Viloyat yengil sanoati tarmog’ida 16 ta yirik, 49 ta kichik korxona, 195 ta
mikrofirma, 55 ta yordamchi xo’jalik hamda 1100 ga yaqin oilaviy xo’jaliklarida
mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Mazkur korxonalarning 15 tasi yirik va 11 tasi
kichik qo’shma korxonalar bo’lib, ular Turkiya, Koreya, AQSH, Singapur, Xitoy
kabi davlatlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan. Ammo barcha qo’shma
korxonalarda ham investitsiyalardan foydalanish darajasi bir xil emas.
Masalan, “Namangantekstil” OAJ korxonasi 2006 yilda Koreyaning “HAIN
TEX CO” LTD korxonasiga ustuvor rejaga ko’ra, 32,24 mln. AQSH dollari
miqdorida investitsiyalar kiritish sharti bilan sotilgan edi. Biroq, “HAIN TEX”
Koreya korxonasi tomonidan investitsiyalarni kiritish boshlang’ich 4 yil davomida
40 foizni tashkil etdi xolos (2.3-jadval).
2.3-jadval
“HAIN TEX” xorijiy korxonasiga jalb etiladigan investitsiyalar va unga
mos holda mahsulot ishlab chiqarish ko’rsatkichlari
Yillar
Reja (ming AQSH
dollari)
Amalda (ming AQSH
dollari)
Ip-kalava ishlab
chiqarish (tonna)
2008
10000,0
8299,0
1646
2009
0,0
43,0
3215
2010
1500,0
1012,0
2991
2011
11500,0
0,0
2421
Jami
23000,0
9354,0
10273
Hamkorlar fikricha, jahonda vujudga kelgan iqtisodiy inqiroz va xom
ashyo narxining jahon bozorlarida ko’tarilishi hamda Janubiy Koreya Respublikasi
banklari tomonidan bu tarmoqqa xorijiy kreditlar ajratishda limitlarni
chegaralanganligi sababli shartnoma ko’rsatkichlari bajarilmadi. Belgilangan
davrda loyiha amalga oshirilgan taqdirda esa, 2017 yilga borib, 27 ming tonna ip-
kalava ishlab chiqarilgan va 3000 ta yangi ish o’rinlari yaratilgan bo’lar edi.
Holbuki, 2011 yilda korxona 2421 tonna ip-kalava ishlab chiqargan va eksport
rejasini atigi 10 foizga bajarilgan xolos.
Tahlillar natijasidan ko’rinadiki, korxonaning investitsion faoliyati unchalik
samarali emas.
Har qanday investitsiyalardan foydalanish samaradorligi bu – korxonaning
marketing faoliyati qay darajada tashkil etilganligiga bevosita bog’liqdir. SHuning
uchun bankrotlikka uchragan qo’shma korxonalar faoliyati tahlil qilinganda - olib
kirilayotgan ayrim texnologiyalarning mahalliy xom ashyolarni qayta ishlashga
mos kelmasligi; - mahsulotlarni ichki va jahon bozorlarida sotish imkoniyatlari
o’rganilmaganligi; - mahsulotlar raqobatbardoshligi va xalqaro standartlarga mos
kelishi oldindan aniqlanmaganligi asosiy sabab bo’lganligi oydin bo’ldi.
Fikrimizcha, viloyat iqtisodiyotiga jalb etilayotgan investitsiyalardan
foydalanish samaradorligini oshirish bo’yicha quyidagi tadbirlarni amalga oshirishi
maqsadga muvofiq bo’lur edi:
- iqtisodiyotning asosiy soxalari bo’yicha maxsus ilmiy-amaliy ishchi
guruhlari shakllantirilishi va ularga viloyat boshqarmalari, olimlar va yetakchi
korxonalar vakillari jalb etilib, har bir yangi loyihalarni oldindan tahlil qilishi va
tegishli xulosalar tayyorlash, tavsiyalar berish lozim;
- qo’shma korxonalarning faoliyatlari samaradorligini oshirish masalalari
ularning rahbarlari va xodimlari malakasini o’z soxalari bo’yicha yangi texnika-
texnologiyani chuqur o’zlashtirish bilan birga marketing va reklamaning
fundamental tamoyillarini ham o’rganishlari talab etilmoqda. SHuning uchun har
bir korxonada marketing bo’limi faoliyati yo’lga qo’yilishi shart. Bizning mazkur
ishlanma-modelimiz zamonaviy bozor talablaridan kelib chiqqan va
korxonalarning marketing faoliyati samaradorligini oshirishga imkoniyatlar
yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: