yilga kelib uni 50-52 foizga psfiaziislS ko‘zda tutilmoqda.O'ZBEKISTON IQT1SODIYOTI YETAKCHI TARMOQLARIDACS O'SISH SUR’ATLARI
AKoli banclligi hamda turmusH darajasini oshirishning muhim omili sifatida xizmat ka'rsatish sohasini rivojlantirishga katta e’tibor qaratihnoqda.
Natijada xizmat ko‘rsatish so- hasming YIMdagi ulushi 2002- yiidagi 37,9 foizdan 2008-yilda 453 Foizga yetdi
.
*®iS 2008
rini bartaraf etish, mamlakatimiz barqaror rivojlanishini ta’minlash va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda aniq maqsadlami ko‘zlagan reja- lami amalga oshirishga doir dastur ishlab chiqildi. Ushbu dasturda quyidagi yo‘nalishlarda aniq, qat’iy va yuksak mas’uliyat bilan faoliyat yuritish belgilangan:
mamlakatimizda qabul qilingan 2009-2012-yillarda jahon iqtisodiy inqirozi oqibatlarining oldini olish va bartaraf qilish bo‘yicha inqirozga qarshi dastumi amalga oshirish, shu asosda iqtisodiy o‘sishning uzoq muddatli barqaror sur’atlarini va iqtisodiyot- ning muvozanatli rivoj lanishini ta’minlash;
tarkibiy o‘zgartirishlami davom ettirish va iqtisodiyotni di- versifikatsiyalash, buni birinchi navbatda xalqaro sifat standartlariga javob beradigan, ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan iqtiso- diyotning eng muhim tarmoqlarini moderinizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash yo‘li bilan amalga oshirish;
qishloq turmush darajasi sifati va qiyofasini tubdan yangi- lashga, qishloq joylarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini jadal rivojlantirishga, mulkdoming, tadbirkorlik va kichik biznesning maqomi, o‘mi va ahamiyatini tubdan qayta ko‘rib chiqishga, fer- mer xo‘jaligini rivojlantirishni har tomonlama qo‘llab-quwatlashga yo‘naltirilgan uzoq muddatli, o‘zaro chuqur bog‘langan chora- tadbirlar keng kompleksini amalga oshirish
;aholi bandligini ta’minlash, uning turmush darajasini oshi- rishning eng muhim omili sifatida xizmatlar ko‘rsatish sohasi va kichik biznesni jadal rivojlantirish;
mamlakatni modemizatsiya qilish va aholi bandligini oshi- rishning eng muhim omili sifatida ishlab chiqarish va ijtimoiy infra- tuzilmani yanada rivojlantirish;
banklar ishini yanada takomillashtirish, aholi va xo‘jalik yuri- tuvchi subyektlaming bo‘sh mablag‘larini tijorat banklarida depozit- larga jalb qilishni rag‘batlantirish.
«0‘zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida 2010-yil 3-may kuni Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashi 43-yillik majlisining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Majlisda 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zladi.
Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Xaruxiko Kuroda o‘z chiqishi- da Prezident Islom Karimov va 0‘zbekiston xalqiga OTBning mazkur forumi - bank Boshqaruvchilar kengashining Markaziy Osiyoda ilk bor o‘tkazilayotgan majlisini tashkil etishda ko‘rsatgan katta yordami uchun minnatdorlik izhor etdi. OTBning asosiy vazifasi Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi mamiakatlarga iqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlanishda ko‘maklashish iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish, aholi turmush darajasini oshirish, inson resurslarini rivojlantirish, ekologik muammolar, jumladan, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq ma- salalami hal etishda yordam berishdan iboratdir.
1966-yilda tashkil etilgan Osiyo taraqqiyot banki bugungi kunda katta moliyaviy va texnik imkoniyatlarga ega. 67 davlat, jumladan, Osiyo-Tinch okeani mintaqasining 48, Yevropannig sanoati rivojlangan qator mamlakatlari, shuningdek, Kanada va AQSH mazkur bankning a’zolari hisoblanadi. Bank rivojlanish va mintaqaviy ham- korlikka oid loyihalami moliyalashtirish hamda ushbu sohalarda texnik ko‘mak berish bilan birga, aholining milliy salohiyati va turmush sifatini oshirishga yo‘naltirilgan, puxta o‘ylangan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga oshirayotgan mamiakatlarga yordam ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratmoqda. Bunga OTBning 0‘zbekiston bilan uzoq muddatli va samarali hamkorligi yorqin misol bo‘la oladi. Mamlakatimiz 1995-yildan buy on ushbu yirik xalqaro moliya tashkilotining teng huquqli a’zosidir.
Daviatimiz rahbari tomonidan ishlab chiqilgan mashhur besh tamoyilga asoslangan, jahonda rivojlanishning «o‘zbek modeli» deb keng e’tirof etilgan islohotlami izchil va bosqichma-bosqich amal- ga oshirish samarasida 0‘zbekistonda makroiqtisodiy muvozanat va barqaror iqtisodiy o‘sish ta’minlanmoqda. Shu bois ushbu nufuzli xalqaro moliya tashkiloti o‘zining muhim fommini aynan Toshkentda o‘ykazishga qaror qildi. Chunki mamlakatimizning Prezident Islom Karimov rahnamoligida ishlab chiqilgan Inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirish borasidagi tajribasi jahonda keng o‘rganilmoqda. Darhaqiqat, 2009-yilda yalpi ichki mahsulot o‘sishi
foizni tashkil etgani 0‘zbekistonda o‘z vaqtida qabul qilingan inqirozga qarshi kompleks choralar samaradorligining amaliy natija- sidir.
0‘tgan yilda milliy iqtisodiyotimizga jalb qilingan investitsiyalar umumiy hajmi qariyb 26 foizga, jumladan, xorijiy investitsiyalar 68 foizga ko‘paydi. Bu esa o‘z navbatida xorijlik ishbilar- mon doiralaming mamlakatimizga, bu yerda yaratilgan qulay in- vestitsiya muxitiga ishonchi ortib borayotganini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, 2010-yilning birinchi choragida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 2,6 baravar ko‘p o‘zlashtirildi. 0‘zbekiston moliya siyosatining o‘ziga xos ji- hati shundaki, xorijiy kreditlar, jumladan, OTBning kredit liniyalari bo‘yicha mablag‘lar uzoq muddatli asosda iqtisodiyot tarmoqlarini modemizatsiya qilish, tehnik va tehnologik qayta jihozlash dasturi- ga kiritilgan strategik investitsiya loyihalarini moliyalash, shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab- quwatlash yo‘lida jalb etilmoqda.
OTB mamlakatimiz bilan kxedit hamkorligi bo‘yicha xalqaro moliya institutlari orasida birinchi o‘rinda turadi. Ushbu hamkorlik ko‘plab yo‘nalishlarda amalga oshirilmoqda. Jumladan, transport infratuzilmasini takomillashtirish, energetika, qishloq xo‘jaligi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, suv resurslarini boshqarish, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa sohalarda strategik ahamiyatga ega qo‘shma loyihalar amalga oshirilayotir.
0‘zbekiston va OTB avtomobil hamda temiryo‘llar tarmog'ini kengaytirish, xususan, Markaziy Osiyo mintaqasi transport yo‘lagi- ning bir qismi bo‘lgan 0‘zbekiston milliy avtomagistralini rivojlantirish uchun faol hamkorlik qilmoqda.
Qiymati 300 million dollarlik «Suv ta’minoti va kanalizatsiya sohasida multitranshli moliyalash dasturi» 2009-yildan amalga oshi- rilayotgan yirik loyihalardan biridir. Ilgari qabul qilingan ana shunday loyihani hayotga tatbiq etish doirasida Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarining 170 ta aholi punktida quvurlar o‘tkazilmoqda hamda mavjud uskunalar holati yaxshilanmoqda.0‘zbekistonning OTB tomonidan ajratilgan mablag‘larini qay- tarish bo‘yicha majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarayotgani jahon moliya bozorlarida mamlakatimizga bo‘lgan ishonchni yanada oshir- moqda. Ta’kidlash joizki, global inqiroz sharoitida ko‘plab sarmoya- dorlar nafaqat ayrim banklar, balki qator mamlakatlaming to‘lovga layoqatsizligiga duch keldi. Shu munosabat bilan 0‘zbekistonning Osiyo-Tinch okeani mintaqasida eng barqaror hisoblangan bank- moliya tizimi yuqori darajada ishonchliliga alohida ahamiyat kasb etadi. Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida ushbu tizimni mustahkamlash maqsadida qabul qilingan chora-tadbirlar keyingi ikki yilda respublikamiz tijorat banklari jami kapitalini 2 baravarga ko‘paytirish imkonini berdi.
Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining majlisi doirasida poytaxtimizdagi Xalqaro hamkorlik markazida 2010-yil, 1-may kuni 0‘zbekiston Respublikasi bilan OTB va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) o‘rtasida kredit bitimlari imzolandi.
Umumiy qiymati 1 milliard AQSH dollaridan ortiq 7 hujjat mamlakatimizning muhim soha va tarmoqlaridagi bir necha loyiha- ni, xususan, Farg‘ona vodiysining qator shaharlarida suv ta’minoti tizimini rekonstruktsiya qilish, mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish, kichik biznesni qo‘llab-quwatlash va mikrokreditlash, tijorat banklarining tijoriy moliyalashtirish dasturida ishtirok etish, Tallimaijon IESida ikkita bug‘-gaz qurilmasini barpo etishga oid loyihalami moliyalashtirishga qaratilgan.
§. Xususiylashtirishning amalga oshiriiishi, mulkdorlar sinfinlng shakllantirilishi
Jahon amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, xususiylashtirish bu - iqtisodiy islohotlaming tamal toshidir. Boshqa yosh mustaqil davlatlardan farqli o‘laroq 0‘zbekistonda o‘tish davrida xususiylashtirishni vau- chersiz amalga oshirishga qaror qilindi. Xususiylashtirish jarayonini tashkil etish va unga rahbarlik qilish uchun 1992-yil fevralida Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish Davlat qo‘mitasi ta’sis qilindi. 1994-yilda uning vazifalari o‘zgartirilib, u Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quwatlash Davlat Qo‘mitasi deb atala boshlandi. Ushbu Davlat Qo‘mitasi maqomining o‘zgarishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi, zero u xususiylashtirishning ikkita g‘oyat muhim vazifasini bajarar edi.
0‘zbekiston vaucher tizimidan voz kechgani uchungina emas, balki xususiylashtirishdan tushgan barcha mablag‘lar tadbirkorlik- ni qo‘llab-quwatlash uchun berilishi jihatidan ham o‘ziga xos, o‘z yo‘liga ega bo‘lgan davlat sifatida ko‘zga tashlandi.
Yana shuni aytish lozimki, tadbirkorlikni rivojlantirishning huquqiy asosini vujudga keltirish, qonunlar majmuini yaratishni tashkil qilishni uyushtirish uchun Oliy Majlis tarkibida yangi iqtisodiy islohotlar va tadbirkorlikni rivojlantirish qo‘mitasi tuzildi.
0‘zbekistonda ko‘p ukladli, davlat mulkini xususiylashtirish
yildayoq hukumat tavsiyasi asosida mahalliy sanoatda 3 ta xu- susiy korxona tashkil qilinishi bilan belgilangan edi. Samarqanddagi uy mehnatiga asoslangan xususiy fabrika hissadorlik jamiyatiga ay- landi. Sirdaryo shoyi to‘qish fabrikasi va boshqa qator korxonalar ijaraga o‘tib ishlay boshladi. Bu yerda to‘plangan dastlabki tajribalar keyinchalik davlat mulkini xususiylashtirishda hisobga olindi, undan samarali foydalanildi.
Davlat mulkini xususiylashtirishning Prezident I. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan tamoyillari eng awalo mahalliy xususi- yatlar va talablami hisobga olganligi, tag-zaminli va asosliligi, ayni paytda hozirgi zamon ilg‘or tajribalariga mos kelishi bilan alohida ajralib turadi. Buni nimalarda ko‘rish mumkin?
Birinchidan, xususiylashtirish qandaydir kishilar yoki ma’lum mafkura manfaati uchun xizmat qilmasligi lozim. Chunki xususiy- lashtirish eng awalo, mamlakat miqyosida amalga oshirilayotgan islohotlar mantig‘iga mos bo‘lmog‘i kerak edi. 0‘zbekistonda davlat «bosh islohotchi» vazifasini amalga oshirar ekan, uning xusu- siylashtirishni o‘zi boshqarib borishi ko‘zda tutildi. Shuning uchun 0‘zbekistonda chek vositasi bilan xususiylashtirish g‘oyasidan voz kechildi. Bu boradagi muhim xulosa shundan iborat bo‘ldiki, davlat mol-mulki faqat yangi mulkdorga sotish yo‘li bilangina mulkchilikning boshqa shakliga aylantirila boshlandi.
Ikkinchi tamoyil shundan iborat bo‘ldiki, xususiylashtirishga dasturiy yondashuvni ta’minlash va uni bosqichma-bosqich amalga oshirish lozim edi.
Shuning uchun 1991-yil 18-noyabrda 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasida mulkni «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi. Unga ko‘ra mulkchilik shakllarini o‘zgartirish sohasidagi ishlar respublika hamda hududiy maqsadga bosqichma-bosqich ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan maxsus dasturlar asosida amalga oshirilishi qat’iy belgilab qo‘yildi.
Albatta, bu qoida har bir yangi bosqich uchun ustuvor yo‘nalishlami belgilash imkonini beradi.
Masalan, dastlabki bosqich xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko‘rsatish korxonala- rini hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tayyorlash tizimini, xullas «kichik xususiylashtirish» jarayonini qamrab oldi. Fikrimiz isboti uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilaylik. 1992-1993-yillarda 28 ming 846 yuridik shaxs 53 ming 902 ta xususiy obyekt egasi bo‘ldi. Bu jarayon vaqt о‘tgani sayin ko‘paya bordi. 1994-yilda 9744, 1995- yilda 8584 ta, 1996-yilning birinchi yarmida 933 ta yuridik shaxs xususiy obyektlar egasi bo‘ldi.
Yuqorida aytilganidek birinchi bosqichda (1992-1993) bir million kvartira xususiylashtirildi yoki 0‘zbekiston shaharlaridagi har bir oilada o‘rtacha 4,7 kishi bo‘lsa, qariyb 5 millionga yaqin kishi birgina kvartiralar xususiylashtirilishi evaziga mulkdorga aylandi.
yil 21-yanvarda qabul qilingan «Iqtisodiy islohotlami chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi va 1994-yil 16-martda qabul qilingan «Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmonlari xususiylashtirish jarayonini yana ham yangi pog‘onaga ko‘tarish, uni sifat jihatidan yaxshilash imkonini berdi.
Qabul qilingan qarorlarga muvofiq yangi bosqichda korxonalar- ni ochiq turdagi hissadorlik jamiyatlariga aylantirish, ushbu jarayon- ga aholini va chet ellik investorlami kengroq jalb qilish jarayonini avj oldirish vazifasi qo‘yildi.
Qimmatli qog‘ozlar va ko‘chmas mulk bozorini tashkil etish uchun asos yaratildi. Davlat mulkini sotish bo‘yicha kimoshdi sav- dolari va tanlovlari o‘tkaziladigan bo‘ldi.
Xususiylashtirish borasidagi barcha ishlar izchil va muntazam olib borila boshlandi. Hozirgacha mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga doir 20 dan ortiq davlat dasturi qabul qilindi.
Aniqrog‘i, bu dasturlarga muvofiq xalq xo‘jaligidagi barcha soha tarmoqlarini ommaviy xususiylashtirish uchun imkon yaratildi, bu boradagi cheklashlar olib tashlandi. Masalan, 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1994-yil 29-martda tasdiqlagan Davlat Dasturiga muvofiq o‘sha yilning o‘zida 5 ming 127 obyekt xususiylashtirildi. Bundan tashqari qo'shimcha tarzda dasturga kirmagan 4 ming 617 obyekt ham haqiqiy egasini topdi. Xususiy tadbirkorlar 57 ta konserva sexini, 120 ta g‘isht zavodini, 92 ta to‘quvchilik sexi- ni sotib olishdi. Qishloq xo‘jaligida esa butun bog‘laming yarmidan ortig‘i, uzumzorlaming 40 foizi xususiy foydalanish uchun berildi.Dehqon xo‘jaliklari uchun 193 ming gektar yer ajratib berilib, 7 ming dehqon xo‘jaligi paydo bo‘ldi. 1994-yil oxiriga kelib ular soni 14, 2 mingtaga yetdi.
yili xalq xo‘jaligida ommaviy xususiylashtirishlar davri bo‘ldi. Endi yirik korxonalar ham davlat ixtiyoridan chiqarila bosh- landi. 0‘sha yili mashinasozlik kompleksiga qarashli 89 ta korxona, 81 ta yoqilg‘i-energetika, 55 ta qurilish industriyasiga qarashli, 114 ta taransport, 68 ta uy-joy-kommunal xo‘jaligi, 229 ta qayta ishlash kor- xonasi va 291 ta qurilish bilan bog‘liq obyektlar xususiylashtirildi.
Iqtisodiyotning davlat sektori negizida mingdan ortiq ochiq tur- dagi hissadorlik jamiyatlari, 6000 ta xususiy va oilaviy korxonalar vujudga keldi. Xususiylashtirish borasida 0‘zbekistonda amalga oshirilgan ishlaming yana bir o‘ziga xos tomoni shundaki, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish chog‘ida aholi uchun kuchli ijtimoiy kafolat choralari ko‘rildi.
Bular nimalardan iborat? Aholining ijtimoiy himoyasi awalo shunda ko‘rinadiki, xususiylashtirish chog‘ida bir butun imtiyozli tizim yaratildi. Masalan, xususiylashtirilayotgan korxona xodimlariga imtiyozli aksiyalar berildi. Shuningdek, davlat xo‘jaliklarining mol- mulki, fermalar, bog‘lar va uzumzorlar imtiyozli shartlarda xususiy- lashtirila boshlandi.
0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 25- iyul kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida xususiylashtirish jarayonlarini yanada takomillashtirishga e’tibor berilar ekan «Xususiylashtirish jarayoni chuqurlashdi va kengaydi. U sifat jihatidan yangicha aha- miyat kasb etganini ham qayd etish lozim», - deb ta’kidlandi. Darhaqiqat, mustaqillikning dastlabki yillarida asosiy e’tibor masalaning miqdor ko‘rsatkichlariga, ya’ni qancha korxona mulk shaklini o‘zgartirganiga qaratilgan bo‘Isa, bugungi kunda xususiylashtirishning sifat ko‘rsatkichlari asosiy mezon bo‘lib qoldi.
Mustaqillikning o‘tgan davrida xususiy korxonalar soni 7,5 mingtadan 19 ming 300 taga yetdi. Birgina 1996-yilning o‘zida kichik va xususiy korxonalar soni 19 ming 100 taga ko‘paydi. 1997- yilning 1-yanvariga kelib ular soni 100 mingtaga yetdi.
yil 1-yanvariga kelib aksariyat korxonalar xususiy lashtirildi. Agar 1993-yilda jami korxonalaming 39,4 foizdan ortig‘i dav- latga tegishli bo‘lmagan korxona bo‘lsa, 1994-yilda bu ko‘rsatkich 57,7 foizga, bugunga kelib esa 82,7 foizga yetdi.
Agar 1993-yilda xalq xo‘jaligida band bo‘lgan aholining 48 foizi nodavlat sektorida ishlagan bo‘Isa, ayni paytda ulaming 70 foizi mazkur sektorda faoliyat ko‘rsatmoqda. Hozirgi kunda sanoat mah- suloti hajmining yarmidan ко‘pi, qishloq xo‘jalik mahsulotining 97 foizi, chakana tovar oborotining 94 foizi, pudrat ishlarining 61 foizi nodavlat sektori hissasiga to‘g‘ri keladi.
yilga kelib respublikada nodavlat mulkning har xil shaklla- rini rivojlantirish uchun barcha zarur huquqiy shart-sharoitlar yaratildi. Bu xususda anchagina ishlar ham qilindi. Ayni paytda yetishtiri- layotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotining 98 foizdan ortig‘i, chakana tovar aylanishining 96 foizi, sanoat mahsulotining 60 foizdan ortig‘i nodavlat sektoriga to‘g‘ri keladi. Mehnatga layoqatli barcha aholining 71 foizdan ortig‘i nodavlat sektorida band. Aholining aksariyat qismi turarjoy sohibi hisoblanadi, ularning ko‘plari korxonalar aksi- yalarini sotib olib, ular mulkiga egalik qilmoqda.
Kichik va xususiy biznes faol rivoj lanmoqda. Ro‘yxatdan o‘tgan kichik va xususiy korxonalar soni 1999-yil 1-iyunga kelib
ming birlikka yetdi, bu esa respublika hududidagi yuridik shaxslar umumiy sonining 89 foizini tashkil qiladi. 260 mingdan ortiq respublika fuqarosi yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmoqda. Yakka tartibdagi tadbirkorlar soni - 1,4 barobar, fermer xo‘jaliklari soni - uchdan bir hisobida ko‘paydi. Bu borada izchil siyosat olib borilishi tufayli 2007-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari soni qariyb 350 mingtaga yetdi. Bugungi kunda kichik biznesning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 42,1 foizni tashkil etmoqda. 2006-yilning o‘zida ushbu sohada qo‘shimcha ravishda 290 mingta yangi ish о‘mi yaratildiki, bu ko‘rsatkich mamlakatimizda ochilgan yangi ish joylarining 50 foizdan ortig‘ini tashkil etadi.
Xususiy sektor, kichik biznes iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish- ning faol harakatlantiruvchi kuchiga aylanganicha yo‘q. Shuning uchun yaqin yillar ichida mulkchilik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish, mulkdor huquqlarini amalga oshirish va himoyalash uchun yanada kuchliroq kafolatlami yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli dastumi amalga oshirish kerak bo‘ladi.
Bir so‘z bilan aytganda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bugungi kunda aholi bandligini ta’minlaydigan va uning asosiy da- romad manbayi bo‘lgan muhim bo‘g‘inga aylanmoqda.
Ayni paytda u iqtisodiyotni izchil rivoj lantirishning eng muhim omili, jamiyatimiz ijtimoiy va siyosiy barqarorligining kafolati, mamlakatimizni taraqqiyot yo‘lidan olg‘a yetaklaydigan faol harakatlantiruvchi kuch sifatida namoyon bo‘lmoqda.
So‘nggi yillarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish yo‘lida ko‘p ish qilindi.
Jumladan, davlatning biznes faoliyatiga aralashuvi keskin chek- landi, kichik biznes subyektlarini ro‘yxatga olish jarayoni sezilarli darajada soddalashtirildi va ulaming oshkoraligi ta’minlandi, soliq stavkalari unifikatsiya qilindi va kamaytirildi, mahsulotlami stan- dartlash va sertifikatsiyalash tizimi takomillashtirildi, birja savdo- larini rivojlantirish orqali tadbirkorlaming moddiy-texnik resursla- ridan erkin foydalanishi bilan bog‘liq ko‘p masalalar hal qilindi, mikrokreditlash va mikrolizmning yo‘li bilan tadbirkorlarga kredit berishning yangi shakllari joriy etildi.
Shuni ta’kidlash lozimki, bulaming barchasi o‘zining ijobiy na- tijasini berdi. Faqat 2006-yilning o‘zida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida qo‘shimcha ravishda 290 ming yangi ish o‘mi yaratildi, bu esa mamlakatimizda ochilgan yangi ish joylarining 50 foizdan ortig‘ini tashkil etadi.
Ayniqsa, 2006-yilda yirik sanoat korxonalari bilan kooperatsi- yalashish negizida kasanachilik faol rivojlanib, buning natijasida 60 mingdan ziyod ish о‘mi tashkil etildi.
yilda erishilgan natijalar:
0‘sish ошШш:
10,2
2006
(kutilayotgan)
investitsiya jarayonlarining tezlashishi
modemizatsiya qilish va texnikaviy qayta jihozlash
ishlab chiqarish quwat- laridan foydalanishning or- tishi
ishlab chiqarishni mahalliy- lashtirish jarayonlarining kengaylsh
i
paxta tolasini chuqur qayta ishlash bo ‘ yicha ishlab chiqarishni rivojlantir ishni rag‘batlantirish ’
qishloq jaylarida o'zaro hisob-kitoblar tizimini takomillashtirish kotxonalaming moliyaviy holatini mustahkamlash ish haqi va aholi daromadlarining o‘sish
i
Katta sarmoya, mablag‘ talab qilinmaydigan kasanachilikni yo‘lga qo‘yish maqsadida joylardagi ishlab chiqarish korxonalarida bekor yotgan turli xil dastgoh va uskunalar qo‘lidan ish keladigan odamlarga, oilalarga berildi. Natijada 60 ming odam, 60 ming oila qo‘shimcha daromadga ega bo‘ldi.
0‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng, bozor iqtisodiyo- tiga asoslangan huquqiy davlat, demokratik, adolatli jamiyat qurish- ga kirishdi.
Prezident I. Karimov o‘zining «0‘zbekiston iqtisodiy islohotlami chuqurlashtirish yo‘lida» nomli kitobida yozganidek, «Mulk- chilik masalasini hal qilish bozorni vujudga keltirishga qaratilgan butun tadbirlar tizimini m g tamal toshi bo‘lib xizmat qiladi... Xuddi shu masalan! hal qilish bilan yangi jamiyat, yangi iqtisodiy munosabatlar poydevoriga birinchi g‘isht qo‘yildi. Ushbu masalaning davr talahlariga muvofiq muvaffaqiyatli hal etilishi respublikamiz iqtisodiyotini jahondagi rivojlangan mamlakatlar bilan bir qatorga qo‘yadigan asosiy omildir».
Darhaqiqat, keyingi yillar davomida amalga oshirilgan ish- lami tahlil qilib, shuni aytish mumkinki, 0‘zbekistonda mulkchi- lik huquqi iqtisodiy o‘zgarishlaming asosini tashkil qiladi. Shuning uchun ham 0‘zbekistonda mulkdor huquqi qonun bilan tan olindi va himoya qilinmoqda.
0‘zbekistonda bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan iqtisodiyotning asosini turli shakllardagi mulkchilik tashkil etishi 0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida aniq belgilab berildi.
Yuqorida keltirilgan misollardan ma’lumki, xususiylashtirish ja- rayoni tabiiy ravishda jamiyatda mulkdorlar sinfini shakllantirishga olib keldi. Bu borada kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish mulkdor!ami vujudga keltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu - birinchi omil. Mulkdorlar sinfini shakllantirishning ikkinchi omili bu qimmatbaho qog‘ozlar bozorini rivojlantirishdir. Biroq, yaqin vaqtlarga qadar bu borada zarur shart-sharoit ham yaratilmagan edi. Shunga ko‘ra, Oliy Majlis mulkdorlar sinfini shakllantirishning huquqiy asoslarini yaratish maqsadida 1996-yil 25-aprelda «Aksiya- dorlar jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish haqida», hamda «Qimmatli qog‘ozlar bozorining faoliyat ko‘rsatish mexaniz- mi to‘g‘risida» Qonunlar qabul qildi.
1996-yilning birinchi yarmida aksiyalar sotuvidan 1,7 milliard so‘m mablag‘ tushdi. Bu ko‘rsatkich 1995-yildagiga nisbatan 15, 6 marta ko‘p bo‘ldi. Umuman, 1992-1996-yillarda davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tufayli 1 million 74 ming kishi tu- rarjoy egasi, 2 million kishi xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalari, paylarining egalari; qishloq joylarida esa, 3 million kishi yordamchi xo‘jalik, 19 ming kishi ko‘chmas mulk egasi bo‘lib qoldi. Bu raqamlar, shubhasiz jamiyatda mulkdorlar sinfi shakllantirilganini yaqqol ko‘rsatadi.
Insoniyat tarixi davlat mulkini ommaviy ravishda xususiylashtirish hodisasini endigina sobiq Ittifoq tarkibidan ajralib chiqqan mamlakatlarda amalga oshirilayotgan ishlar misolida ko‘rmoqda. Ma’lumki, mulkchilik taraqqiyoti yer yuzining barcha mamlakatlari va mintaqalarida turli davrlarda, turli holatlarda yuz bergani bilan shaklan va mazmunan ayni bir xil tartibda amalga oshgan. Jumladan, mulkchilik, mulkka munosabat jamiyat tabiiy taraqqiyoti, kishilar dunyoqarashi hamda ehtiyojlarining mahsuli sifatida shakllan- gan. Xususiy mulk hajmi va miqdoridan qat’i nazar jamiyat fuqarosi yashash huquqining qonuniy ifodasi, mulkka egalik esa, turmush tar- zining ma’naviy-huquqiy kafolati bo‘lib qolavergan. Ko‘p hollarda u fan-texnika taraqqiyoti, madaniy ravnaq va boshqa ijtimoiy-siyosiy omillar ta’sirida qisman shaklini, miqyosi va ko‘lamini takomillash- tirgan, xolos. Mazmunan esa o‘z mohiyatini yo‘qotmagan.
Darvoqe, insoniyat tarixi xususiy mulkni zo‘ravonlik va tazyiq bilan davlat tasarmnga olish hodisasini ham ko‘rgan. XX asming boshlarida yuz bergan va biz 73 yil mobaynida o‘zimizni o‘zimiz aldab, quyushqonga sig‘maydigan dabdabalar bilan bayram qilib kelgan qonli Oktabr inqilobi ana shunday g‘ayriinsoniy hodisani amalga oshirgan edi. Odamlaming asrlar mobaynida misqollab terib to‘plagan moddiy va ma’naviy boyliklarini bir to‘polon bilan davlat mulkiga, odamlami esa mehnat vositasiga, ishlab chiqaruvchi kuchlarga aylantirib qo‘ydi.
Mana endi inson haq-huquqlari to‘la tiklangan va har tomonlama kafolatlangan jamiyat qurayotgan bir paytimizda yaqin o'tmishimiz asoratlaridan qutulish ancha qiyin kechmoqda. Har bir kishining o‘z yaratuvchilik qobiliyatini ko‘rsata olish, tadbirkorlik va xususiy mulkni rivojlantirish asosida mehnatga mvmosabatni tubdan o‘zgartirish, kishilar ongida o‘mashib qolgan boqimandalik il- latlariga barham berish ancha vaqt talab etmoqda. Bu chinakamiga ongimiz va tushunchalarimiz orqali yuz berayotgan ma’naviy-ruhiy yangilanish j arayonidir.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, mulkka egalik va xususiy mulkning chegarasi bo‘lmasligi kerak. Ya’ni shaxsiy boylikni ko‘paytirish qandaydir qolip yoki miqdorda bo‘lishini davlat belgilab qo‘ymasligi, aksincha, u mamlakatda hammaning har qanday vaziyatda boy bo‘lishini ta’minlash asosida alohida ijtimoiy muhofazaga muhtoj odamlar turmush darajasini oshirish yo‘lidan bormog‘i lozim. Bunga ayrim siyosatshunoslar dunyoning turli mamlakatlarida o‘z korxonasi filiallarini qurib, jahon bozorini egal- lab olgan yirik korporatsiya va firmalar rahbarlari faoliyatini va katta miqdordagi jamg‘armalarini misol qilib ko‘rsatishadi.
Biroq, 0‘zbekiston hukumati butunlay yangi tipdagi jamiyatni shakllantirishda har qanday tayyor andozalarga sig‘inmaydi. Jahon tajribalari va milliy ehtiyojlami uyg‘unlashtirgan holda mavjud ho- disalarga o‘ziga xos yondashadi. Jumladan, mulkchilikka munosa- batda ham uning o‘ziga xos usuli bor. Masalan, Prezident I. Karimov: «Davlat jamiyatning keskin tabaqalanishiga - oshib-toshib ketgan boylar-u kambag‘al-qashshoq!arga bo‘linib ketishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak», - deydi va masalaga bunday yondashuv mazmun-mohiyatini aniq tushuntirib berdi. Albatta, 0‘zbekiston stra- tegiya jihatidan jahon tajribalari eng ilg‘or namunalaridan keng foy- dalanadi. Biroq uni o‘z milliy xususiyatlari va turmush tarziga mos tarzda amalga oshiradi. Bu, ayniqsa mamlakatda tub iqtisodiy islohotlami, jumladan, erkin bozor siyosatini amalga oshirishda ko‘zga yaqqol tashlanmoqda. Natijada davlat mulkini xususiylashtirish va yangi iqtisodiy tizimni joriy etish borasidagi 0‘zbekiston yo‘li jahon jamoatchiligi tomonidan keng qo‘llab-quwatlanmoqda. Buni quyi- dagilarda ko‘rish mumkin: Birinchidan, uzoq yillarga mo‘ljallangan, dasturiy ahamiyatga molik maqsadlar davlat strategiyasi darajasiga ko‘tarilgani bilan, kundalik talablar, hayot ehtiyoj lari yoki vaqtin- chalik holatlarda taktikaning o‘zgarib turishi tabiiy hoi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, mavjud siyosiy, huquqiy, ma’naviy-axloqiy mezonlar nuqtayi nazaridan hayotiydir. Chunki, o‘tish davrida qonunchiligimizning hali to‘la shakllanma- ganligi, ayrim hollarda esa mavjud qonunlarga ham hali bo‘ysunib yashashga odatlanmaganimiz, ba’zan xudbinlik va manfaatparast- likning avj olib ketishi natijasida turli xildagi suiiste’molliklar yuz bermoqda. Natijada foydani yashirish, soliqdan qochish va boshqa ko‘zbo‘yamachiliklar, nayranglar tufayli kimlardir ortiqcha boyib ke- tib, kimlardir qashshoqlashib qolishi mumkin. Ana shunday paytda davlat qonun ustuvorligini ta’minlashda, aholi turli tabaqasining turmush tarzida muvozanatni saqlab turishda muhim rol o‘ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |