Oltinchidan, Amir Temur bir haqiqatni yaxshi anglagan - jamiyat e’tiqodsiz yashay olmaydi. Odamlarga din kerak, iymon kerak, ishonch kerak. U o‘z «Tuzuklari»da shunday deydi: «har yerda va har vaqt islom dinini quwatladim».
Amir Temuming Qur’oni Karimni yod bilgani, diniy bahslar- da yirik ulamolar bilan barobar so‘z yuritgani uning ma’naviyati, iymon-u diyonati qanchalar pok va mukammal ekanini bildiradi.
Ma’lumki, diniy ta’limot va tarbiyatning jamiyat hayotidagi o‘mi va xizmati nihoyatda katta.
Amir Temuming islom diniga bo‘lgan munosabatidagi eng muhim qirra, bu - musulmonchilik aqidalarining jamiyat osoyishtaligi, ravnaqi, ijtimoiy adolat, iymon butunligi, ma’naviy poklik uchun xizmat qildirishga safarbar etilishidir.
Uning e’tiqodiga ko‘ra, davlat davlatligini, din esa dinligini qilishi kerak. Bu g‘oya bugungi zamonda ham o‘z ahamiyatini zar- racha yo‘qotgan emas. Xuddi shu tufayli ham Amir Temur davrida islom dini ravnaq topdi, yuksaldi.
Shu bilan birga xalq dunyoqarashi, tafakkur tarzi ham ancha ri- vojlandi. Aholi va davlat o‘rtasidagi munosabatlar o‘ziga xos tarzda mutanosib tus oldi.
Buyuk jahongir Amir Temur Sohibqiron o‘limi oldidan avlodla- riga shunday vasiyat qilgan:
«... Men shundan taskin topamanki, podshohlik davrimda kuch- lilaming ojizlarga ozor berishlariga yo‘l qo'ymadim. Xalqlar oso- yishtaligi borasida qaram fuqarolardan xabardor bo‘lib turinglar, qat’iyatli va mardonavor bo‘linglar. Ulkan davlatni menday uzoq yillar davomida boshqarish uchun qo‘llaringdagi shamshimi sharaf va nomus bilan mahkam tutinglar...
Agar, sizlar mening vasiyatlarimga amal qilsalaringiz va boshqa ishlaringizda adolatga, shafqatga ko‘ra ish tutsalaringiz, tinchlik- osudalik Turon zaminida uzoq vaqt saqlanadi.
Agarda о‘zaro nizolarga yo‘l qo‘ysalaringiz, dushmanlar to‘polon va tartibsizliklami boshlaydilarki, ulami jilovlashning iloji qolmaydi. «Sizlar bir jon, bir tan bo‘lsalaringiz, hech kim me- ning so‘nggi vasiyatlarimni bajarishlaringizga monelik qila olmaydi».
Bu dono vasiyatlar asrlar osha bizning davrimizga qadar yetib keldi. Undan xuddi hozirgi davming nafasi sezilib turgandek. Ulug‘ bobokalonimiz bizni adolatga, sodiqlikka, birlikka chorlamoqda. 0‘zaro nizo adovatlardan xoli bo‘linglar, deb, insof, shafqat va ha- lollikka undamoqda.
Muhtaram konferensiya qatnashchilari!
Sizlarda shunday bir savol tug‘ilishi mumkin: nima uchun bugun 0‘zbekistonda Amir Temur siymosiga bunday yuksak ehtirom, izzat-ikrom ko‘rsatilmoqda?
Albatta, buning sabablari bor.
Agarki daraxtning ildizi qanchalar chuqur bo‘Isa, u shuncha- lik baland, baquwat, osmono‘par bo‘ladi. Yoki zamonaviy til bilan aytadigan bo‘lsak, bino qanchalik baland bo‘Isa, uning poydevorini ham shunchalik chuqur va mustahkam qurish kerak.
Biz bugun mustaqil, adolatli, huquqiy davlat qurmoqdamiz. 0‘ylaymanki, bizning bu boradagi prinsiplarimiz - besh tamoyilimiz haqida bu zalda o‘tirgan ko‘pchilikning xabari bor. Binobarin, ulami takrorlab o‘tirishning zararati yo‘q. Lekin men ikkita nuqtaga sizlar- ning e’tiboringizni qaratmoqchiman:
Do'stlaringiz bilan baham: |