2.3-rasm
2000-2012 yillarda Farg’ona mintaqasi viloyatlarining
YaIMdagi ulushi, jamiga nisbatan foizda
7,4
7,8
7,3
6,9
6,6
7
7,2
7
5,7
5,7
5,5
6,1
6,3
5,3
5
4,9
4,8
4,6
4,5
4,5
4,3
4
4,1
4,1
3,8
3,9
11,5
10,1
9,8
9,1
8,9
8,9
8,9
9,4
8,3
7,6
7,1
7
6,8
0
2
4
6
8
10
12
14
2000 2001 2002 2003 2004 2005 2006 2007 2008 2009 2010 2011 2012
Andijon
Namangan
Farg'ona
Rasm O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari asosida dissertant
tomonidan tuzildi.
Mintaqa viloyatlarida YaHM ishlab chiqarish hajmi o’sish davrlarini
quyidagilar bilan bog’lash mumkin. CHunonchi, Namangan viloyatida bu davr
1998-2000 yillar oralig’iga to’g’ri kelib, bunda 1998 yilda Vazirlar Mahkamasi
tomonidan qabul qilingan “1998-2000 yillarda Namangan viloyatini ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish dasturi” asosida viloyat iqtisodiyotiga yo’naltirilgan
investitsiya pirovardda YaHM hajmining sezilarli darajada oshishiga sabab bo’ldi.
Andijon viloyatining respublika YaIMdagi ulushining o’sish davri 1995-
2001 yillar oralig’ini o’z ichiga oladi. Bu davrda viloyatning YaIMdagi ulushi 34,4
foizga oshgan bo’lib, asosan, katta hajmdagi investitsiya oqimi (avtomobilsozlik
majmuasining barpo etilishi bilan bog’liq), respublika hukumatining mahalliy xom
ashyo asosida eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni rag’batlantirishga
qaratilgan “mahalliylashtirish” dasturi, amalga oshirilgan chuqur tarkibiy
o’zgarishlar hamda innovatsion yutuqlar asosida qishloq xo’jaligida intensiv
rivojlanish ko’rsatkichlariga erishilganligi bilan bog’liq.
Farg’ona viloyatining YaIMdagi ulushi 1999 yilda eng yuqori darajada
kuzatilgan bo’lsada, umumiy holda o’sish davri 1997-2001 yillarga to’g’ri kelib,
an’anaviy sanoat ishlab chiqarishining modernizatsiyalashuvi hamda tarmoqqa
xorijiy investitsiyalarning jalb qilinishi bilan bog’liq. Birgina, 2000-2001 yillarda
viloyatda natural ko’rsatkichlarda paxta gazlamalari ishlab chiqarish hajmi 4,5,
poyafzal ishlab chiqarish 1,4, oziq-ovqat sanoatida un 10,6 va etil spirt ishlab
chiqarish 12 martaga oshgan
7
.
Mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi ko’p jihatdan shu mintaqada
mavjud bo’lgan resurs va infratuzilmalar tizimi bilan nisbatan yuqori darajada
«jihozlanganligi» uning tez rivojlanishiga muhim sharoit yaratadi. Farg’ona
vodiysining potentsial imkoniyatlari eng avvalo mehnat resurslarining soni, ishlov
beriladigan yer maydoni, asosiy ishlab chiqarish fondlari quvvatining bir muncha
yuqoriligida va avtomobil yo’llarining zichligida namoyon bo’ladi. Respublikada
ishlov beriladigan yer maydonining 20%i, asosiy fondlarning 25%ga yaqini
mintaqa hissasiga to’g’ri keladi. Respublikada avtomobil yo’llarining zichligi
jihatidan Farg’ona vodiysi yetakchi o’rinni egallaydi. Respublikamizda avtomobil
yo’llarining zichligi har bir km. kv.ga 100 m.dan to’g’ri kelsa, vodiyda bu o’rtacha
500 m.ni tashkil etadi. Mazkur ijobiy ko’rsatkich bir qarashda ijobiy baholansada,
aholining zichligiga nisbatan taqqoslaganda buni ko’p, deb ayta olmaymiz.
CHunki Farg’ona vodiysi aholi zichligi bo’yicha respublika o’rtacha
ko’rsatkichidan 7-8 marta ko’pdir. SHuning uchun ham infrastruktura tizimini
yaxshilashda yo’l qurilishiga e’tibor qaratish mintaqa salohiyatidan samarali
foydalanish imkoniyatini oshiradi.
7
G’ofurov A. Mintaqa iqtisodiyoti asoslari. /O’quv qo’llanma. – Farg’ona, “Farg’ona” nashriyoti, 2006 y.
61-bet
Farg’ona vodiysi iqtisodiy salohiyati va ijtimoiy-iqtisodiy
ko’rsatkichlarining hududiy tarkibini tahlili quyidagi holatlarni aniqladi:
· mintaqa jami milliy boylik ko’rsatkichining qariyb 39,9 %i Andijon viloyati,
33,3 %i Farg’ona viloyati va 27,4 %i Namangan viloyati hissasiga to’g’ri
keladi. Mintaqa zahiraviy salohiyatining esa 40 %i Andijon viloyati, 31,7 %i
Farg’ona viloyati va 28,3 %i Namangan viloyati hissasiga to’g’ri keladi;
· mintaqadagi uchta viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlanish darajalari
va sur’atlarining tahlili nomo’tanosibliklar mavjudligini ko’rsatdi. 2004 yilda
mintaqa jami yalpi ichki mahsulotining 42,9 %i Farg’ona viloyati, 35,0 %i
Andijon viloyati va 22,1 %i Namangan viloyati hissasiga to’g’ri kelgan, ayni
vaqtda tadrijiy o’sish sur’tlariga nazar solsak, umuman boshqacha holatni
ko’rishimiz mumkin. Jumladan, Farg’ona viloyati yalpi ichki mahsulot ishlab
chiqarish ko’lami jihatidan mintaqada peshdaqamlik qilgani bilan, lekin o’sish
sur’atlari jihatidan orqada qolmoqda;
· YaIM ishlab chiqarishning so’nggi besh yilda o’rtacha yillik o’sish sura’ti
Andijon viloyatida 104,1 %ni, Namangan viloyatida 105,2 %ni, Farg’ona
viloyatida 103,2 %ni tashkil etmoqda. Aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi YaIM
indekslari respublika ko’rsatkichidan past bo’lib, 2004 yilda Andijon viloyatida
0,572ni va Farg’ona viloyatida 0,759 ni tashkil etgan.
Viloyatlarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati va rivojlanish darajalarining
uzviy tahlili viloyatlar miqiyosida quyidagi muammolarning mavjudligini aniqlash
imkoniyatini berdi. CHunonchi, Andijon viloyatida aholi jon boshiga to’g’ri
keluvchi YaIM indeksi zahira potentsiali indeksidan biroz pastroq (1,06<1,086).
Bu esa mavjud tabiiyg’iqtisodiy imkoniyatlardan foydalanishni intensivlashtirish
zaruriyatini ko’rsatadi. Farg’ona viloyatida aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi
YaIM indeksi hudud zahira potentsiali indenksidan ancha baland (1,08>0,70).
Demak, bu hududda mavjud tabiiy-iqtisodiy potentsialdan foydalanish
samaradorligi ancha yuqori. CHunki sanoat ishlab chiqarishining va ishlab
chiqarish infrastrukturasi ob’ektlarining asosiy qismi shu yerda joylashgan.
Iqtisodiy salohiyatdan foydalanish samaradorligi yuqori bo’lishiga qaramay bu
hududda ham muammolar yetarli darajada. Jumladan, asosiy fondlarning aksariyat
qismi ancha eskirganligi bir muncha murakkab vaziyatlarni yuzaga keltirmoqda.
Aynan mana asosiy fondlar hisobiga ham viloyatning aholi jon boshiga to’g’ri
keluvchi zahiraviy potentsiali ko’rsatkichi nisbatan kam bo’lmoqda. Boz ustiga
egologik vaziyat ham bir qancha yirik korxonalarni modernizatsiya qilish
zaruriyatini qo’ymoqda
8
.
Viloyatlar uchun umumiy bo’lgan muammolar qatorida yangi ish
o’rinlarining yaratilishi mehnat resurslarining o’sish sur’atlaridan orqada
qolayotganligi, hududlarning bozor iqtisodiyoti elementlarini qabul qilish darajasi
va xo’jalik yuritishning bozor mexanizmlariga moslashuvi darajasining pastligini,
mamlakat va xorijiy investitsiyalar joylashtirilishining hududlararo
nomutanosibliklarini, turli boshqaruv organlarida (tuman, shahar va qishloqlarda)
tashabbuskorlik darajasining pastligi va boshqalarni ko’rsatish mumkin.
Umuman olganda, mintaqaning iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqqan holda
kapital mablag’larni oqilona joylashtirish muhim masaladir. CHunki mintaqa
moliya vositalaridan yuqori darajada foyda keltirish imkoniyati mavjud bo’lgan
hududlardan hisoblanadi. SHuni aytish mumkinki, Farg’ona vodiysida ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyot salohiyatini yanada oshirish uchun katta imkoniyatlar mavjud.
Mana shu mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanilsa mintaqa kelajakda
mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirishda lakomativ funktsiyasini bajarishi mumkin.
Hududning ijtimoiy-iqtisodiy potentsialidan foydalanishni hamda uning
rivojlanishini tahlil va tadqiq etishda statistik ma’lumotlar bilan bir qatorda aholi,
uning turli xil guruhlari va ekspertlar o’rtasida o’tkaziladigan ijtimoiy
so’rovnomalarning ham ahamiyati kattadir. Ushbu usul orqali aholining yashash
sharoiti, turmush tarzi va unga turli xil xizmat ko’rsatishning real holati, ijtimoiy
va ekologik muammolar hmda birong’bir korxona yoki oliy o’quv yurtining
ijtimoiy demografik xususiyatlarini aniqlash, mehnat resurslari tarkibini tahlil
qilishda xodimlar bo’limidagi ma’lumotnomalar o’rganilganligi diqqatga
8
R.Rayimjanov. “Farg’ona vodiysi iqtisodiy salohiyatini baholash” Geog. fan. nom. ilmiy dar.
olish uchun diss. aftoref. -T., 2006. 20 b.
sazovordir (Soliev, Mirzaahmedov, Jumaxanov 2006). O’rni kelganda shuni ham
aytish joizki, qator statistik tahlillar va amaliy kuzatuvlar natijalaridan ko`rinadiki,
Farg’ona vodiysi bo’yicha bozor iqtisodiyoti elementlarining yuqori darajada qabul
qilinmayotganligi va tadbirkorlik faoliyatining muvaffaqiyatli olib borilishi uchun
xalal berayotgan asosiy sabablar moliyaviy resurslarning yetishmayotganligi
hamda ulardan oqilona foydalanilmayotganligi, banklarning fermer va dehqon
xo’jaliklari, kichik va o’rta tadbirkorlar bilan hamkorlikda ish qilish
tashabbuskorligining yo’qligida namoyon bo’lmoqda (X.Ibraximov, 2011).
Tadbirkorlar uchun eng dolzarb muammolardan biri kredit olish masalasi bo’lib
qolmoqda. Demak nafaqat aholi, balki tadbirkorlarda ham bank bilan muomala
qilish madaniyati endi shakllanayapti desak mubolag’a bo’lmaydi degan fikrlarni
o’rgandik. Fikrimizcha, ko’rsatilgan sabablar ma’lum o’rin egallasada, ularning tub
ildizi ko’p jihatdan hozirgi vaqtdagi qonunchilikni yaxshi bilmaslik yoki undagi
talab va manfaatlarni yaxshi tushunmaslik, bozor iqtisodiyoti talabiga adekvat
bo’lgan tadbirkorlik malakasi shakllanmaganligi kabi omillar bilan bog’liq.
Natijada Farg’ona mintaqasi aholisi va iqtisodiyoti asosiy
ko’rsatkichlarining kompleks tahlili qator ijobiy natijalar bilan bir qatorda, mazkur
hududning iqtisodiy-demografik vaziyatidagi murakkablik birmuncha
ortayotganligini ko’rsatmoqda. Ushbu tarmoq iqtisodiyot tarmoqlarining
joylashtirish va rivojlantirishda mintaqa aholisining soniga nisbatan birmuncha tez
o’sayotganligi, hududning cheklanganligi, xususan kishi boshiga to’g’ri keladigan
ekin maydonining nisbatan past darajaga egaligi hamda ayni vaqtda investitsiya
resurslaridan foydalanishdagi qulay imkoniyatlarga yetarli darajada ahamiyat
berilmaganligidan ko’rinadi. Mintaqa aholisining soni va uning zichligi jihatidan
boshqa mintaqalar orasida birinchi o’rinni egallagan holda aholining o’rtacha
o’sish sur’atining yuqori darajadaligi hisobiga uning mamlakatimizdagi ulushi
birmuncha oshdi.
Mintaqa o’zining respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy salmog’iga ko’ra
Toshkent mintaqasidan keyin ikkinchi o’rinni egallasada, lekin tadqiqotlarning
ko’rsatishicha so’nggi yillarda mintaqani mazkur ko’rsatkichining respublikadagi
ulushi tobora kamayib borayotganligini ko’rishimiz mumkin (2.4-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |