Uchko’prik tumani 2- IDUMI da o’tkazilgan
,,Hayot shamingni so’ndirma’’ nomli tadbir
SENARIYSI
( Maktab hovlisi tadbirga mos tarzda bezatilgan. O’quvchilar tomonidan giyohvandlik va uning salbiy oqibatlarini ko’rsatib beruvchi chizgan rasmlari ilingan. Buyuklarning giyohvadlik ,kashandalik kabi illatlar haqida bildirgan fikrlari yozilgan.)
Tadbir tashkilotchisi ,,GIYOHVANDLIK (narkomaniya) ASR VABOSI!’’
mavzusida maruza o’qiydi.
Giyohvandlik (Narkomaniya) - (yunoncha narke - karaxtlik va maniya - telbalik, jaxl, shodxurramlik) narkotik va narkotik ta’sirga ega bo’lgan moddalarni iste’mol qilish natijasida kelib chiqadigan kasallik. Giyohvandlik giyohvand moddalarni doimo qabul qilish natijasida vujudga keladi, chunki ushbu xastalik bilan og’rigan kishining jismoniy va ruxiy holati xumorini bosadigan tegishli narkotik modda iste’mol qilishga bog’lik. Narkomaniya organizmda chukur o’zgarishlarga sabab bo’ladi va uni tanazzulga olib keladi. Kasallik asta-sekin rivojlanib borib surunkali davom etadi. Narkotik moddalar dastlab xursandlik, vaktichog’lik, xotirjamlik xissini o’yg’otib,kayf qildirishi sababli iste’mol qilinib bora-bora kasallikka aylanadi. Narkotik modda dozasini o’zboshimchalik bilan o’zgartirib borish, uni tez-tez va uzoq muddat qabul qilish narkomaniyaga olib keladi.
. Narkotik moddaning dozasi ozgina oshishi bilan bemor o’lib qolishi mumkin. Narkomaniyani davolash fakat psixiatriya kasalxonalarida vrachlarninng qattik nazorati ostida olib borilishi kerak.
BMTning narkotik moddalarni nazorat qilish va jinoyatchilikning oldini olish boshqarmasi ma’lumotiga ko’ra, 2009 yili Afg’onistonda 4,100 tonna qora dori yetishtirilgan.
Uning 30 foizdan ko’prog’i MDX davlatlari hududi orqali o’tadi. Narkomafiya faoliyati inson savdosi, noqonuniy mablag’larni yuvish hamda qurol-yaroq kontrabandasi bilan uzviy bog’liq bo’lib, bu hol nafaqat davlatlarning iktisodiy va ijtimoiy muammosi, balki mamlakat xavfsizligi uchun xam xatar tug’dirishini uqtirishadi mutaxassislar.
Giyohvandlikning oqibati:
1979 –yil yanvar 1989-yil noyabr
1-boshlovchi
Ziyo oqqan men yurgan yo’l-yo’lakka,
Shomi iroq zor termulgan o’zbekman.
2- boshlovchi
Dunyolarni o’rantirgan ipaakka,
Tilla qo’ng’iroqli o’zbekman.
1-boshlovchi
-Assalomu alaykum qalbi ummon , mehri daryo ustozlar!
2-boshlovchi
-Assalomu alaykum ilmu ma’rifat shaydolari, sog’lom yurtning sog’lom farzandlari !
1-boshlovchi
-Har qanday farzand bunday yurtda tug’ilganidan faxrlanadi..
Bo’lar elning bolari bolalari bir birin der,
Bo’lmas elning bolalari bir-birin yer.
Bir bo’l endi , qadri baland qaddingni ker,
Xalq bo’l elim, xalq bo’l elim.
2-boshlovchi
- Biz x alqning chinakam farzandlari insonlarning sog’ligiga katta havf solayotgan ichkilikbozlik , kashandalik va butun dunyo uchun katta xavf sanalayotgan giyohvandlikka qarshi birgalikda kurash olib bormog’imiz lozim.
1-boshlovchi
-Jumladan, bizning maktab- internatimiz o’quvchilari ham giyohvandlikka qarshi kurashish maqsadida ,,Hayot shamingni so’ndirma’’ nomli tadbir tayyorlashgan va shu tadbirni birgalikda kuzatamiz.
2-boshlovchi
-Tadbirimizni Vatanni madh etuvchi she’rlar bilan boshlaymiz.
1-o’quvchi
Alp o’g’lonlar o’lkasi bu ko’hna turon
Qalqonlari ,qanotlarri ilm istang.
Yarim jahon bunyod etgan Sohibqiron,
Alisherning avlodlari ilm istang .
( ,,Talabalar madhiyasi’’)
2-o’quvchi
Men dunyoni nima qildim ,
O’zing yorug’ johonim,
O’zim hoqon,
O’zim sulton,
Sen taxti Sulaymonim.
Yolg’izim ,
Yagonam deymi ,
Topingan koshonam deymi,
O’zing mening ulug’lardan
Ulug’imsan, Vatanim.
( ,,Vatanim’’)
3-o’quvchi
Ona yortim O’ZBEKISTONIM,
Poylaringga sadqa bu jonim.
Dunyolari ichra bir dunyo,
O’xshashi yo’q chamanistonim.
Yuragimda bir orzu , havas-
Senga sodiq o’gil bo’lsam bas!..
(,,Chamanistonim’’)
4- o’quvchi
Kimlardir kaftida gul ushlab yurar,
Kimningdir qo’lida palahmon toshi.
Chayqalib turganda dunyo guldirab,
Yurting poyidadir yigitning boshi.
Sevsangiz avval shu Vatanni seving,
So’ng shahlo ko’z-u gulbadanni seving !..
(,,Vatanni seving’’)
1-boshlovchi
- Bu ko’hna dunyoga kimlar kelib ketmagan deysiz. Avvalo, har bir odam Hudoning bandasi, ammo anglab bo’lmas sirli dunyoda biridan yaxshi nom, yaxshi amallar qolsa , biridan dog’, afsus –armonlar qoladi.
2-boshlovchi
-Davraga maktabimizning eng bilimdon o’quvchilarini taklif etamiz .Ular narkomaniya haqida ma’lumotlar beradilar.
1-o’quvchi
-Narkotraffik yo’lining O’zbekiston orkali o’tishi mamlakatdagi yoshlarning SPIDga chalinish hollarini ham ko’paytirgan. Vazirlar Mahkamasi koshidagi giyohvand moddalarni nazorat kilish bo’yicha milliy markaz mulozimlarining bildirishicha, O’zbekistonda 1992 yildan 2005 yil oralig’ida 40 tonnadan ortik nokonuniy giyohvand moddalar ko’lga olinib, yo’q kilingan.
2-o’quvchi
-Narkotraffik yo’lining O’zbekiston orkali o’tishi mamlakatdagi giyohvandlar sonining xam ortib borishiga olib kelayotgani aytiladi.Boshqa davlatlardagi singari, O’zbekistonda xam narkotik moddalar iste’mol kiluvchilarning asosiy kismini yoshlar tashkil etayotgani mutaxassislarni tashvishga solgan. Ayni paytda respublikada faoliyat yuritayotgan Birlashgan millatlar tashkiloti, Amerika ko’shma shtatlari, Yaponiya va boshqa bir qator davlat tashkilotlari o’z faoliyatlarini yoshlarni narkotik moddalar iste’molidan kaytarish, giyohvandlarning VICH infektsiyasi yuqtirib olishiga qarshi tadbirlarga qaratmoqdalar.
3-o’quvchi
-"Vorld Vijen" Yaponiya hamda Yaponiyaning JAYKA tashkiloti loyixasi yoshlar orasida SPID va giyohvandlikning oldini olish hamda targ’ibot ishlariga qaratilgan. Loyixaning maqsadi adashibmi yo bo’lmasa bir yoshlik qilib, sho’xlik qilibmi giyohvandlikka duch kelgan, o’shasiz turolmaydigan bo’lib qolgan yoshlarga madad berish.
1-boshlovchi
-Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, respublikadagi giyohvand moddalar iste’mol qiluvchilar soni 50 mingdan ortgan. Bu holat esa ,SPIDning ko’payishiga ham sabab bo’lmoqda. Sakson foiz (SPID) kasallar giyohvand modda iste’mol qilish tufayli kaalikka chalingan.
2-boshlovchi
-Mutaxassislar fikricha, narkotraffikga qarshi kurash muammosini hal etish davlat mikyosidagi ishdir. Bu borada O’zbekiston 1995 yildan Birlashgan millatlar tashkilotining narkotiklarga qarshi kurashga taalluqli Konvensiyalari hamda MDH va bir qator dunyo davlatlari bilan o’zaro kelishuvlarni imzolagan.
1-boshlovchi
- Davraga maktabimizning ,,Drama ‘’ to’garagi a’zolarini taklif etamiz.
2-boshlovchi
- Ular giyohvandlikning oqibatida qanday ko’ngilsizliklar va uning salbiy oqibatini sahna ko’kinishi orqali ko’rsatib beradilar. Sahna ko’rinishini tomosha qilamiz .
( O’quvchilar giyohvandlikka berilgan insonning hayotini ko’rsatib beradilar. Tengdoshlari unga to’grsatib to’laqonli hayotga qaytaradilar.)
1-boshlovchi
-Har birimiz bizga berilgan imkoniyatlardan foydalanib xalq koriga hizmati tegadigan farzandlar bo’laylik.
2-boshlovchi
-Aziz ustozlar va o’quvchilar !
Shuning bilan ,,Hayot shamingni so’ndirma’’ tadbirimiz o’z yakuniga yetdi.
Sizlarga giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida m’alumotlarni bera olganimizdan mamnunmiz. E’tiborlaring uchun tashakkur.
( Tadbir xonanda Ozodbek Nazarbekov tomonidan ijro etilgan ,,Shukrona ‘’qo’shig’i bilan yakunlanadi.)
Do'stlaringiz bilan baham: |