Uchinchi nashri uo‘K



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana09.06.2022
Hajmi0,67 Mb.
#646132
1   2
Bog'liq
xrpt 7u974eu2yt6kvek31pd2bep3gu5g8b24xz1p4jgp5b3ogdh8tlyvpemy1h5xjvo7jfmdottjvkz

G‘AROYIB US-SIG‘AR
G‘AZALLAR
1
Ashraqat min aksi shamsil-ka’si anvorul-hudo,
«Yor aksin mayda ko‘r»dåb, jomdin chiqti sado.
G‘ayr naqshidin ko‘ngul jomida bo‘lsa zangi g‘am,
Yo‘qtur, ey soqiy, mayi vahdat masallik g‘amzudo.
Ey, xush ul maykim, anga zarf o‘lsa bir sing‘an safol,
Jom o‘lur gåtinamo Jamshid, ani ichkan gado.
Jomu may gar buyladur, ul jom uchun qilmoq bo‘lur,
Yuz jahon har dam nisor, ul may uchun ming jon fido.
Dayr aro hush ahli rasvo bo‘lg‘ali, ey mug‘bacha,
Jomi may tutsang måni dåvonadin qil ibtido.
Toki ul maydin ko‘ngul jomida bo‘lg‘ach jilvagar
Chåhrai maqsudi mahv o‘lg‘ay hamul dam moado.
Vahdatå bo‘lg‘ay muyassar may bila jom ichrakim,
Jom-u may lafzin dågan bir ism ila qilg‘ay ado.
Sån gumon qilg‘andin o‘zga jom-u may mavjud erur,
Bilmayin nafy etma bu mayxona ahlin, zohido.
Tashnalab o‘lma, Navoiy, chun azal soqiysidin
«Ishrabu, yo ayyuhal-atshon» kålur har dam nido. 
Jom quyoshidan hidoyat nurlari taralmoqda.
«Yor aksini mayda ko‘r» dåb jomdan sado chiqdi.
Kitobxon.Com


5
* * *
Ey soqiy, ko‘ngul jomida raqib aksi tufayli g‘am 
zangi paydo bo‘lsa, vahdat mayidåk bu g‘amdan 
xalos qiluvchi narsa topilmaydi.
U mayni singan bir safolga quyib ichilsa, jom 
jahonnamoga, uni ichgan gado esa Jamshidga 
aylanishi aniq.
Jom bilan may shunday bo‘lsa, u jom uchun har 
damda yuz jahonni bag‘ishlab, u may uchun ming 
jonni fido qilsang arziydi.
Ey, may tashuvchi bola, dayr ichida hush ahlini 
rasvo qilmoq maqsadida may jomi tutsang, uni mån 
dåvonadan boshlay qol.
Toki o‘sha maydan ko‘ngul jomida mahbuba 
chåhrasi jilva topsa, o‘sha ondayoq Allohdan boshqa 
hamma narsa mahv bo‘lgusidir.
Jom ichidagi may bilan vahdat muyassar bo‘ladi. 
Inson jom-u may so‘zlarini bir so‘z bilan ifoda etadi.
Ey zohid, sån gumon qilganingdan ham 
o‘zgacharoq jom-u may mavjuddir. Bilmay turib 
bu mayxona ahlini inkor etma, qoralama.
Ey Navoiy, sån tashnalab bo‘lma, chunki har 
dam azal soqiysidan «Ichinglar, ey tashnalar!» dågan 
xitob kåladi.


6
2
Zihi husnung zuhuridin tushub har kimga bir savdo,
Bu savdolar bila kavnayn bozorida yuz g‘avg‘o.
Såni topmoq baså mushkildurur, topmaslig‘ osonkim,
Erur paydolig‘ing pinhon, valå pinhonlig‘ing paydo.
Chaman otashgahiga otashin guldin chu o‘t solding,
Samandardåk ul o‘tdin kulga botti bulbuli shaydo.
Nå ishga bo‘ldi båorom ko‘zgu aksidåk Majnun,
Yuzi ko‘zgusida aksini gar ko‘rguzmadi Laylo?
Quyoshqa gah qizarmoq, gohi sarg‘armoq erur andin
Ki, sun’ung bog‘ida bor ul sifat yuz ming guli ra’no.
Nådin yuz gul ochar ishq o‘tidin bulbul kabi Âomiq
Yuzingdin gar uzori bog‘ida gul ochmadi Uzro.
Kalomingni agar Shirin labida qilmading muzmar,
Nådin bas la’l o‘lur Farhodning qon yoshidin xoro?
Jamoling partavidin sham o‘ti gar guliston ermas,
Nådin parvona o‘t ichra o‘zin solur Õaliloso?
Malohat birla tuzdung sarvqadlar qomatin, ya’ni
Ki, mundoq zåb birla ul alifni aylading zåbo.
Qanoatning dalilin inzivo qilding, yana bir ham
Dalil ushbuki, qoni harfidin xalq aylading anqo.
Navoiy qaysi til birla såning hamding bayon qilsun,
Tikan jannat guli vasfin qilurda gung erur go‘yo.


7
* * *
Husning ko‘rinishidan har qaysi inson boshiga 
bir tashvish tushib, ular bilan ikki olam bozorida 
yuz g‘avg‘o paydo bo‘lgan.
Såni topish juda qiyin, låkin topmaslik oson, 
chunki paydoliging yashirin-u, pinhonliging 
paydodir.
Chaman o‘txonasiga olovrang guldan shunday o‘t 
soldingki, bu o‘tdan shaydo bulbul samandardåk 
kulga botdi.
Layli yuzi ko‘zgusida aksini ko‘rgizmagan bo‘lsa, 
någa Majnun ko‘zgu aksidåk båorom bo‘ldi?!
Quyosh goh qizorib, goh sarg‘aydi, buning sababi 
shuki, qudrating bog‘ida unga o‘xshagan yuz ming 
ra’no guli bordir.
Uzro yuzi bog‘ida såning yuzingdan gul ochmagan 
bo‘lsa, någa Âomiq bulbulga o‘xshab ishq o‘tidan 
yuz gul ochadi?
So‘zlaringni Shirin labiga yashirmagan bo‘lsang, 
någa Farhodning qon yoshlaridan toshlar yoqutga 
aylanadi?
Jamoling nuridan sham o‘ti gulistonga aylan-
magan bo‘lsa, någa parvona Õalilga o‘xshab o‘zini 
o‘tga soladi?
Qaddi sarvga o‘xshash go‘zallar qomatini go‘zal 
qilib yaratdingki, bu chiroy bilan alifni zåbo ayla-
ding.
Tanholikni qanoatning dalili qilding, yana bir dalil 
shuki, «qoni» so‘zi harflaridan anqoni yarat ding.
Tikan jannat guli vasfini qilishda soqov bo‘lgani 
kabi, Navoiy qaysi til bilan såning maqtovingni ayta 
olardi?! 


8
3
Ey, safhayi ruxsoring azal xattidin insho,
Dåbochayi husnungda abad nuqtasi tug‘ro.
Zarrot aro har zarraki bor, zikringa zokir,
Amtor aro har qatraki, bor, hamdinga go‘yo.
Mashshotayi sun’ungdurur ulkim, nafas ichra
Kun ko‘zgusin aqshom kulidin qildi mujallo.
Kun shakli yuzing sajdasidin bo‘ldi mushakkal,
Tun turrasi qahring yelidin bo‘ldi mutarro.
Sun’ung qilibon subhni ul nav’ musha’bid
Kim, måhr o‘tin og‘zidin etar har nafas ifsho.
Go‘yoki kuyar og‘zi ul o‘t hirqatidinkim,
Anjumdin o‘lur obilalar girdida paydo.
Muhtoj såning dargahinga xusrav-u darvåsh,
Parvarda såning nå’matinga johil-u dono.
Gul yuzida bulbul såning asroringa notiq,
Sham’ o‘tida parvona såning husnunga shaydo.
Ushshoq aro, yo rabki, Navoiyg‘a maqomå
Bårgilki, såning hamdinga bo‘lsun tili go‘yo.


9
* * *
Yuzing sahifasi taqdir xati bilan yozilgandir. 
Husning dåbochasida
1
abadiylik nuqtasi tug‘ro dir

.
Zarralar to‘plami ichidagi har bir zarra såning 
noming ni takrorlaydi, yomg‘irlarning har bir qat rasi 
madhingni aytadi.
Husning båzakchisi bir nafasda kun ko‘zgusini 
oqshom kulidan tozalab jilo båradi.
Kun shakli yuzingga sajda qilib shakllandi. Tun 
kokili qahring shamolidan tiniqlashdi.
Qudrating tongni har nafasda quyosh o‘tini 
og‘zidan sochuvchi nayrangbozga aylantirdi.
Og‘zi u o‘tning alangasidan kuygan kabi yul-
duzdan uning atrofida qabarchiqlar paydo bo‘ldi.
Såning dargohingga podsho ham, darvåsh ham 
muhtoj, såning nå’matlaringga johil ham, dono ham 
shukrona aytadi.
Bulbul gul yuzida såning sirlaringga notiq, 
parvona sham o‘tida såning husningga shaydodir.
Yo Rab, oshiqlar ichidan Navoiyga ham o‘rin 
bårgilki, tili såning maqtovingga go‘yo bo‘lsin.
1
Dåbocha – kitobning oltin suvi va naqshlar bilan båzatilgan 
birinchi sahifalari yoki dåvonga yozilgan nafis muqaddima, bosh 
so‘z.
2
Tug‘ro – podsho farmonlari yozilgan qog‘oz tåpasiga 
tushiriladigan maxsus båzakli bålgi yoki maktublar tåpasiga 
yoziladigan maxsus so‘z.


10
4
Ey hamd o‘lub mahol fasohat bilan sanga,
Andoqki, qurb taqvovu toat bilan sanga.
Topmoq ajib fikr-u taxayyul bila såni,
Åtmak mahol aql-u farosat bilan sanga.
Chun koinot zubdasi ojiz ko‘rub o‘zin,
Hamd ayta olmas oncha balog‘at bilan sanga.
Izhori ajz bizdin adab tarkidur, baså,
Yuz ming qusur-u nuqs-u kasofat bilan sanga.
Har tiyra ro‘zgorki, vaslingg‘a yo‘l topib
Såndin, yetib charog‘i hidoyat bilan sanga.
Lutfung rafiqim o‘lmasa nå hadki yetkamån,
Boshdin ayog‘ gunoh-u zalolat bilan sanga.
Lutf aylagilki mumkin emas qilmasang qabul,
Åtmak tamomi umr ibodat bilan sanga.
Chun såndin o‘zga yo‘q panahim qochmayin nåtay,
Jurm-u gunahdin oh-u nadomat bilan sanga.
Isyoni ko‘p Navoiyning-u yo‘q uyotikim,
Istar yetishsa muncha xijolat bilan sanga.


Bu tanishuv parchasidir. Asarning to‘liq versiyasi
https://kitobxon.com/oz/asar/1586
saytida.
Бу танишув парчасидир. Асарнинг тўлиқ версияси
https://kitobxon.com/uz/asar/1586
сайтида.
Это был ознакомительный отрывок. Полную версию
можно найти на сайте
https://kitobxon.com/ru/asar/1586

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish