29.Bayon yozishni mashq qilish
1-mashq.Berilgan matn asosida bayon yozing.Reja tuzib olish
yodingizdan chiqmasin.
Bo`ri
Bo`ri eng yirtqich hayvondir. Shu bilan birga u juda ziyrak.
Uxlaganida ham xavfni sezadi. Ochligida duch kelgan narsaga
hujum qiladi. Bo`ri och qolsa uvillab boshqa bo`rilarni chaqiradi.
To`planib ovqat axtaradi. Ovqat topilmasa, uy hayvonlariga hujum
qiladi. Agar bo`rilar urishib qolishsa, o`lgan bo`rini qolganlari
yeydi.Shuning uchun ham kasal bo`lib qolgan bo`ri boshqalardan
yashirinib oladi.
2-mashq.Quyidagi gaplardagi so`zlardan qo`shimchalar olib
tashlangan.Siz ularni o`z joyiga qo`yishga harakat qiling.
Aslida, bu shaftoli.. suv.. kamroq qo`yishimiz kerak edi.
Buxoro.. tarixiy obidalari.. sayohat.. boshqa kun.. qoldirasizlar.
Bedana.. tuxum.. supermarketlar.. serob bo`lib qolibdi.
Temir.. elektr payvand uskuna.. yordami.. bir-biri.. ulaymiz.
Osiyo.. eng issiq o`lkalari bu Arabiston yarim oroli..
3-mashq.Rasmga qarab karam haqida bir nechta ta’rif yozing. U
haqida yana nimalarni bilasiz?
30.Insho yozishga tayyorgarlik
Insho – ma’lum bir mavzu asosida o`z fikrlarini izchil tarzda, so`z
qo`llashda mahorat bilan, dunyoqarashini ishga solib qog`ozda
bayon etishdir.
Bayondan farqi shuki, bunda matn emas,faqatgina mavzu beriladi
xolos. Ana shu mavzuga bo`lgan shaxsiy fikr-mulohazalaringizni
yozasiz.
Inshoning yana bir jihati borki, siz avval qoralama (xomaki)sini
yozib olasiz.Mabodo, unda xato yoki nuqsonlarni ko`rsangiz,
to`g`irlashga imkon bor.Yoqmagan joyini boshqa jumlalarga
almashtirishingiz ham mumkin. Hammasidan ko`ngil to`q
bo`lgandan keyin esa oq qog`ozga yaxshilab ko`chirib berasiz.
Inshoga ham reja tuzish lozim bo`ladi.Sodda shaklda 4-5 talik
reja yetarlidir.
1-mashq.Hozir biz siz bilan insho uchun berilgan mavzularga
rejalar tuzishga urinib ko`ramiz.
Mening jonajon mahallam
Reja : 1.Men tug`ilgan mahalla bilan tanishuv
2.Mahallamiz aholisi va ko`chalari
3.Mahallamiz tabiati
4.Bizning urf-odatlar
5.Nima uchun faxrlanaman?
Endi mana shu reja asosida qoralama daftaringizga insho yozishni
boshlang. Rejaning har bir qismiga 3-4 qator yozishga harakat
qiling.Yozib bo`lgach, xatolarini tekshiring.
Sizga yordam bo`lishi uchun eslatma :
*Rejaning har bir qismini yozishdan oldin puxta o`ylang, nimalar
haqida yozishingizni.
*Bitta so`zni hadeb takror ishlatavermang.
*Gaplaringiz mazmuni bir-biriga bog`liq va davomli bo`lsin.
*Tinish belgilariga rioya qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |