Uchinchi kitob


Yaratilgan mahsulot va xizmatlarda aholi daromadlari hissasining ortib borishi (foizda)



Download 57,25 Mb.
bet59/164
Sana09.07.2022
Hajmi57,25 Mb.
#761542
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   164
Bog'liq
НАРЗУЛЛА ЖЎРАЕВ O\'zbekiston tarixi 3 kitob Milliy Istiqlol davri

Yaratilgan mahsulot va xizmatlarda aholi daromadlari hissasining ortib borishi (foizda)

Ko‘rsatkichlar

1996

1998

2000

2002

2003

2004

Yalpi ichki mahsulot

100

100

100

100

100

100

Aholi pul daromadlarining YAIMdagi hissasi

56,8

63,2

63,5

64,1

66,8

70,1

Boshqa subyektlar daromadlarining YAIMdagi hissasi

43,2

36,8

36,5

35,9

33,2

29,9

Jadval 0‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statisti- ka vazirligining 1996-2002-yillar hamda 0‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo ‘mitasining 2003-2004-yillar та ’lumotlari aso­sida hisoblangan.
* $ $
Aholi ijtimoiy barqarorligini ta’minlashning O‘zbekiston tamoyillari

  1. Aholi daromadlarining o‘sishiga erishish uchun:

  • minimal ish haqi darajasini maqsadga muvofiq miqdorda oshi­rish;

  • ish haqi miqdorining ishlab chiqarish darajasini nisbatan mut- tasil oshirib borish;

  • soliqqa tortilmaydigan minimal darajani belgilash;

  • xususiy sektor hisobidan yangi ish o‘rinlarini tashkil etish;

  • yirik ishlab chiqarish bilan mayda ishlab chiqarish tarmoqlari aloqasini kengaytirish;

  • uy xo‘jaligi doirasida kichik ishlab chiqarish sexlarini tashkil etishga davlat va nodavlat tashkilotlari ko‘magini oshirish;

  • imtiyozli kreditlar ko‘lamini yanada kengaytirish;

  • savdo-sotiq erkinligini yanada kuchaytirish;

  • ishlab chiqarish resurslariga cheklovlarsiz ega bo‘lish va ular- ni o‘zlashtirish erkinligini ta’minlash;

  • axborot olish erkinligini ko‘chaytirish va kengaytirish.

  1. Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash uchun:

  • milliy iqtisodiyot nufuzli tarmoqlari ishlab chiqarish hajmi- ning ortishi hisobiga iqtisodiy o‘sishni ta’minlash;

  • aholi sonining o‘sish sur’atlariga nisbatan yalpi ichki mahsulot hajmining yuqori darajada barqarorlashtirish va aholining real daro- madlarini o‘stirish;

  • budjet taqchilligiga yo‘l qo‘ymaslik;

  • asosiy kapitalga real investitsiyalami kiritishni kuchaytirish va yetakchi tarmoqlarda institutsional o‘zgarishlami izchil davom ettirish;

  • past rentabelli korxonalarda tarkibiy o‘zgarishlami amalga oshirish va yuqori texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarish kor- xonalarining eksportini kengaytirishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

  • xususiy tadbirkorlik va kichik biznes subyektlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushini oshirish;

  • jismoniy shaxs maqomidagi tadbirkorlar qatlamini kengayti- rishning huquqiy va iqtisodiy asoslarini yaratish.

«0‘zbekiston jamiyatni demokratlashtirish va yangilash mam­lakatni modemizatsiya va isloh qilish yo‘lida» kitobidan. («Akade- miya» Т., 2005-y.)

  1. yilda yolg'iz keksalar va nogironlar, yordamga muhtoj in- sonlar salomatligini asrash bo‘yicha amalga oshirib kelayotgan ish- larimizni davom ettirganimiz bu masala biz uchun ustuvor ahamiyat­ga ega ekanini ko‘rsatadi.

Misol uchun, xorijlik mutaxassislar bilan birgalikda Qashqadar- yo, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahridagi kam ta’minlangan oilalarga mansub 2500 dan ziyod bola atroflicha tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgani, «Sog‘lom avlod uchun» jamg‘armasi bilan hamkorlikda 280 nafar nogiron bola plastik ope- ratsiya qilinganini aytish mumkin.
Professional mahorat va katta mablag1 talab qiladigan bunday tadbirlar tufayli yuzlab ota-onalaming dard-u tashvishi yengillashga- ni, bu bolalaming o‘zi hayotga yangicha ko‘z, umid va ishonch bilan qaray boshlagani muhimdir.

  1. yilda ko‘p bolali, kam ta’minlangan oilalarga 10 milliard so‘mlikdan ziyod qoramol olib berildi. Natijada odamlaming mehnat bilan shug‘ullanishi, awalambor, oila a’zolarini go‘sht va sut mah­sulotlari bilan ta’minlash, qolaversa, qo‘shimcha daromad topish im- koni yaratildi.

Millionlab yurtdoshlarimiz ishtirok etgan umumxalq xayriya hasharlarida tushgan mablag‘lar hisobidan 2 ming nafar yolg‘iz kek­sa va 66 ming kam ta’minlangan oilaning 3 million 570 ming kvad- rat metr uy-joyi ta’mirlab berildi.
Qariyb 23 ming nafar qarovchisiz qariya va nogiron kishilar- ga ijtimoiy xizmat ko‘rsatildi. Respublikamizdagi barcha «Saxo- vat» va «Murawat», «Mehribonlik» uylari hamda maxsus maktab- intematlarga homiylar tomonidan 3,5 milliard so‘mlik moddiy yordam berildi.
Shuningdek, 2006-yilda kam ta’minlangan oilalarga mansub salkam 725 ming nafar boshlang‘ich sinf o'quvchisi 16 milliard so'mlikdan ziyod kiyim-bosh bilan ta’minlandi.
Maktabga ilk bor qadam qo‘ygan o'quvchilami darsliklar va o‘quv qurollari bilan bepul ta’minlash ishlari davom ettirildi. 521 ming nafar bolaga qariyb 15 milliard so‘mlik darslik va o‘quv qurol­lari sovg‘a sifatida berildi.
Nogiron bolalami sog‘lomlashtirish maqsadida Sog‘liqni saq- lash vazirligi, «Sog‘lom avlod uchun» jamg‘armasi tashabbusi bi­lan, xorijiy hamkorlami jalb etgan holda, tug‘ma nuqsonlari mav­jud bo‘lgan bolalami murakkab jarrohlik yo‘li bilan davolash ishlari amalga oshirildi.

  1. yili tibbiyot xodimlari uchun ish haqining takomil- lashtirilgan tarif setkasi joriy qilindi, shifokorlar mehnatini rag‘batlantirishning yangi va samarali tizimi shakllandi.

Natijada mamlakat bo‘yicha umumiy oylik ish haqini indeksatsi- ya qilish darajasini hisobga olganda, ulaming o‘rtacha oylik maoshi taxminan 2,2 barobar oshdi.
Shu borada har bir tibbiyot muassasasida moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish bo‘yicha yangi tuzilgan jamg‘arma to‘laqonli fa­oliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu jamg‘armani shakllantirishga budjet- dan ajratilgan mablag‘laming o‘zi qariyb 23 milliard so‘mni tashkil etayotgani va shuning hisobidan 100 ming nafardan ziyod tibbiyot va farmasevtika xodimiga qo‘shimcha ish haqi va mukofot puli to‘lanayotgani shifokorlar mehnatini qo‘llab-quwatlashda yangicha usul qanchalik samara berayotganini ko‘rsatib turibdi.

  1. yil budjetida ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab- quwatlash harajatlarining davlat budjeti xarajatlaridagi salmog‘ini 2005 yildagi 50,4 foizdan 54,1 foizgacha yetkazish mo‘ljallandi yoki budjetning asosiy qismi mazkur sohani moliyalashtirishga yo‘naltirilmoqda. Kam ta’minlangan, yosh bolali oilalarga berila- digan ijtimoiy nafaqalar 2005-2007-yillarda 211 milliarddan 350 milliard so‘mgacha yoki 1,7 martaga oshirish mo‘ljallangani, davlat budjeti xarajatlaridagi salmog‘ining 6,0 foizdan 7,0 foizgacha orta- yotganligi mazkur masalaga davlat siyosatida qanchalik ustuvorlik berilayotganligini bildiradi. Budjet xarajatlaridagi mazkur sohalarga ajratiladigan mablag‘lar salmog‘ini cheksiz oshirib borish mumkin emasligini e’tiborga olib, Prezidentimiz ta’kidlaganidek: «Oldimizda turgan yana bir dolzarb vazifa - birinchi galda, yosh avlodning har tomonlama sog‘lom bo‘lib tug‘ilishiga e’tibomi qaratish» muammo- larini hal qilish orqali ijtimoiy himoya masalalari to‘laqonli yechimi- ni topish imkoniyati yaratiladi. Ta’kidlash joizki, nogiron tug‘ilgan jamiyat a’zolari birinchi navbatda ijtimoiy himoyaga muhtoj aho­li qatlamiga kiritiladi va butun umri davomida birovning qo‘liga qarab yashaydi. Demak, jismonan sog‘lom avlod tug‘ilishiga eri- shish va kamol toptirish ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini keskin kamaytirib, o‘z navbatida, himoyaga muhtojlar uchun yetarli mablag‘lar ajratish uchun asos yaratadi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari sonini keskin kamayti- rishda sog‘lom avlodni kasb-hunarli qilib tayyorlashga va ular uchun yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan siyosat alohida o‘ringa ega. Mazkur masala bo‘yicha to‘xtalib, Prezidentimiz «... yoshla- rimizning hayotiy manfaatlarini ta’minlash - bu ularning zamo- naviy ta’lim va tarbiya olishi, zarur kasb-hunarlarni egallashi bo‘ladimi, ish o‘rniga ega bo‘lishi, o‘z qobUiyati va salohiyati- ni yuzaga chiqarishi uchun imkoniyat yaratish bo‘ladimi, yosh oilalarni qoilab-quwatlash, oyoqqa turg‘azish bo‘ladimi - bu masalalarning barchasi biz uchun eng muhim va ustuvor masala bo‘lib qolaveradi», deb ta’kidladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholining eng faol qatlami hisoblangan yoshlaming bandligi va faol- ligini amaliy ta’minlash orqali ular o‘z oilasi uchun zarur moliyaviy mablag‘lami tadbirkorlik qobiliyatini ro‘yobga chiqarib yoki biror- bir ish o‘miga ega bo‘lib ishlab topadi va ijtimoiy himoyaga muhtoj- lik sezmaydi. Aksincha yoshlar ana shunday qatlamlar uchun zarur mablag‘lar yig‘iladigan budjetga soliqlar va yig‘imlar to‘iovchiga hamda zarur hollarda homiylik faoliyati bilan shug'ullanuvchiga aylanadi.
Mamlakatimizda 2007-yilning «Ijtimoiy himoya yili» deb e’lon qilinishi aholini ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash, uning turmush va farovonlik darajasini izchil oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli davlat siyosatining amaliy ifodasi bo‘ldi.
Shu ma’noda, 2007-yil 19-martda qabul qilingan 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi­ni yanada takomillashtirish va mustahkamlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni muhim ahamiyatga ega. Mazkur hujjat aho­lining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quwatlash va ular uchun munosib turmush sharoitini ta’minlashga qaratilgan islo­hotlaming mantiqiy davomidir.
Ushbu Farmon aholining yordamga muhtoj qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish, barcha ijtimoiy muassasalar xodim- lari mehnatiga haq to‘lashni yaxshilash, shuningdek, nogironlar, qariyalar va yolg‘iz fuqarolar uchun intemat-uylar, urush va meh­nat faxriylari sanatoriylari, nogironlar reabilitatsiya markazlarining moddiy-texnika bazasini tubdan mustahkamlash bo‘yicha keng kolamli chora-tadbirlar majmuini ko‘zda tutadi. Yuqoridagi chora- tadbirlami to‘liq amalga oshirish uchun asosan davlat budjeti hisobi- dan qo‘shimcha ravishda yiliga 31,5 milliard so‘m ajratilmoqda.
Jumladan, Farmonda davlat budjetidan kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam to‘lash uchun ajratiladigan budjet mablaglarini 1,5 baravarga oshirish ko‘zda tutilgan. Bu esa dav- lat budjetidan qo‘shimcha ravishda 10 milliard so‘mdan ortiq mab­lag1 ajratishni talab qiladi. Buning hisobidan yil davomida yana 100 ming kam ta’minlangan oila oylik moddiy yordam olish imkoniga ega bo‘ladi. Ayni vaqtda moddiy yordam to‘lash muddati ikki bara- var - 3 oydan 6 oygacha uzaytirildi.

  1. yilda О‘zbekistonda ijtimoiy maqsadlar uchun davlat bud­jetidan ajratiladigan mablag‘laming umumiy hajmi barcha budjet xarajatlarining 55 foizini tashkil etadi, bevosita kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish uchun esa budjetning 9 foizga yaqin qismi (460 milliard so‘m) sarflanadi. Bu ko‘rsatkich ushbu maqsadlar uchun xarajatlar umumiy budjetining 2 foizdan 5 foiz- gachasini tashkil etadigan MDHning boshqa davlatlari va dunyoning ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlaridagiga qaraganda ancha yuqo- ridir. 2008 yilda hammasi bo'lib oilalaming 28 foizini ijtimoiy na- faqalar va moddiy yordam to‘lovlari bilan ta’minlash nazarda tutil- moqda.

Shuningdek, Farmonda ehtiyojmand oilalarga davlat tomonidan ijtimoiy yordam ko‘rsatish mexanizmlarini amalga oshirishda fuqa- rolaming o‘zini o‘zi boshqarish organlari rioya etishi lozim bo‘lgan asosiy tamoyillar yanada takomillashtirildi. Bu, awalambor, ijtimo­iy adolat, xolislik va oshkoralik tamoyillariga qat’iy amal qilish, moddiy yordamni haqiqiy ehtiyojmand oilalarga berish, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanishdan iborat.
Pensionerlar, yolg'iz qariyalar va nogironlarga ijtimoiy yor­dam ko‘rsatish xizmati xodimlarini moddiy va ma’naviy rag‘bat- lantirishga katta e’tibor berilgan. Farmonda tibbiy-ijtimoiy muassa­salar xodimlarini moddiy rag‘batlantirish fondi miqdorini 15 foizdan 25 foizgacha oshirish, «Muruwat» bolalar intemat-uylari tarbiyachi- lari, o‘quv-yordamchi xodimlar va sanitarlar ish haqini o‘rtacha 10 foizga ko‘paytirish belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, nogiron bolalar bilan olib boriladigan o‘quv-tarbiya ishlari sifatini oshirish maqsadi­da «Muruwat» intemat-uylari tarbiyachilari uchun ish me’yori 3 ba- ravar, ya’ni har bir tarbiyachi uchun 15-18 nafar boladan 5-6 nafar bolaga kamaytirildi, bu esa xalqaro me’yorlarga to‘liq javob beradi.
Bundan tashqari, 2007-yildan boshlab nogironlarga uyda xiz­mat ko‘rsatuvchi ijtimoiy xodimlar va pedagoglarga jamoat trans- portida yo‘l haqi xarajatlari uchun har oyda 12420 so‘mdan 18630 so‘mgacha kompensatsiya to‘lash joriy qilinadi. Bu maqsadlar uchun

  1. yilda budjetdan qo‘shimcha 2 milliard so‘mdan ziyod mablag1 ajratildi.

Yolg‘iz fuqarolar, qariyalar va nogironlarga ijtimoiy xizmat ko'rsatish sifatini oshirish maqsadida Farmonda qariyalar va nogi­ronlar uchun intemat-uylari, urush va mehnat faxriylari sanatoriylari, nogironlar reabilitatsiya markazlarining moddiy-texnika ta’minotini yaxshilash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilangan. Bu ehtiyojlar uchun, awal ko‘zda tutilgan mablaglarga qo‘shimcha ravishda, 9,5 milliard so‘m, shu jumladan budjetdan 5,2 milliard so‘mdan ortiq, budjetdan tashqari manbalar hisobidan esa 4,3 milliard so‘m ajratil­gan.
Bundan tashqari, «Mehribonlik» uylari va ixtisoslashgan maktab-intematlami kapital ta’mirlash, jihozlash va ularga maxsus transport sotib olish uchun awal ko‘zda tutilgan moliyalash hajm- lariga qo‘shimcha ravishda budjetdan 8,2 milliard so‘m ajratish mo‘ Ijallanmoqda.
Xullas, 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonining amal­ga oshirilishi aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada kuchay- tirishni ta’minlaydi, qo‘shimcha ijtimoiy himoya choralariga muh­toj kam ta’minlangan oilalar va fuqarolarning farovonligini oshirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi hamda «Ijtimoiy himoya yili» Dav­lat dasturi chora-tadbirlarini to‘liq amalga oshirishda muhim omil bo'ladi.

Download 57,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish