2.BMT, EXHT bilan hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi.
Xalqaro munosbatlarning hozirgi rivojlanish bosqichida Birlashgan Millartlar tashkilotining tutgan o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. O‘zbekiston ushbu tashkilotga 1992 yil 2 martida teng huquqli a’zo bo‘lib kirdi. BMTning ixtisoslashtirilgan muassasalari tizimi mavjud bo‘lib, O‘zbekiston ularni deyarli barchasining faoliyatida faol ishtirok etmoqda. Bular quyidagilar hisoblanadi: BMTning ta’lim, fan va madaniyat masalallari bo‘yicha tashkiloti (YUNESKO), Xalqaro Mehnat tashkiloti (XMT), Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) va boshqalar1.
Bu vokea respublikaning mustaqil davlat sifatida xalqaro hamjamiyatda munosib o‘rin olishida ham katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 1993 yil fevral oyiga kelib Toshkentda BMT vakolatxonasi ochildi. Xuddi shu yili Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 48-sessiyasidagi O‘zbekiston Birinchi Prezidenti I.A. Karimov ma’ruza qildi.Birinchi Prezident I.A. Karimov bu ma’ruzasida Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalari bo‘yicha BMTning doimiy ishlaydigan seminarini chakirish, BMT xavfsizlik kengashida yuzaga kelayotgan mojarolarni taxlil qilish va istiqbolni belgilash bo‘yicha maxsus guruh tuzish, Markaziy Osiyoni yadrosiz zona, deb e’lon qilish, bu mintaqada kimyoviy modda hamda bakteriologik qurolni taqiqlash bo‘yicha xalqaro nazorat o‘rnatish, Markaziy Osiyoda narkobiznesga qarshi hamkorlikda kurashish uchun BMTning mintaqaviy komissiyasini tuzish, Orol muammosini hal qilish masalasi bo‘yicha BMTning maxsus komissiyasini tuzish kabilarni aytib o‘tdi2.
O‘zbekiston Respublikasining BMT bilan o‘zaro ko‘p tomonlama hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari bu–xavfsizlik, tahdidlarga qarshi kurashish, ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatmaslik, Afg‘oniston masalasini tinch yo‘l bilan hal etish, bu mamlakatni qayta tiklash, ekologik muammolarni bartaraf etish, Markaziy Osiyoni yadro qurolidan xoli hudud sifatida e’tirof etish, Orol fojeasi oqibatlarini bartaraf etish, ta’lim, fan va madaniyatni rivojlantirish, tarixiy an’analar, tarixiy shaxslar va me’moriy yodgorliklarni asrash, qayta tiklash, ularni umumbashariy obidalar sifatida jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasini e’tirof etish va boshqalardir. Bu borada O‘zbekiston BMT doirasida ko‘plab tashabbuslarni ilgari surdi. O‘zbekiston tashabbusi bilan BMT doirasida 1997 yilda Afg‘oniston muammosi yuzasidan “6+2 guruhi” muloqot guruhini tashqil etildi, Markaziy Osiyo Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud, deb e’lon qilindi, Orol muammosi va mintaqaviy ekologik masalalar yuzasidan bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekistonda BMTning 2000–2015 yillarga mo‘ljallangan Mingyillik rivojlanish maqsadlari (Millennium Development Goals) amalga oshirildi hamda 2015–2030 yillarga mo‘ljallangan Barqaror rivojlanish maqsadlari (Sustainable Development Goals) global dasturi yuzasidan turli tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Keyingi yillarda BMT va O‘zbekiston hamkorligi yangi bosqichiga ko‘tarilgan. Xususan, 2017 yil 19 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev AQSHda bo‘lib, BMTning 72-sessiyasida nutq so‘zladi.Mazkur nutq O‘zbekistonning BMT doirasidagi xalqaro tashabbuslarida yangi tendensiyalarni namoyon qildi. O‘zbekiston Prezidenti o‘z nutqida mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotidagi o‘zgarishlar hamda aniq va asosli manbalarga ega bir nechta tashabbuslarni ilgari surdi3.
Ya’ni globallashuv va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgan bugungi sharoitda yoshlarga oid siyosatni shakllantirish va amalga oshirishga qaratilgan umumlashtirilgan xalqaro huquqiy hujjat – BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish, BMT Bosh Assambleyasining “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyusiyasini qabul qilish, BMT Xavfsizlik Kengashini bosqichma-bosqich isloh qilish kabi global xarakterdagi takliflari jahon jamoatchiligida katta qiziqish uyg‘otdi.
O‘zbekiston Respublikasining jahondagi yirik xalqaro tashkilot BMT bilan hamkorligi masalalari va bu boradagi yutuqlar O‘zbekistonning eng yangi tarixi sahifalarida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, uni yanada boyitdi.
O‘zbekiston BMTga a’zo bo‘lib kirganmdan so‘ng EHHTning Pragadagi yigilishida MDX tarkibidagi davlatlarni ushbu tashkilotga a’zo bo‘lib kirishi masalasi kutarildi. 1992 Yil 26 fevralga kelib O‘zbekiston ham bu tashkilot kengashining yakunlovchi xujjatiga imzo chekdi. O‘zbekistonning 1996 yil Lissabon sammitida ishtiroki respublika rahbariyatining xavfsizlik doirasiga kiruvchi karashlarini bayon etishga ham imkon berdi. Unda O‘zbekiston rahbariyati tomonidan “xavfsizlikning, shu jumladan, Yevropa xavfsizligining chegarasi yuk.Shundan kelib chiqqan holda, bizning fikrimizcha, Evropada xavfsizlik va Hamkorlik tashkilotining roli, ahamiyati, kolaversa, ma’suliyati Evropa bilangina chegaralanib qolmasligi, undan tashqaridan kelayotgan xavfni ham hisobga olishi kerak bo‘ladi», deb aytilgan so‘zlari alohida ahamiyat kasb etdi.1996 yil 18-19 noyabr kunlari mazkur tashkilotga a’zo 54 mamlakat rahbarlarining Turkiyaning Istambul shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvida Evropada xavfsizlik va hamkorlikni mustahkamlashning asosiy tamoyillari ishlab chiqildi. Mazkur yig‘ilishda Birinchi Prezident I.A.Karimov global ahamiyatga ega bo‘lgan terrorizmga qarshi markaz tuzish xaqidagi taklifini kiritdi va turli kabih niyatdagilarga yordam berayotgan tashkilotlarni ildizi bilan yo‘qotish orqaligina mamlakatlar xavfsizligini ta’minlash mumkinligini alohida ta’kidladi. XX asr oxiri XXI asr boshlari xalqaro terrorizmga qarshi keskin kurash davri bo‘ldi. Bu kurashga O‘zbekiston o‘zining katta hissasini qo‘shmokda. Buni AQSH senatorlaridan Liberman tasdiklab: “O‘zbekiston siz bizning Affohistondagi aksilterrorchilarga qarshi kurashimiz muvaffaqiyatli bo‘lmas edi”, deydi4.
Konferensiya davomida 80 nafar ishtirokchi, shu jumladan, jurnalistlar, hukumatlar, fuqarolik jamiyati tashkilotlari vakillari va ilmiy doiralar vakillari xalqaro ekspertlar bilan Markaziy Osiyoda OAV erkinligining joriy muammolarini muhokama qilib oldilar.Misol uchun, anjumanda OAV tarqatish tendensiyalari masalalari, raqamli muhit hamda adovatni avj oldirish sharoitida OAV erkinligini himoya qilish bilan bog‘liq mummolar ko‘tarildi.Forumda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston vakillari ishtirok etishdi5.
Ushbu xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yishi mamlakatimizning xalqaro maydondagi siyosiy mavqeiga, keng hamkorliklar yo‘lidan ilgarilab borishiga shubhasiz ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Bu xalqaro tashkilotlarning ko‘plab vakillik organlarining poytaxtimiz Toshkentda muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatayotganligi ham shundan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |