Uchinchi nashri
UO‘K: 821.512.133-1
KBK: 84(5O‘)1
N – 14
Navoiy, Alishår
G‘azal
gulzoridan 100 otashin gul: «G‘aroyib us-sig‘ar»-
dagi 100 g‘azalning nasriy bayoni / A.Navoiy; mas’ul muhar-
rir V.Rahmonov; nasriy bayon muallifi A.Hojiahmådov.
– Toshkånt: Yangi asr avlodi, 2016. – 208 b.
ISBN 978-9943-27-358-0
Qo‘lingizdagi kitobda mutafakkir shoir Alishår Navoiyning
«Õazoyin ul-maoniy» kitobidagi «G‘aroyib us-sig‘ar» dåvonidan
o‘rin olgan dastlabki 100 g‘azalning nasriy bayoni o‘rin
olgan. Garchi bu xil ifoda usuli bilan shoir qalamiga mansub
badiiy durdonalarning g‘oyaviy-badiiy nafosatini aks ettirish
imkoniyati bo‘lmasa ham, bu asar g‘azallar mazmunini
chuqurroq anglab olishingizga ma’lum darajada yordam båradi,
dåb umid qilamiz.
UO‘K: 821.512.133-1
KBK: 84(5O‘)1
Nasriy bayon muallifi:
Anvar HOJIAHMÅDOV,
filologiya fanlari doktori, profåssor
Mas’ul muharrir:
Vahob RAHMONOV,
filologiya fanlari nomzodi, dotsånt
Taqrizchi:
Omonillo MADAYÅV,
O‘zMU dotsånti, filologiya fanlari nomzodi
ISBN 978-9943-27-358-0
© Alishår Navoiy, «G‘azal gulzoridan 100 otashin gul».
Uchinchi nashri. «Yangi asr avlodi», 2016-yil.
Kitobxon.Com
MUQADDIMA
Mutafakkir shoirimiz, so‘z mamlakatining sultoni bo‘lgan
Alishår Navoiyning adabiy mårosi, ilmiy, tarixiy-ma’rifiy
asarlari jahon adabiyotining nodir durdonalaridandir.
Barcha turkiy xalqlarning iftixori bo‘lgan bu ulug‘
Insonning båbaho mårosini bilish, o‘zligimizni anglash va
jamiyatimizga munosib bilim, tafakkur hamda yuksak
madaniyat sohiblari bo‘lib yetishishda kång foydalanish
har birimizning fuqarolik burchimizdir.
Hazrat Navoiy yaratgan båzavol obidalarning mazmun va
mohiyatini, g‘oyaviy tåranligi va badiiy nafosatini tushunib
yetish uchun kitobxondan idrok, måhnat va sabot talab
qilinadi. Bu sohada o‘quvchilar ommasiga qulaylik yaratish
uchun talay ishlar amalga oshirildi. Navoiy asarlari uchun
qator lug‘atlar, «Õamsa» dostonlari, ba’zi ilmiy va ma’rifiy
asarlarining nasriy bayonlari yaratildi. Ular shoir ijodining
salohiyati, xalq ommasini tarbiyalashdagi ahamiyatini
chuqurroq o‘zlashtirishga xizmat qilmoqda.
Qo‘lingizdagi kitob buyuk Navoiy lirik mårosini o‘r-
ganishingizga yordam ko‘rsatish maqsadini ko‘zlaydi.
Unda shoirning «Õazoyin ul-maoniy» kitobidagi birinchi
dåvon – «G‘aroyib us-sig‘ar»dagi dastlabki 100 g‘azalning
nasriy bayoni o‘rin olgan. Tajriba tarzidagi ushbu asar
g‘azallardagi har qaysi bayt mazmuni, uni ifodalashda
qo‘l langan uslublar, rang-barang shå’riy san’atlar, xilma-
xil vaznlar, qofiyalardan, tilimizning boy imkoniyatlaridan
foydalanish mahoratini anglab yetishingizga yordam båradi,
dåb umid qilamiz.
Kitobda kamchiliklar ham uchrashi tabiiy. Zåro,
Navoiyning san’atkorlik salohiyatini nasriy bayon etish
muammoli masaladir. Maqsadimiz esa lug‘atlar o‘rnini
bosadigan o‘ziga xos qo‘llanma yaratish. Agar kitob
o‘quvchilar tomonidan ma’qul topilsa, shoir g‘azallari nasriy
bayonini yana davom ettirish, natijada 2600 g‘azalning shu
xil ifodasiga erishish mumkin, dåb o‘ylaymiz. Bu vazifani
bajarishda barcha navoiyshunos olimlar ishtirok etadilar,
dåb umid qilamiz.
3
Kitobxon.Com
4
Do'stlaringiz bilan baham: |