.Ustma-ust payvand birikmalar:
a) bir tomonlama chokli; b) ikki tomonlama chokli; d) ikki tomonlama ustqo’ymali; e) uchma-uch birikma chokiga o’xshatib bir tomonlama ustqo’ymali; s-payvandlanadigan qirralar qalinligi; pi-ishlatiladigan yuklamaning yo’nalishi.
Payvand birikma har qaysi turining o’z afzalliklari bor.Uchma-uch birikma eng ko’p tarqalgan. Uni payvandlanadigan detallar qalinligining keng diapazonida qo'llash mumkin. Detallar qalinligi millimetrning o‘nli ulushlaridan yuzlab millimetrgacha bo’lishi mumkin. Payvandlashning bu turi dcyarli hamma payvandlash usullarida qoo’llaniladi. Uchma-uch biriktirishda chok hosil qilish uchun qo‘shimcha material kamroq sarflanadi, chok sifatini nazorat qilib turish oson va qulay. Biroq uchma-uch biriktirishda eritib payvandlash uchun detallarni aniqroq yig'ish talab etiladi — qirralar orasidagi tirqishning butun ulanish uzunligi bo'yicha bir xil bo’lishini taminlash zarur. Ayniqsa ulanadigan uzun qirralarni (bir necha metrgacha) va profilli prokat (burchaklar, shvcllerlar va boshqalar)ning qirralarini ishlash va moslash juda murakkabdir.
Burchakli va tavrsimon birikmalar, odatda, payvandlanadigan detallar konstruksiyasining xususiyatlariga qarab belgilanadi, bularni uchma-uch va ustma-ust birikmalar bilan taqqoslash qiyin. Biriktiriladigan detallarning qalinligi katta bo’lganida uchma-uch. burchakli va tavrsimon birikmalarda biriktiriladigan qirralarga ishlov bcriladi bu ishlov qirralarning tola crishini ta’minlaydi. Elektr-shlak usulida payvandlashda. Ba’zi hollarda yoy bilan payvandlashda. qirralar orasidagi tirqishni kattalashtirib ishlov berishning hojati yo‘q.
Qirralarga ishlov berish shakillari:
a) va b) ishlov berishning asosiy shakillari; V-simon va U-simon; d) ishlov berish asosiy shakillariga o’xshatib yasalgan shakillar; α va β –ishlov berish burchaklari; Δ-zayiflashtirilgan joydagi tirqish.
2.2-rasm.Burchakli choklarning tashqi shakillari:
a) tekkis; b)tekkis, katetlarning nisbati K2:K1˂ 1:2; d) qavariq;e) botiq.
Vazifasiga qarab choklar ishchi choklarga. Bog’lovchi choklarga va qo‘shimcha choklarga bo'linadi. Ishchi choklar ish vaqtidagi yuklamalarni qabul qilish uchun. Bog’lovchi choklar detallarni kcrakli vaziyatlarda qotirib qo‘yish uchun zarur. Qo'shimcha choklar ishlov berilgan joyning tcskari tomonidan uni asosiy chok bilan toldirishdan oldin solinadi. Payvand choklar bir va ko“p qatlamli, bir va ikki tomonlama bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |