Ikkinchidan, Amir Temur bundan 600 yil awaloq hech qanday davlatning qo‘shnilari bilan o‘zaro aloqa tuzmasdan, ya’ni bugungi til bilan aytganda, hamkorliksiz istiqboli bo‘lmasligini teran va yaxshi anglagan. Shu sababli, u Yevropa va Osiyoni bog‘lashga xizmat qilgan ulkan ishlami amalga oshirgan. Bir tomondan - Xitoy,
Hindiston, bir tomondan - Fransiya va Angliya, yana bir tomondan - Rum, Ispaniya, Italiya, Misr va boshqa davlatlar bilan aloqalar o‘matgan va shu munosabatlami mustahkamlashga uringan.
Amir Temur faoliyatidagi biz uchun ibratli nuqtalardan yana biri shundaki, u savdo-iqtisod munosabatlari orqali xalqlar, mamlakatlar o‘rtasida yagona makon barpo etish sohasida shunday yutuqlarga erishganki, bunga qoyil qolmasdan ilojimiz yo‘q.
Amir Temur Ispaniya qiroli Genrix III, Fransiya hukmdori Karl VI, Angliya qiroli Genrix IV saroylariga elchilar yuborib, mutanosib ravishda ispaniyalik, fransiyalik, angliyalik, xitoylik va boshqa qator xorijiy elchilami o‘z saltanatida qabul qilgan.
Sohibqironning Fransiya qiroli Karl VI ga yozgan xatidagi quyi- dagi fikri diqqatga sazovordir: «Siz o‘z savdogarlaringizni mening saltanatimga yuboring. Biz ularni iliq qarshi olib izzat-ikrom ko‘rsatamiz. Biz ham o‘z savdogarlarimizni sizning yurtingizga yo‘llaymiz. Siz ham ularga hurmat ko‘rsatmg, ularga ortiqcha tazyiqlar qilinishiga yo‘l qo‘ymang. Sizga bundan bo‘lak tala- bim yo‘q. Zero dunyo savdo ahli ila obod bo‘lajak».
Qarang, qanday oddiy va aniq fikr: dunyo savdo ahli ila obod bo‘lajak! Demak, Amir Temur tashqi siyosatida xalqaro iqtisodiy - savdo aloqalarini keng miqyosda yo‘lga qo‘yish, undan barchani, awalambor, o‘zining xalqini bahramand etish bosh g‘oya bo‘lib xizmat qilgan.
XXI asr bo‘sag‘asida siz bilan biz xalqaro miqyosda adolatli tarzda yaratmoqchi bo‘lgan integratsiya makoni haqida Amir Temur bundan 600 yil burun bosh qotirgan va shu yo‘lda siyosat yurit- gan. U barpo etgan yagona iqtisodiy-savdo maydonida bugungi kun uchun ham, bugungi zamon uchun ham ibratli bolgan vaziyat mavjud edi. Amir Temuming mana bu so‘zlari bunga dalildir:
«...Saltanatimning u chetidan bu chetigacha biror bolakay boshi- da bir lagan tilla ko‘tarib o‘tadigan bo‘lsa, bir donasiga ham zarar yetmaydigan tartib intizom o‘matdim».
Uchinchidan, Sohibqironning bunyodkorlik sohasidagi tarixiy xizmatlari undan ham beqiyos. Amir Temur va uning avlodlari sa’y-harakatlari bilan qurilgan madrasalar, masjidlar, xonaqohlar, sa- roylar, bozorlar, ko‘priklar, yo‘llar, bekatlar, hammomlar, kanallar, qal’alar va boshqa qator imorat-u inshootlaming son-sanog‘i yo‘q.
Amir Temuming bevosita rahnamoligida bunyod etilgan Bibixo- nim jome’ masjidi, Go‘ri Amir va Ahmad Yassaviy, Zangi ota maq- baralari, Oqsaroy va Shohi Zindadagi me’moriy mo‘jizalar, Bog‘i Chinor, Bog‘i Dilkusho, Bog‘i Behisht, Bog‘i Baland singari o‘nlab gcfzal saroy-bog‘lar va boshqa inshootlar shular jumlasiga kiradi. Bu obidalar, hech shubhasiz, inson tafakkuri va aql-zakovatining buyuk timsollaridir.
Tarixchi Sharafiddin Ali Yazdiyning guvohlik berishicha, Amir Temur «Obodonchilikka yaraydigan biron qarich yerning ham zoye bo‘Iishini ravo ko‘rmasdi».
Tarix bu ko‘hna dunyoda o‘tgan ko‘p jahongirlami biladi. Ularning aksariyati faqat buzgan. Amir Temuraing ulardan farqi shunda- ki, u umr bo‘yi bunyodkorlik bilan mashg‘ul bo‘lgan.
Uning «Qay bir joydan bir g‘isht olsam, o‘rniga o‘n g‘isht qo-ydirdim, bir daraxt kestirsam, o‘rniga o‘nta ko‘chat ektir- dim», degan so‘zlari fikrimizning dalilidir.
Eng muhimi, mazkur qurilishlar geografiyasi birgina Turkiston bilan chegaralanib qolgan emas. Buning isboti sifatida Sohibqiron qadami yetgan joylardagi tarixiy obidalami eslashning o‘zi kifoya.
Amir Temur Movarounnahr va Xurosonning shahar va qishloq- larida, hatto Janubiy Ozarbayjon va Kobul kabi uzoq yerlarda ham obodonlik ishlarini olib borgan, sug‘orish inshootlarini qurdirgan.
Shu ma’noda men buyuk bobomizdan qolgan har bir tarixiy yodgorlikni, u qayerda joylashgan bo‘lmasin, xalqlami bir-biriga bog‘lab turuvchi beqiyos vosita, deb bilaman.
Bir o‘ylab ko‘raylik. Ahmad Yassaviy maqbarasi qurilganiga olti asr bo‘ldi. Shu vaqt ichida bu maskan dunyoning turli burchak- laridan kelgan minglab-millionlab ziyoratchilami ma’naviy jihatdan birlashtirib, ezgulikka da’vat etib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |