“Uchinchi renessans: ilm-fan va
ta’lim taraqqiyoti istiqbollari”
ISSN 2181-1784
221
w
www.oriens.uz
2021
January
qatnashchilari va shohidlari, yozuvchilar va ijtimoiy arboblar bilan uchrashuvlar
uyushtirish; 11.Sinfdan tashqari o‘qishlar uyushtirish. Maktabda “Yosh tilshunoslar”,
“Yosh adabiyotshunoslar” to‘garagini o‘quvchilarga dars berish jarayonida fanga
qiziqishini kuchaytirish maqsadida o‘qituvchi o‘z mahorati ila darsni ilg‘or
pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etib o‘tadi. Fanga qiziqqan o‘quvchilarni
esa fan to‘garaklariga a’zo qilib, ularga sinfdan tashqari mashg‘ulotlar o‘tadi.
Modomiki, o‘z ona tilini bilgan, undan ruhiy quvvat oladigan xalqni yengib bo‘lmas
ekan, biz haqqoniy o’zligimizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu iftixor
bilan qurollantirishimiz zarur. Tafakkurni ona tilida ifoda etish, badiiy ijodkorlikka
yo’naltirish lozim. Demak sinfdan tashqari ishlarni to‘la qamrab olgan to‘garaklar bir
necha xilda bo‘lishi mumkin ekan. Tashkilotchining tashkilotchilik faoliyatiga
quyidagi bir qator ishlarni kiritish mumkin. 1) Tarbiyaviy ishlar soxasida erishagan
yutuq va kamchiliklarni tahlil qilish 2) Tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalarini
aniqlash. Tarbiyaviy, ommaviy-siyosiy ishlarni rejalashtirish va ularning mazmunini
shakl va usullarini aniqlash masalalarini o‘rganish muhim hisoblandi. Maqsadimiz
komil insonni tarbiyalash va yurt ravnaqiga hissa qo‘shish ekan, har bir ishimizga
mas’uliyat bilan yondashib, uni muvaffaqiyatli bajarish asosiy vazifamiz bo‘lmog‘i
kerak. Maktabda ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish albatta o‘qituvchining
pedagogik mahoratiga, dars jarayonida ijodiy zavq uyg‘ota olishiga bog‘liqdir.
O‘qituvchi o‘quv jarayonini shunday tashkil qilish kerakki, bunda o‘quvchining
mustaqil fikrlash madaniyati, shaxsiy individual qobiliyatini rivojlantiradigan eng
muhim vositaga aylansin. Demak, fanni o‘qitishning hozirgi zamon ilg‘or pedagogik
texnologiyasi ta’limga yangiliklar kiritishning muhim qismi bo‘lishi bilan birga uni
amalda qanday joriy qilish va foydalana olish ko‘nikmalarini hosil qilish hal qiluvchi
ahamiyatga egadir. Bu esa o‘qituvchining rolini yanada oshirib, modernizatsiya
jarayonlarining markaziy xalqasiga aylantiradi. O‘qituvchi mahoratli bo‘lishi qay
darajada muhim ekanligini Konfutsiyning quyidagi so‘zlaridan yanada teranroq his
qilish mumkin: “O‘zini kamol toptira olmagan inson, o‘zgalar kamolotini ta’minlay
Do'stlaringiz bilan baham: |