Uchun qulay investitsiya muhitining yaratilgani asosiy omil bo’lib kelmoqda


birinchidan, aynan ko’rib chiqilayotgan tizim komponentlarining yig’indisi sifatida; ikkinchidan



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/50
Sana24.08.2021
Hajmi1,21 Mb.
#154782
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   50
Bog'liq
iqtissodiyotga xorijiy in vestitsiyalar jalb qilishning mintaqaviy xusuiyatlari

birinchidan, aynan ko’rib chiqilayotgan tizim komponentlarining yig’indisi

sifatida; ikkinchidan, turli darajadagi bo’g’inlarning tabaqalanishi nuqtai

nazaridan – mamlakat, mintaqalar, tarmoqlar va korxonalar darajalari bo’yicha.

Bugungi kunda ishlab chiqilayotgan va amalga oshirilayotgan mintaqalarni

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari bir qator uslubiy kamchiliklarga ega

bo’lgan holda mintaqaning moliyaviy, resurslar va tashkiliy salohiyatlaridan,

mavjud investitsion mexanizmlar, texnologiyalar va dastaklarning barcha

imkoniyatlaridan optimal darajada foydalanish imkoniyatini bermayapti, ya’ni

mintaqaga qo’shimcha investitsiya resurslarini jalb qilish va hududiy dasturlarni

moliyalashtirishning nobyudjet manbalaridan foydalanish imkoniyatlarini

bermayapti.

Bizningcha, mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari

mintaqaviy byudjet va moliyaviy rejalashtirishga, maqsadli hududiy va

hududlararo dasturlarni moliyalashtirishning real manbalari (shu jumladan,

nobyudjet manbalarga) hamda ularni real amalga oshirish mexanizmlarini

ta’minlashda dasturiy va investitsion yondashishga asoslangan bo’lishi lozim.

Mintaqalarga investitsiyalarni jalb qilish uchun yuqori imkoniyatga ega

bo’lgan investorlar tomonidan birinchi navbatda mintaqalarning investitsion

jozibadorligi reytingiga e’tibor qaratiladi. Reyting esa mintaqalarning ob’ektiv

imkoniyatlari (investitsiya salohiyati) va investorlarning faoliyat yuritishlari uchun

shart-sharoitlardan (investitsiya tavakkalchiligi) kelib chiqqan holda hisob-kitob

qilinadi.

Mintaqalarning investitsion jozibadorligini baholash ishlarini amalga

oshirishda, quyidagilar asosiy tamoyillar bo’lishi lozimdir: ishonchlilik,

majmuaviylik, dolzarblik, qiyosiylik va barqarorlik, qulaylik, ochiq-oydinlik,

mintaqalarning investitsion jozibadorligini baholash mezonlarining o’zaro




muvofiqligi va o’zaro bog’liqligi.

Investitsion jozibadorlikni baholash uchun quyidagi mintaqaning

investitsion jozibadorligini aks ettiruvchi 23 ta ko’rsatkichlar asosida 100 ballik

baholash tavsiya etiladi (6-ilova).

Ushbu tanlab olingan ko’rsatkichlardan kelib chiqqan holda aytish

mumkinki, bizningcha bu ko’rsatkichlar mintaqaning investitsion jozibadorligini

kompleks baholash imkoniyatini beradi.

Mintaqada Farg’ona viloyati imkoniyatlarini bunday baholash maqsadida

(ekspert usuli) ekspert bo’ltb Qo’qon davlat pedagogika instituti va FarDU

professor-o’qituvchilari va magistrlari ishtirok etdi (jami 15kishi). Tahlillar shuni

ko’rsatadiki, viloyatda investitsion jozibadorlikni belgilovchi asosiy

ko’rsatkichlarning  barchasi ham yuqori ballarga ega emas.

Taklif etilayotgan tizimda omillarni ko’rsatuvchi mutloq ko’rsatkichlar

asosida har bir ko’rsatkichning respublika bo’yicha jamiga nisbatan ulushi va

ularning respublika bo’yicha tegishli o’rtacha ko’rsatkichga nisbati hisob-kitob

qilinadi. Ko’rsatkichlarni umumlashtirish orqali yuqorida keltirilgan to’rt

yo’nalishning integral ko’rsatkichlari hisoblanadi. Ushbu to’rt yo’nalishdagi

integral ko’rsatkichlarni umumlashtirish asosida esa mintaqa investitsion

jozibadorligining integral darajasi aniqlanadi.

Mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida va tabiiy-iqtisodiy

resurslarning ta’minlanganligi darajasiga ko’ra, investitsiyalar hajmining ortib

borishi kuzatiladi. Tadqiqotda ilgari surilgan mintaqalarning investitsion

jozibadorligining integral darajasini Farg’ona vodiysi viloyatlari ichida tabiiy,

ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati bo’yicha alohida ajralib turuvchi Farg’ona viloyati

misolida ko’rib chiqish maqsadga muvofiq, deb topildi.

Ma’lumotlarga taxliliga ko’ra, respublika miqyosida investitsiyalardan

foydalanish darajasi respublikaning jami investitsiyalar hajmiga nisbatan Farg’ona

viloyatining investitsiyalardagi ulushi 2000-2010 yillarda o’rtacha 6,5 foizni

tashkil etmoqda. Jalb qilingan investitsiya resurslari viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy

rivojlanishiga yo’naltirilgan. SHuningdek, mintaqa investitsiya resurslaridan




foydalanish darajasi bo’yicha 5-o’rinni egallamoqda. Tadqiqot yillari davomida

viloyatga kiritilgan investitsiyalarning o’rtacha o’sishi 102,1 foizni tashkil etgani

holda respublika ko’rsatkichlari o’sishi darajasidan 2,8 foizga ortda qolmoqda.

Farg’ona viloyatida qurilish ishlarini o’sish sur’ati esa respublika miqyosiga

nisbatan 2,5 foizga oshikni tashkil etib, o’rtacha o’sish sur’ati 108,5 foizni aks

ettirgan.

Farg’ona viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi shuni ko’rsatmoqdaki,

mintaqada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining o’rta va uzoq muddatli strategik

dasturlar ishlab chiqish va uni amalga oshirishning muhim yo’nalishlari quyidagi

tamoyillarda o’z aksini topadi:

-

umummilliy manfaatlarni va mamlakat miqyosida iqtisodiy islohotlarni



chukurlashtirishning ustuvor yo’nalishlarini hisobga olish;

-

yagona iqtisodiy hududni tashkil etish va mintaqalararo iqtisodiy



integratsiyani rivojlantirish;

-

xar bir hudud tabiiy-iqtisodiy salohiyatlarining o’ziga xos xususiyatlarini,



ularning raqobat ustuvorliklarini, mintaqaviy iqtisodiyotni klasterlashtirish

imkoniyatlarini hisobga olish;

-

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishning qonuniy-



huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy mexanizmlarini shakllantirish, turli mintaqaviy

darajalarda raqobatbardoshlikni kuchaytirish.

Mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi ko’p jihatdan investitsion

jozibadorlik bilan belgilanadi. Viloyatning investitsion jozibadorligi

moliyalashtirish manbalarini markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan

investitsiyalar hajmi va ularni o’zlashtirilishi bilan ifodalanadi.

Farg’ona viloyati shahar va tumanlarida 2000-2011 yillar davrida

investitsiyalarning o’sish sur’ati o’rtacha 112,2 foizni tashkil etdi.

Investitsiyalarning o’sish sur’ati viloyatning barcha shahar va tumanlarida

kuzatildi. Jumladan, Farg’ona shahrida o’rtacha 12,6 foizga, Qo’qon shahrida 33,9

foizga, Quvasoy shahrida 75,0 foizga, Marg’ilon shahrida 48,0 foizga oshgan.

Biroq, shunday bulsada, viloyatning investitsion jozibadorligini oshirishdagi




qator muammolar uchramoqda, jumladan viloyatning shaharlariga ko’prok e’tibor

qaratilgani holda ayrim quyi tumanlarga mahalliy va chet el investitsiyalarini jalb

qilish darajasi o’ta pastligicha qolib ketmoqda. Bu esa mintaqaning ushbu

tumanlari ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rivojlanishiga to’skinlik qilmoqda.

Viloyatda kiritilgan umumiy investitsiyalarning asosiy qismi ishlab chiqarish

sohalariga yo’naltirilgan bulib, 2000-2011 yillarda o’rta hisobda 60,8 foizni tashkil

etgan. Ishlab chiqarish tarmoqlarini investitsiyalardagi ulushining ko’prog’i sanoat

tarmog’i hissasiga to’g’ri keladi, bu ko’rsatkich o’rtacha 38,0 foizni tashkil

qilmoqda (3.1-jadval).


Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish