24.Bayon yozish namunasi
Bayon yozish uchun ustoz avvalo bir kichik matnni o`qib beradi.
Ana shu matn mazmunini siz o`quvchilar yaxshilab tushunib olib,
Biroz tayyorgarlikdan so`ng yozma ravishda qaytadan hikoyalab
berishingiz lozim.
Hozir birgalikda quyidagi bayon yozish namunasi bilan tanishamiz.
Diloromning buvisi
Rohila xola juda keksayib qolganiga qaramay gazeta va jurnallarni,
katta kitoblarni ko`zoynaksiz o`qiydi. Goho rang-barang ipaklardan
nabirasi Diloromga chiroyli do`ppi tikib beradi. Ayrim bolalarning
buvisiga o`xshab og`zida tishi yo`q emas. Uning hamma tishi butun.
Shaharni piyoda aylanib chiqsa ham charchamaydi. Diloromning
oyisi bilan dadasi ishdan qaytguncha, buvisi uyda o`tiradi. Dilorom
bilan mazali ovqat tayyorlaydi, issiq non yopadi, kitob o`qiydi.
Diloromga ajoyib ertaklar aytib beradi. Dilorom ham aqlli qiz.
Namuna:
Do'stlaringiz bilan baham: |