifatini
31
bir-biriga yaqinlashtirish kerak.
To’rtinchidan, texnologiyani yangilash va kengaytirilgan ishlab chiqarish saloxiyatini tashkil qilishga chet el investitsiyalarini jalb qilish. Chet el kreditlari uzoq muddatli va katta masshtabli investitsiyalarni ta‘minlashning yagona manbasi ekanligi ma‘lumdir. Bu masalada aniq bir maqsad sari intilish kerakligini ta‘kidlab o‘tish lozim.
Respublikada chet el sarmoyalarini siyosiy va iqtisodiy riskdan sug‘urta qiluvchi institutlar yaxshi ishlamasa, chet el investitsiyasining respublikamizga kirib kelishi qiyinlashadi. Shuning uchun, respublikamizda chet el investitsiyasi uchun qulay shart-sharoitlar, aniq maqsad sari yo‘naltirilgan vazifalar yo‘lga qo‘yilishi zarur.
Beshinchidan, O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash. Xalqaro moliya munosabatlari sohasi shartlari tashkil etilishida iqtisodiy xavfsizlik asosiy rollardan birini o‘ynaydi. Milliy xavfsizlikni ta‘minlashda tartibga solishning asosiy 3 xil ko‘rinishi mavjud:
Valyuta nazorati.
Eksport va import nazorati.
3. Xom-ashyoning strategik turlari olib chiqilishini tartibga solish.
Ushbu sohalarning o‘ziga xos shakllari va tartibga solish uslublari mavjud. Albatta, yuqorida keltirilgan fikr-mulohazalarga, tahliliy qarashlarga hamda nazariy xulosalarga ustuvor yo‘nalish sifatida e‘tibor berish, shak-shubxasiz xalqaro moliya munosabatlami rivojlantirish uchun xizmat qiladi.
32
BOB. VALYUTA SIYOSATI, VALYUTA TIZIMI, VALYUTA BOZORI VA VALYUTA OPERATSIYALARINING XALQARO MOLIYA
Do'stlaringiz bilan baham: |